Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 2.01 Mb.
bet449/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Arbitraj (fr. arbitrage) - tomonlarning arbitrga murojaati bilan kelishmovchilikni hal qilish yo’li. Arbitraj xo’jalik hisobidagi shartnoma va reja, intizom va qoidalarni mustahkamlash imkonini beradi. Arbitraj davlat, xususiy, jamoa va aktsiyador, qo’shma korxonalar, tashkilot va muassasalar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etib beradi.
Manfaatdor tomonlar arizasi bilan arbitraj sudiga murojaat etadi, arbitrajda kelishmovchiliklar arbitr va manfaatdor tomonlar bilan hal etiladi.
Asosiy jamg’armalar balansi - mavjud, qabul qilingan asosiy jamg’armalar (asosiy vositalar) bilan hisobdan chiqarilgan asosiy jamg’armalarning ma’lum bir davrga bo’lgan munosabati. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy jamg’armalari hajmi va tarkibidagi o’zgarishlar haqida to’liq ma’lumot olish imkonini beradi.
Asosiy vositalar - ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga taalluqli mehnat vositalari (binolar, imoratlar, mashinalar, dastgohlar va h.k.)
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalar guruhlarga ajratiladi va hisob olib boriladi (asosiy vositalarning turlariga qarang). Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ko’p davr mobaynida ishtirok etib, (bir necha ishlab chiqarish bosqichida) o’zining dastlabki ko’rinishi va shaklini o’zgartirmaydi va qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o’tkazadi.
Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati - asosiy vositaning xo’jalikka qabul qilingandagi qiymati. Bu qiymat asosiy vositani sotib olish yuzasidan haqiqiy xarajat summasi, ya’ni ularni xarid qilish, keltirish, o’rnatish, umuman, foydalanish holatiga keltirish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar yig’indisi va bino, imorat hamda qurilmalarni xo’jalik usulida qurish xarajatlari bo’yicha aniqlanadi.
Pudrat usulida qurilgan bino va qurilmalar smetadagi qiymati bo’yicha baholanadi. Agar qurilish ham xo’jalik usulida, ham pudrat usulida olib borilgan bo’lsa, u holda qurilgan bino, imoratlarning shartnomada ko’rsatilgan summalariga xo’jalikning o’zi sarflagan xarajatlar summasini qo’shish bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalar butun foydalanilgan vaqti mobaynida boshlang’ich qiymatda hisobga olinadi (Asosiy vositalar, asosiy vositalarning qoldiq qiymati, asosiy vositalarni tiklash qiymatiga qarang).

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling