Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi
Download 1.03 Mb.
|
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3– savol bo’yicha darsning maqsadi
- 3– asosiy savolning bayoni
Nazorat savollari:
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi qanday fan? 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan sifatida nimani o’rganadi? 3. Jismoniy tarbiya nazariyasi amaliy fan sifatida nimani o’rganadi? 4. Jismoniy tarbiya nazariyasi vazifalarini aytib bering. 5. Fanning mazmuni nimadan iborat? 3– savol bo’yicha darsning maqsadi: Fanning asosiy tushunchalarining mazmunini eritish, talabalarda asosiy tushunchalarni bir-biridan farqlash ko’nikmasini paydo qilish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.Fanning asosiy tushunchalarini sanab beradi. 2.Asosiy tushunchalarni mazmunini ochib beradi 3.Asosiy tushunchalarni mohiyatiga ko’ra tartib bilan joylashtira oladi. 3– asosiy savolning bayoni: Har qanday professional faoliyatda samarali ishlash uchun usha kasb uchun xos bo’lgan maxsus atama va tushunchalarning ma’nosini erkin egallash zarur. Bir tushunchani turlicha talkin qilish va tushunish mutaxassislarning o’zaro muloqatlarini ham, o’qituvchi va o’quvchilar muloqatini ham qiyinlashtiradi, insonlarni o’rgatish va tarbiyalash imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Har bir soha yoki fan kabi jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubieti predmeti ham o’zining asosiy tushunchalariga egadir. Ana shu tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglab olmasdan turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti haqidagi fanni mukammal egallab bo’lmaydi. Biz quyida keltiradigan tushunchalar muayyan tarixiy davrda paydo bo’lgan, bu tushunchalarning xajmi va mazmuni o’zgarib kelgan, o’zgaraveradi ham. Jismoniy tarbiya to’g’risidagi bizning bilimlarimiz boyib borgani sari, amaliyot rivojlangan sari ular chuqurlashib, aniqlashib boraveradi. Jismoniy tarbiya nazariyasida foydalaniladigan asosiy tushunchalar quyidagilardir: «Jismoniy madaniyat», «Sport», «Jismoniy tarbiya», «Jismoniy kamolot», «Jismoniy rivojlanish». Ushbu maxsus tushunchalarni o’zlashtirish uchun fanda va maishiy xayotda uchraydigan ancha umumiy har akterga ega atamalarni bilish kerak. Chunki biror bir kasbga oid maxsus atamalar umumiy, tayanch tushunchalarning asosida shakllanadi. Jismoniy madaniyat uchun tayanch tushuncha bo’lib, «madaniyat» hisoblanadi. Bu butun insoniyat jamiyatiga va har bir insonga tegishli bo’lgan juda murakkab va ko’p kirrali ko’rinishdir. Ilmiy til bilan aytganda madaniyat – inson, sinflar va butun jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarni o’zlashtirish, yaratish,asrash va ko’paytirish bo’yicha faoliyatining usuli va sifat tomonidir. Demak, madaniyat – bu ham faoliyat jarayoni, hamda uning natijasidir. 1. Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi bo’lib, jamiyat tomonidan insonlarning jismoniy kamolotga erishishi uchun yaratilgan va foydalanilayotgan moddiy hamda ma’naviy yutuq larining yig’indisidan iboratdir (5,7,10). Moddiy yutuqlar deganda mashg’ulotlar o’tkazishga mo’ljallangan turli xil inshoatlar, maxsus asbob-uskunalar, moliyaviy ta’minot, insonlarning jismoniy kamolat darajasi (ularning sportdagi yutuq lari ham) tushuniladi. Ma’naviy yutuqlar deganda esa – jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviy, ilmiy va tashkiliy yo’nalishini ta’minlovchi maxsus ilmiy va amaliy yutuq lar tushuniladi. 2. Jismoniy madaniyatning faoliyat ko’rsatayotgan tomoni bo’lib jismoniy tarbiya hisoblanadi. Pedagogikada tarbiya deb insonga ta’sir jarayoni, unda jamiyatning ahloqiy -ma’naviy, ijtimoiy – siyosiy ideallariga mos qobiliyatlarni rivojlantirish jarayoni tushuniladi. Jismoniy tarbiya- insonni jismoniy kamolotga erishtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. 3. Jismoniy rivojlanish – turmush sharoitining, xususan tarbiyaning ta’sirida kishi organizmi biologik shakllari va funktsiyalarining vujudga kelishi, o’zgarishi jarayonidir( 6,7). 4.Jismoniy kamolot-bu har tomonlama rivojlanishning va odamda harakat qilishga tayyor bo’lib turishning tarixan vujudga kelgan darajasi bo’lib, uning ishlab chikarish, turmush, bir so’z bilan aytganda jamiyat talabiga moslik darajasidir.Bu tushuncha kotib qolgan, doimiy emas. Jamiyat rivojlanib borgani sari insonlarning jismoniy tayergarligiga talab ham oshib boradi, demak bu tushuncha ham o’zgarib boradi. 5.Sport- jismoniy madaniyatning organiq bir qismi bo’lib, jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda insonlarning o’yin, jismoniy faoliyati uchun foydalaniladigan, oldindan aniqlashtirilgan harakatlarda musobakalashish yo’li bilan namoyish qilinadigan qobiliyatlarni maxsus tayyorlashga qaratilgan jarayondir. Sport – bu musobakalashmokdir. 6.O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimi – jismoniy tarbiyaning g’oyaviy , ilmiy- uslubiy negizlari birligidan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi fukarolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va nazorat qiladigan davlat hamda jamoat tashkilotlari birligidan iborat. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling