Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliq solishning adolatlilik tamoyili


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliq solishning adolatlilik tamoyili. Soliq solishning adolatlilik 
tamoyiliga muvofiq, soliqlar jamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb tan 
olingan umumiy ob‘yektiv qoidalarga binoan belgilanishi lozim. Adolatlilik 
tamoyili bir qancha asosiy guruhdagi soliq solish tamoyillariga bo‘linadi. 
Bularni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda 
gorizantal va vertical adolatni bir-biridan farqlash lozim. Gorizantal adolat 
tamoyili daromad olishning turli sharoitlarida soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq 
solishning taxminan teng shartlarini qo‘llashni nazarda tutadi. 
Soliq solishning oddiylik va holislik tamoyili. Bu tamoyil soliq solish 
bazasini aniqlashda, soliqlani hisoblab chiqishda oddiylik bo‘lishini, taqdim 
etiladigan hisobotlarning mazmunini soddalashtirishni, shuningdek soliqlarning 
eng muxim turlari bo‘yicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan 
imtiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko‘zda tutadi. 
Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili. Samarali soliq 
tizimiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri boshqaruvga qulay bo‘lishidir. 
Soliqlarni undirib olishda samaradorlikka erishish ko‘p hollarda soliqlarning 
soliq to‘lovchilarga yaxshi tushinarli bo‘lishiga bog‘liq. 
Soliq solishning soliqlarni yig‟ish jarayonini imkon qadar 
arzonlashtirish tamoyili. Ushbu tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan
soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan harajatlarni mumkin qadar kamaytirishni 
ko‘zda tutadi. 
Soliq solishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili. Soliq stavkalari 
boshqa davlatlardagi huddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi
ya‘ni mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa 
mamlakatlar bilan teng bo‘lgan ho‘jalik faoliyati shart sharoitlari vujidga 
keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol 
Respublika 
iqtisodiyotiga 
investitsiyalarni 
jalb 
qilishni 
mushkillashtirib 


39 
yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy ta‘sir 
qiladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling