Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Nazorat savollari: 
1. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‗isi 
va gaz iste‘moliga soliqni byudjetga bevosita to‗lovchilar kimlar?
2. Soliq solish ob‗ekti va bazasi qanday aniqlanadi? 
3. Benzin, dizel yonilg‗isi va gazni sotish deganda nima tushuniladi? 


193 
2-savol bo‟yicha dars maqsadi: Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo 
qilish va ayrim turdaga xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im kimlarga 
nisbatan qo‘llanilishi bo‘yicha tushunchalar hosil qilish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
2.1. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdaga 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imni tushuntira oladi. 
2.2. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdaga 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imni to‘lovchilarini izohlay oladi. 
2.3. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdaga 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imni hisoblab chiqara oladi. 
2-asosiy savol bayoni: 
Mahalliy yig„im 
(Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko„rsatish huquqi uchun yig„im) 
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‗ra ayrim turdagi tovarlar bilan 
chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun 
yig‗im mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar tarkibiga kiradi va u 
mahalliy byudjet daromadlaridan biri hisoblanadi.
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun yig‗imning to‗lovchilari bo‗lib, O‘zbekiston 
Respublikasi xududida ushbu tovarlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda 
chakana savdoni amalga oshiradigan va ayrim turdagi xizmatlarni ko‗rsatadigan 
yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Ushbu yig‗im ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdoni amalga 
oshirish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‗rsatish huquqini olish uchun to‗lanadi. 
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni 
ko‗rsatish huquqi ruxsat guvohnomasi bilan tasdiqlanadi. Ruhsat guvohnomasi 
joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan 
tartibda beriladi. Ayrim tovar turlarining va xizmatlarning ro‗yxati O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi yuridik shaxs yoki 
yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslarga 
o‗z arizalarida ko‗rsatilgan muddatlarga, lekin ushbu muddat qonunchilikda 
nazarda tutilgan muddatdan ortiq bo‗lmagan muddatga beriladi. Jumladan, 
yuridik shaxslarga ko‗pi bilan -3 yil, jismoniy shaxslarga -2 yil. 
Yig‗imlar o‗rnatilgan minimal ish haqi miqdoriga nisbatan belgilanadi. 
2011 yil 1 yanvardan boshlab ayrim tovar turlari bilan chakana savdo qilish 
huquqi uchun yig‗im alkogolli mahsulotlar uchun -1 oylik savdo uchun eng kam 
oylik ish haqi miqdorining 5 baravari miqdorida, qimmatbaho metallar va 
qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar uchun -1 oylik savdo uchun eng kam 


194 
oylik ish haqi miqdorining 3,5 baravari miqdorida belgilangan. Avtotransport 
vositalarini parkovka qilish (saqlash) bo‗yicha pullik xizmatlarni ko‗rsatganlik 
uchun yig‗im har oyda 8 minimal ish xaqi miqdorida undiriladi. Ushbu yig‗imlar 
har oyda hisobot oyining 25 kuniga qadar byudjetga to‗lanadi.
Mahalliy yig‗imni o‗z vaqtida to‗lanishi, qonun hujjatlariga rioya qilinishi 
uchun javobgarlik yig‗imni to‗lovchilar zimmasiga yuklanadi.
Davlat soliq xizmati organlari esa o‗zlariga berilgan vakolot doirasida 
qonun hujjatlariga muvofiq yig‗imni to‗lovchilarning byudjet oldidagi 
majburiyatlarini bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling