Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliq imtiyozlari- soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil 
yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa 
ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish 
mexanizmlari, mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi- soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq 
davri uchun soliq solinadigan bazadan, stafkadan, shuningdek soliq 
imtiyozlaridan kelib chiqib, soliq summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi. 
Soliq solish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshirilib, ular 
quyidagilarga: soliq solishning kadasterli, deklaratsiya va manba oldidan soliq 
solish usullariga ajratiladi. 
Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan 
hamda soliq miqdori hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir necha 
hisobot davriga bo‘linishi mumkin. Hisobot davrlari yakunlanganda soliq 
hisobotlarini taqdim etish lozim bo‘ladi. Joriy avans(bo‘nak) to‘lovlarini to‘lash 
davri hisobot davri bo‘lmaydi. 
Soliqlarni to‟lash muddatlari va tartibi. Soliq qonunchiligida har bir 
soliq turini byudjetga to‘lash muddati belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari 
deganda soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarini 
bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra 
ikki xil ko‘rinishga ega: joriy avans (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad 
olingandan keying to‘lovlar. 
Soliqni to‘lash tartibi esa soliqning yo‘naltirilganligi (byudjetga yoki 
byudjetdan tashqari fondlarga), soliqni to‘lash vositasi (milliy valyuta-so‘mda ) 
yoki boshqa mamlakatlar milliy valyutasida. O‘zbekiston Respublikasi soliq 
qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valyuta- so‘mda to‘lanishi 
mumkin hamda soliqni to‘lash shakllarida (naqt pul yoki naqt pulsiz) 
ifodalanadi. 
Soliq yuki- soliq to‘lovchi muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyat natijasida 
to‘lagan soliqlarining yigindisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilar 
to‘laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yigindisi 
ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri 
kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri 
(bevosicha) soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni byudjetga hisoblab 
o‘tkazuvchi soliq to‘lovchi1ar zimmasiga tushsa, eg‘ri (bilvosiga) soliqlarda esa 
soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat) larni iste‘mol 
qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar 
bo‘yicha soliq yukini bir yilda byudjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar 
yigindisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukini ifodalashning bir qancha
ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki 
va mikrodara-jadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun 
mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt 


37 
oralig‘ida davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yigindisining ana shu vaqt 
oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga 
nisbati olinadi.Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha,tarmoq yoki 
sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir 
olingan sub‘ektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling