Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 2.01 Mb.
bet460/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Bo’nak (fr. avance) - mo’ljallangan xarajat va to’lov uchun berilgan pul mablag’lari. Markaziy bankning ko’rsatmasiga ko’ra bo’nak iqtisodiyotda kassa jarayonlarini olib borish qoidalariga asosan qat’iy belgilangan maqsadlar uchun beriladi.
Buxgalter - buxgalteriya hisobi bo’yicha mutaxassis, “buxgalter” so’zi birinchi marta XV asrda paydo bo’lgan. Buxgalter mutaxassisligiga birinchi marta “Insbrug” hisob palatasi ish yurituvchisi Kristofor Shtexer ega bo’lgan (1498 y.). Umuman, buxgalter ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan xodim hisoblanadi. Buxgalter aniq bir ish va ma’lum xo’jalik faoliyatining hisobi va nazoratini olib boradi. Lavozimi va bajarayotgan ishiga ko’ra, buxgalter katta va bosh hisobchi bo’lishi mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning bir bo’limini boshqarsa, bosh hisobchi butun bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasi faoliyatini boshqaradi.
Iqtisoddagi o’zgarishlar, korxonalarga mustaqillik berilishi, xususiy korxonalarning ochilishi, qo’shma korxonalarning tashkil etilishi, fermer xo’jaliklarining yuzaga kelishi va boshqa sharoitlar buxgalterlarning rolini yanada oshiradi. Buxgalter nafaqat buxgalteriya hisobini yurgizishni, balki, iqtisodni, ishlab chiqarishni tashkil etishni, iqtisodiy tahlilni, hisoblash mashinalaridan yaxshi foydalana olishni, moliya, kredit, statistika, huquq va boshqa soha ishlarini ham chuqur egallagan bo’lishi lozim.
Buxgalteriya - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va olib boruvchi apparat. Buxgalteriya mustaqil bo’lim bo’lib, korxonaning boshqa bo’limlari tarkibiga kirmaydi. Buxgalteriyani bosh hisobchi, agar bosh hisobchi lavozimi belgilanmagan bo’lsa, katta buxgalter boshqaradi.
Buxgalteriya bo’limi buxgalteriya hisobini tashkil etishi va olib borishi lozim, xo’jalik jarayonlarining qonuniyligi va maqsadliligini nazorat qilish, hisobot tuzish, moliyaviy qonunlarga bo’ysunishini ta’minlashi va boshqa vazifalarni bajarishi lozim.
Buxgalteriyaning tarkibi iqtisodiyot tarmog’i va korxonada buxgalteriya hisobini qanday tashkil etilganligiga bog’liq. Katta korxonalarda bosh hisobchi, uning o’rinbosari belgilanadi. Bosh hisobchi boshqaradigan buxgalteriyaga: xom-ashyo va materiallar hisobi, tayyor mahsulot hisobi, mehnat haqi hisobi, asosiy vositalar hisobi bo’limlari kiradi. Bo’limlar soni ma’lum sharoitlarga bog’liqdir. Kichik korxonalarda esa, bo’limlar tashkil etilmaydi, ya’ni xizmatchilar o’rtasida hisob ishlari taqsimlanadi. Vazirlik va tarmoqlarda markazlashgan buxgalteriya yoki buxgalteriya boshqarmasi tashkil etiladi, ular shu tarmoq korxona va tashkilotlaridan buxgalteriya hisobotlarini qabul qilib, yig’ma hisobotlar tuzadilar va ularni tahlil qilib, ma’lum bir xulosalar qabul qiladilar va ko’rsatmalar beradilar, tekshirishlar o’tkazadilar.

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling