Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi
- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 -savolning bayoni: Nazariya
- Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan sifatida
2- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarda fanning paydo bo’lishi, uning o’rganish predmeti, vazifalari va mazmuni to’g’risida maxsus bilimlar tizimini shakllantirish. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Fanning paydo bo’lishi sabablarini ochib beradi. (kategoriya:bilish). Fanning o’rganish ob’ekti va sub’ekti to’g’risida ma’lumot bera oladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining maqsadi,vazifalari va mazmuni haqida bilimga ega bo’ladi(kategoriya:bilish). 2 -savolning bayoni: Nazariya- narsalar,voqea va hodisalar hamda real borliqdagi jarayonlar orasidagi o’zaro bog’liklik qonuniyatlari to’g’risida bir butun tasavvur paydo qilishga imkon yaratuvchi fanning biror bir tarmog’idagi asosiy g’oyalar tizimidir(5,6,8,10). Jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy fan sifatida jismoniy madaniyatning mohiyati va undan inson jismoniy kamoloti maqsadida foydalanish qonuniyatlari to’g’risida umumlashtirilgan ilmiy bilimlar tizimidan iboratdir (6,8,9). Inson mehnat ta’siri,shuningdek o’zining o’yin,borliqni anglash, moslashish faoliyati jarayonida rvojlanar ekan, u tabiatga va atrof muhitga o’zining jismoniy qobiliyati va harakatlari bilan ta’sir ko’rsatdi. Dastlab insonning jismoniy qobiliyatlari “yo’l-yo’lakay” ya’ni, tabiiy biologik rivojlanish va mehnat jaryonida rivojlandi.Vaqt o’tish bilan inson mehnatga tayyorlanish va uning yakuniy natijasi o’rtasida o’zaro bog’liqlik borligini anglay boshladi. Insonni hayotga,mehnatga,ko’p qirrali faoliyatga tayyorlashning zarur sharti bo’lgan o’rgatish va tarbiyalashning dastlabki,ibtidoiy jamoa to’zumi davridagi asoslari paydo bo’ladi.Mana shu dastlabki “pedagogika”ning murakkab jarayonida jamiyatning tarixan rivojlanishi darajasi bilan asta –sekin insonlarni hayotning murakkab sharoitlari talablariga tayyorlash vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus faoliyat tarmog’i hisoblanmish jismoniy madaniyatning birinchi ko’rinishlari ajralib chiqdi. Inson va jamiyat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan insonlarni hayotga tayyorlovchi jismonan tarbiyaning umumiy maqsadi va aniq vazifalar shuningdek,maxsus vositalarini hamda ulardan foydalanish usullarini aniqlashtirib olish zaruriyati paydo bo’ldi. Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida bu masalalar intuitiv,stixiyali ravishda yoki katta avlod tajribasini to’g’ridan-to’g’ri keyingi avlodga o’tkazish va o’zlashtirish orqali hal etilgan.Keyinchalik esa bu faoliyat mustaqil va ijtimoiy zarur kasbga hamda nazariyasiga aylandi.Jismoniy madaniyat asta-sekin falsafa, tarix,pedagogika,psixologiya ,anatomiya, fiziologiya,sotsiologiya kabi turli fanlar nuqtai-nazaridan ilmiy-amaliy yondoshishlar shakllanadigan va amalga oshiriladigan keng va murakkab ijtimoiy faoliyat darajasiga chiqdi.Natijada tarixiy tajriba,zamonaviy amaliyot,shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy,tibbiy-biologik va psilogo-pedagogik fanlar ma’lumotlariga tayanadigan hamda jismoniy madaniyatning umumiy qonuniyatlari va qonunlarini ochib beradigan-jismoniy madaniyat nazariyasi paydo bo’ldi. Shunday qilib,insonlarning jismoniy tayyorgarligi hamda hayotning turli sohalaridagi faoliyatiga jamiyat talablarining oshib borishi va murakkablashuvi bilan, nazariyaning paydo bo’lishiga asoslar shakllandi. Dastlab jismoniy tarbiyaga pedagogik jarayon va umumiy tarbiyaning zarur bir qismi sifatida qarashlar paydo bo’ldi va rivojlandi.IX asrning ikkinchi yarmida P.F.Lesgaft harakat faoliyati sohasidagi bilimlar,ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan jismoniy ta’lim nazariyasini yaratdi (5,6,9) U insonning jismoniy va aqliy rivojlanishi yo’lida jismoniy mashqlardan foydalanish tamoyillari,shakllari va metodlarini yaratdi.Jismoniy madaniyat nazariyasi IX asrning oxiri XX asrning boshlarida alohida fan sifatida pedagogika fanining negizida paydo bo’ldi. Bunda L.P.Matveev,V.M.Vo’drin, Yu.M.Nikolaev, N.A.Ponamaryov, V.I.Stolyarovlarning izlanishlari asosiy rolni o’ynadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi insonga ta’lim,tarbiya va ta’limot berish bilan bog’liq bo’lgani uchun pedagogik fanlar kategoriyasiga kiradi.Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy mdaniyatni jamiyat madaniyatining ijtimoiy muhim va murakkab, spetsifik tarmog’i sifatida o’rganadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi alohida fan sifatida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida pedagogika fanidan ajrab chiqdi. Bunda rus fiziologi P.F.Lesgaft (1837-1909) va uning shog’irdi V.Gorinevskiylarning xizmatlari beqiyos bo’ldi. so’ng ra bu fanni yanada taraqqiy qilishida L.P.Matveev, V.Zatsiorskiy., A.Novikov, M.Godik, vatandoshlarimizdan .M.Yunusova,TYunusov, Sh.Xonkeldiev, R.Salomov, K.Maxkamjonov , T.Usmonxo’jaevlarning xizmatlari beqiyos bo’ldi. Fanning har qanday tarmogi konkret ilmiy o’quv fani sifatida alohida faoliyat ko’rsatish huquqiga faqatgina o’zining shaxsan shu fanga tegishli bo’lgan o’rgatish predmetiga ega bo’lsagina xaklidir. U yoki bu fanning o’rganish predmeti deb shu fanga tegishli tadqiqot ob’ekti va sub’ekti tushuniladi. Tadqiqotlar asosida to’plangan ma’lumotlar aniq bir tizimga shakllantiriladi va maxsus fanni o’rgatish predmetini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya bo’yicha fanda tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilayotgan u yoki bu pedagogik faktor (mashqlar sistemasi, o’rgatish metodlari va x.k.) tadqiqot sub’ekti sifatida esa jismoniy mashqlarni bajarishga reaktsiyasi o’rganilayotgan inson tushuniladi. Demak, har qanday pedagogik tadqiqotda ob’ekt sub’ektdan ajralgan holda faoliyat ko’rsata olmaydi yoki aksincha. Jismoniy tarbiya nazariyasi-inson jismoniy barkamolligining fizik jarayonlarini boshqarishning mushtarak qonunlari to’g’risida fandir. Jismoniy tarbiya nazariyasining o’rganish predmeti bo’lib jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini ijtimoiy hodisa sifatida urnatish hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy-amaliy fandir. U ilmiy fan sifatida jismoniy tarbiyaga aloqasi bor dalillarni izoxlab beradi va umumllashtiradi. Amaliy fan sifatida esa inson jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va metodlari to’g’risidagi bilim bilan ko’rollantiradi. Jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy mavqei jismoniy tarbiyaning barcha konkret xollarida ilmiy-pedagogikaning negizini tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan, tamoillar va koidalardan iborat. Bu qonun va koidalar hamda tamoillar barcha sport fanlari uchun ham to’g’ri keladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotiga binoan hamisha rivojlanadi va takomillashib boradi. Amaliyotdan olingan ilmiy tadqiqot ma’lumotlari fanni yangi qonun va qonuniyatlar bilan hamisha boyitadi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi predmeti kotib qolgan, hamishalik emas. U doimo rivojlanib va mukammalashib boradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ijtimoiy-tabiiy va o’z pedagogika fani erishgan muvaffaqiyatlarga tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasining vazifalarini jismoniy tarbiya jarayonining ichki mexanizmini ochib berish, jismoniy tarbiyaning turli holatlaridagi umumiylikni topish hamda uning boshqa, aralash voqealar va jarayonlar bilan aloqasini belgilash tashkil etadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining mazmunini jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va tamoyillarini o’rganish hamda tarbiyaning boshqa turlari bilan (aqliy, ahloqiy, nafosat, mehnat va kasb tarbiyasi) jismoniy tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib berish tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya vositalari va ulardan foydalanish shakllarini o’rganishga alohida e’tibor beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi sport mashqlarining mushtarak negizlarini ishlab chiqadi. U yasli yoshidagi, maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi bolalar,kattalar va qariyalar jismoniy tarbiyasi vositalari, tashkil etish shakllari va asosiy yo’nalishlarini ham o’rganadi(5,6,8,10). Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling