Gen – irsiyatning moddiy asosi bo’lib, har bir gen organizmdagi irsiy belgi va
xususiyatlarni nazorat qiladi. Genlar xromosoma tayoqchalarida tizilgan holatda
joylashgan. Har bir xromosomada yuzlab va minglab genlar bo’ladi. Hisoblarga
qaraganda odam xromosomalarida bir million, balki undan ham ko’p genlar bor
ekan.
Organizmdagi ma’lum irsiy axborotlarni o’zida birlashtirgan genlar
yig’indisi genom deyiladi. Gen va genomlar DNK da joylashgan. Hujayrada oqsil
sintezi ribosomalarda amalga oshiriladi. Ribosomalarga esa kerakli shakl va
nusxalardagi oqsil na’munalarini uch xil tipdagi RNK lar DNK dan oladi. DNK
molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan axborotni ko’chirib oladi. Bu
jarayon transkriptsiya – ko’chirib yozish deb ataladi. Haqiqatdan ham bu
jarayonda DNK dagi nukleotidlar qatori RNK dagi nukleotidlar qatorida
takrorlanadi. RNK ning har uchchala tipi ham yadroda bir xil mexanizmda
sintezlanib, so’ngra tsitoplazmaga ko’chiriladi (mRNK –matritsali RNK nusxa
oladi, iRNK-axborot RNK kerakli nusxadagi oqsil sintez qilish to’g’risida axborot
beradi va bu axborotni tRNK-transport RNK tsitoplazmadagi ribosomaga etkazib
beradi).
Translyatsiya-tarjima qilish deb yuritiladi. Hujayrada oqsil sintezini
ta’minlovchi RNK lar kerakli axborotni, ya’ni qanday oqsil sintez qilishni DNK
dan oladi. Bu jarayonda nukleotidlar tartibi nuklein kislotalar tilidan
aminokislotalar tartibi-oqsil tiliga tarjima qilinadi. Bu biologik kodlash-genetik
kod orqali amalga oshiriladi. Genetik kod ta’limotiga ko’ra nuklein kislotalarda har
bir aminokislotalarni taniydigan va tanlab biriktirib tashishda vositachilik qiladigan
nukleotidlar kombinatsiyasi mavjud [15].
Ma’lumki gen tushunchasini 1909 yilda Iogansen fanga kiritib, uni irsiy omil
deb atadi. Rus olimi Benzer genlarni muton, rekon va tsistron deb atalgan
elementar qismlarga ajratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |