Jismoniy madaniyat tizimining ta’limiy vazifalari quyidagilar:
— turli xil harakat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish va zarur darajadagacha rivojlantirish;
— harakat ko’nikmalari malakalarini ongli ravishda o’zlashtirish,jismoniy takomillashuv va qobiliyatlarni salomatlikni mustahkamlash va sog’liqni saqlash yo’lida jismoniy mashqlar bilan individual shug’ullanish tizimini to’zish uchun zarur bilimlar tizimini o’zlashtirish;
Harakat ko’nikmalari va malakalarini shakllanishi insonda mehnat,mudofaa,rekreatsion yoki sport faoliyati uchun zarur harakatlarni o’zlashtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Inson qanchalik ko’p harakat ko’nikmasi va malakasiga ega bo’lsa,yangi harakatlarni o’zlashtirish shunchalik oson bo’ladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida hal etiladigan ta’limiy vazifalar xaetiy zarur harakat ko’nikmalari va malakalariga o’rgatishni, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus ma’lumotlar bilan shugullanuvchilarni ko’rollantirishni, ularni amaliy faoliyatga tayerlashni ko’zda tutadi. Harakatlarga o’rgatish jismoniy ta’limotning bir qismidir. Bu juda murakkab pedagogik jarayondir. Uning mohiyatini o’z gavda harakatini belgilangan dastur asosida o’zgaruvchan harakat faoliyati sharoitiga mos ravishda boshqarish qobiliyatini shakllantirish tashkil etadi.
Pedagogik jarayon sifatida jismoniy tarbiyaning ta’limiy vazifalariga jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubietining asoslarini o’rganish ham kiradi. Amaliyotda mustaxkamlanadigan bilimlar asosida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish zarurligiga ishonch va e’tibor paydo bo’ladi.
Ta’limiy vazifalarning yakuniy maqsadi insonga jismoniy ma’lumot berishdir.
Jismoniy ma’lumot deb – maxsus shakllantrilgan bilimlarni, jismoniy mashqlarni hamda ularni mustaxkam o’zlashtirish va xaetda foydalanish usuliga o’rgatish jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Bu erda maxsus bilimlar deganda jismoniy tarbiya qonuniyatlarini aks ettiruvchi bilimlar tushuniladi. Inson o’rgatish natijasida jismoniy ma’lumotga ega bo’ladi. Birinchi marotaba «Jismoniy ma’lumot » atamasi P.F.Lesgaftning ilmiy mehnatlarida o’zining ilmiy asosini topdi (7,8).
Do'stlaringiz bilan baham: |