Guliston davlat pedagogika inistituti jismoniy madaniyat nazariasi va metodikasi


-mavzu O’zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi


Download 1.03 Mb.
bet7/162
Sana12.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1700031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
Bog'liq
ЖМНМ мажмуа 2023-2024 1 курс

2-mavzu

O’zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi



Reja:
1. Jismoniy tarbiya tizimi va uning maqsadi.
2. Jismoniy tarbiya tizimining vazifalari.
3. Jismoniy tarbiya tizimining tamoillari.
4. Jismoniy tarbiya tizimining asoslari.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Jismoniy tarbiya tizimi, garmonik rivojlangan shaxs, sog’lom lashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy vazifalar, shaxsni har tomonlama va garmonik rivojlantirish, sog’lom lashtirish, mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqlik tamoili, ilmiy – uslubiy, tashkiliy, huquqiy, dasturiy – me’yoriy asoslar.


Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar
O’zbekiston fuqarolari jismoniy tarbiyasini tashkil etish va boshqarishning asoslari.


1 – savol bo’yicha darsning maqsadi:
Jismoniy tarbiya tizimining shakllanishi va uning maqsadi haqida talabalarga tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Jismoniy tarbiya tizimi haqida tushunchaga ega bo’ladi.
2. Uning shakllanishi va rivojlanishi haqida gapirib beradi.
3. Jismoniy tarbiya tizimining maqsadini eritib beradi.


1 – asosiy savolning bayoni:
Mamalakatimiz mustaqil ikka erishganidan so’ng O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimiga asos solindi. O’zbekiston Jismoniy tarbiya tizimi- butun tarbiya tizimining ajralmas bir qismi bo’lib, mafkuraviy, ilmiy – uslubiy, dasturiy – me’yoriy asoslar, shuningdek mamlakat fukarolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilot va muassasalarning yig’indisidan iboratdir(5)
Tizim (Sistema)-falsafiy ma’noda-jamiyat va tabiat to’g’risidagi bir-biri bilan qonunan bog’liq elementlar,predmetlar,hodisalar va shuningdek bilimlarning ob’ektiv birligidir (7,8).
Insonlarning turli hil talablarini amalga oshirish maqsadida davlat tegishli tizimlarni yaratadi va bu tizimlar ijtimoiy hamda shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi. Masalan,mamlakatda ta’lim-tarbiya maqsadida maktabgacha ta’lim,xalq ta’limi,o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi,oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimlari faoliyat ko’rsatadi,fuqarolarning salomatligini sog’liqni saqlash tizimi nazorat qiladi va x.k.
Jismoniy tarbiya tizimining shakllanishida P.F. Lesgaftning xizmatlari beqiyos edi.
XX asrning boshlarida burjuaziya ishchilarni siesiy kurashlardan chalgitishga intilib, ularni sport klublari va tugaraklariga jalb qila boshladi. Biroq, sport ashyolarining narxi balandligi tufayli mehnatkashlar, keng o’quvchi eshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari qiyin edi. Halk orasidan faqat ento’ziast, fidoyi kishilargina sport bilan shugullanar va yukori natijalarga erishar edilar. Chunonchi, N.Strunnikov konkida yugurish bo’yicha Ovrupa va Jahon chempioni (1910 – 1911 y), kurashchi I.Poddubniy 6 marta jahon chempioni (1905-1920 y) edi. N.Panin-Qolomenkin 1908 yilda Londonda bo’lib utgan 4 –Olimpiada o’yinlarida birinchi rus olimpiya chempioni bo’lgan edi.(figurali uchish). Biroq chor Rossiyada Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi pastligicha qolavergan.
XX asrning boshlaridag ekspluatator sinflarning imtiezlari bekor qilindi va hal kni jismoniy tarbiyalash ishi davlat ahamiyatidagi ishga aylantirildi. 1917 yilda ma’orif bo’yicha Davlat komissiyasi to’zildi, uning vazifasiga jismoniy tarbiyaga raxbarlik qilish kirar edi. Fizqo’ltura va sport bo’yicha pedagog- mutaxassislar tayerlashga katta e’tibor berila boshladi. 1919 yilda P.F.Lesgaft nomidagi Petrograd fizqo’ltura instituti, 1920 yilda esa Moskva Davlat Markaziy fizqo’ltura instituti tashkil etildi. P.F.Lesgaft va V.V.Gorinevskiylarning ilmiy ishlaridan tashkil topgan dasturlar, o’quv qo’llanmalari ishlab chikildi.
1930 yildan Oliy o’quv yurtlari o’quv rejasiga «Jismoniy tarbiya» predmeti kiritildi. 1931 yilda GTO kompleksi va 1935 yilda Yagona Butunittifok sport klassifikatsiyasi yaratildi. Nemis fashistlari bilan bo’lgan urush davrida ko’plab jangchi – sportchilar yuksak mukofatlarga sazovar bo’ldilar.
1956 – 1970 yillarda sobiq SSSRda jismoniy tarbiya va sportga e’tibor yanada oshdi. Sobiq SSSR jismoniy tarbiya va sport Davlat qo’mitasi tashkil topdi.1955 yilda O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti tashkil topdi. 1980 yilda Moskvada XX11 Olimpiada o’yinlari o’tkazildi. Sovrinli sportchilar orasida O’zbekistonlik E.Shagaev, A.Panfilov, V.Shinlar ham bor edilar.
O’zbekiston Respublikamiz mustaqilikka erishganidan so’ng axolining jismoniy kamoloti masalasi davlat ahamiyati darajasiga ko’tarildi. 1992 yil «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi.2000 va 2015 yillarda ushbu Qonunga o’zgartirishlar kiritildi. 1993 - 1996 yillar davomida Vazirlar Maxkamasining O’zbekistonda futbolni rivojlantirish bo’yicha maxsus Qarorlari qabul kilindi. 2002 yil 24 oktyabda “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” tashkil etildi.2017 yil 15 fevral kuni Prezidentimizning PQ-2779-sonli Qarori asosida O’zbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi tashkil etildi.2017 yil 3 iyul kuni mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”g PQ-3031-sonli Qarori qabul qilindi. Bu sa’yi harakatlarning negizida yoshlarni yanada ko’prok jismoniy tarbiya va sport bilan dustlashishga jalb qilish, ularni jamiyatning faol ishtirokchilari kilib tarbiyalash yotadi.
Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi jamiyatning extiejlaridan kelib chiqadi. Shunga ko’ra O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining maqsadi ruxiy boylikka, ahloqiy poklikka, ma’naviy etuklikka va jismoniy kamolotga ega, ko’p yillik ijodiy mehnatga va Vatan ximoyasiga tayer garmonik rivojlangan eshlarni shakllantirishdan iboratdir. Yoshlarning har tomonlama etuk bo’lishi uchun barcha sharoitlar yaratilmokda. Zamonaviy sport inshoatlari va malakali mutaxassislar ular xizmatidadir.
Nazorat savollari:

  1. Jismoniy tarbiya tizimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Jismoniy tarbiya tizimining paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida gapiring.

  3. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimi va uning maqsadi haqida gapirib bering.

  4. Garmonik rivojlangan shaxs tushunchasiga tavsif bering.

  5. O’zbekiston da jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi.




Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling