Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya


Muton- genning o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan qismi. Rekon-


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/115
Sana04.11.2023
Hajmi3.93 Mb.
#1746747
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
Bog'liq
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA

Muton- genning o’zgarish xususiyatiga ega bo’lgan qismi. Rekon- genning 
chalkashish xususiyatiga ega bo’lgan eng kichik qismidir. Tsistron- organizmdagi 
ma’lum belgilarning rivojlanishiga sabab bo’ladi. 
Organizmning belgi va xususiyatlarni genlar aniqlaydi va nazorat qiladi 
(boshqaradi). Genlar oqsil biosinteziga, reaktsiyalarning borishiga ta’sir etadi. Irsiy 
axborotni tashuvchi DNK genning asosiy komponenti hisoblanadi. 
Gen viruslar singari hujayradan tashqarida ko’paya olmaydi va harakat qila 
olmaydi. Gen avtoreproduktsiyalanib hujayrada o’ziga o’xshash genning hosil 
bo’lishini ta’minlaydi. Gen oqsillardagi aminokislotalar tarkibini va ularning 
xususiyatlarini aniqlaydi.
Gen biron bioximiyaviy reaktsiyaning borishiga, organizmlarning ma’lum 
belgilarining yaxshi rivojlanishiga yoki umuman rivojlanmasligiga sababchi 
bo’ladi. 


35 
Har bir gen o’ziga xos oqsil molekulalari birlamchi strukturalarning sintez 
qilinishiga ta’sir etadi, biroq bu sintezda o’zi ishtirok etmaydi. 
Gen ko’ptomonlama ta’sir etishi mumkin, ya’ni u har xil reaktsiyalarning 
borishiga va organizm ko’p belgilarining rivojlanishiga bevosita ta’sir qilishi 
mumkin. 
Gen ekspressiyasi deganda, ma’lum bir gendagi belgi va xususiyatlarning 
yuzaga chiqishi tushuniladi. 
Muhokama uchun savollar. 
1. Gen tushunchasini birinchi marta fanga kim va qachon kiritdi? 
2. Genlar qanday qismlardan iborat? 
3. Muton genning qaerida joylashgan? 
4. Rekon genda nima vazifani bajaradi? 
5. Tsistron nima va u genda qanday vazifani bajaradi? 
6. Gen ekspressiyasi deganda nimani tushunasiz? 
 
6-MODUL 
Mavzu:O’simlik gen muhandisligi.
Reja 
1. O’simlik gen injenerligining asosiy yo’nalishlari. 

Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling