Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliq sub‟yekti- soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy 
shaxslar yoki soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o‘zaro 
majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar, boshqa tomondan soliqni 
undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari qatnashadi. O‘z faoliyatida 
barcha yuridik va jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. 
Chunki bu yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar mavjudki, ular soliq sub‘yekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok 
etmaydi. 
Soliq agenti- yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolib, davlat 
byudjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z 
faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, 
ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarning korxonada o‘z mehnati, investitsiyasi 
bilan ishtirok etishi natijasida olgan daromadi(foydasi)dan soliqlarni ushlab 
qoladi va davlat byudjetiga o‘tkazib beradi. Soliq agentlari davlat byudjetiga 
soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollash natijasida to‘lanadigan ish 
haqidan, dividentlardan, doimiy muassasaga ega bo‘lmagan norezident yuridik 
va jismoniy shaxslardan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab 
qoladi va byudjetga o‘tkazib beradi. Ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan 
va o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq summasi uchun qonunchilikda 
belgilangan moliyaviy, ma‘muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Har bir 
yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan birgalikda soliq 
agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy adabiyotlarda fiskal 
agent sifatida qayd etiladi. 
Soliq solish ob‟yekti- soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliq 
solish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki 
tushuniladi. Soliq solish ob‘yektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar 
qiymati, yer maydoni, yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari, tabiiy 


35 
resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq solish ob‘yekti 
aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma‘naviy boylik larning ayrimlariga 
qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi 
soliq sub‘yektlarining huquqlariga soliq solishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy 
va ma‘naviy boyliklarga mulkiy huquqga ega bo‘lgandagina soliq solish 
ob‘yekti yuzaga keladi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki 
egasiz imoratga nisbatan soliq sub‘yekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan 
taqdirda ham soliq solish ob‘yekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga 
bo‘lgan mulkiy huquqga soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq 
solish ob‘yekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va 
daromadiga qaratiladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling