Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-asosiy savol bayoni: Davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati.
Nazorat savollari:
1. Mahalliy yig‗im deganda nimani tushunasiz? 2. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im soliq kodeksining qaysi moddasiga tegishli? 3-savol bo‟yicha dars maqsadi: Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari zarurligi haqida tushunchalar hosil qilish. Identiv o‟quv maqsadlari: 3.1. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlarini tushuntira oladi. 3.2. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga qanday daromadlar kirishini izohlay oladi. 3.3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari qanday tartibda turkumlanishini aniqlay oladi. 3-asosiy savol bayoni: Davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli byudjet jamg‗armalari kiradi. O‘zbekiston Respublikasining ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi qonuniga muvofiq davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident – yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‗lovlar va davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan. 28 Ushbu qonunda soliqsiz daromadlarning yoki soliqdan tashqari to‗lovlarning uch asosiy turi e‘tirof etilgan. Rossiya Federatsiyasida yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad turidan tashqari, Federal yo‗l jamg‗armasining mablag‗lari, markazlashgan 28 O‘zbekiston Respublikasining ―Byudjet tizimi to‘g‘risida‖gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy qonunlari. -T.: Adolat, 2001. -8 b. 195 ijtimoiy rivojlantirish jamg‗armasining mablag‗lari ham byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan. Davlatning maxsus maqsadli jamg‗armalari pul mablag‗larini soliqsiz daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo‗lmaydi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mazkur jamg‗armalarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bo‗lib, bunda soliq to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli jamg‗armalarga qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo‗lgan muhim xususiyatga, ya‗ni to‗lovni amalga oshirishda sub‗ektlar mulk shaklining o‗zgarishi xususiyatiga egadir. Soliqqa kirmaydigan, ya‗ni soliqsiz daromadlarning ko‗pchiligi doimiy, qat‘iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari ko‗rinishiga ega bo‗lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat‘iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‗p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo‗lishi mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling