Guliston davlat universiteti musurmanov. A. A agrokimyoviy tekshirish usullari
Download 1.8 Mb.
|
portal.guldu.uz-agrokimyo tekshirish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi, 10 minut
REJA: Tadqiqotni rejalashtirish. Klassik sxemalar. Bir omilli va ko’p omilli tajriba sxemalari. Tajribada paykallarni joylashtirishning qanday usullari bor? Dala tajribasi qanday amalga oshiriladi? TAYaNCh TUShUNChALAR: Tadqiqotni rejalashtirish, bir omilli va ikki omilli tajriba, ko’p omilli tajriba, tajriba sxemasi, nazorat variant, klassik sxema. savol bo’yicha dars maqsadi: O’gitlar ustida o’tkaziladigan dala tajribalarining sxemalari haqida talabalarga tushunchalar berish. Identiv o’quv maqsadlari; 1.1 O’g’itlar ustida olib boriladigan dala tajribalarini izohlaydi. 1.2 Dala tajribalarini sxemalarini tushuntiradi Tajribaga tayyorgarlik davrining oxirgi etapi ish rejasi hisoblanadi. Dastur tuzilayotganda tadqiqotchi uchun eng murakkabi bulajak tajriba sxemasi tuzishdir. Xar qanday real tajriba sxemasi tadqiqotchining ijodiy ijlanishi natijasida yuzaga keladi va sxema ilmiy xodimni bilim saviyasi, qobilyati, qishloq xujalik talabini qay darajada bulishini quyilgan vazifalarni ilmiy jixatdan yechishda kursatib beradi. O’rganilayotgan omilning (ekish normasi, muddati, o’g’it dozasi, shakli, turi, qo’llash muddati, usuli, tuproqqa ishlov berish va shu kabilar), bir nechta gradasiyasi bo’lgan bir omilli tajribalar sxemasini tuzishda odatda kiyinchalik yuzaga kelmaydi. Tajriba sxemasini shunday tuzish kerakki, unda o’rganilayotgan omilning xar-xil darajalarida hosil egri chizig’ini olish imkoniyati bo’lsin. Amalda, bir faktorli tajribalarda omillarning kup darajasi talab qilinmaydi. Shuning uchun, odatda bir omilli tajribalarda 4-6 darajaga ega bulish yetarli bo’ladi. Ammo ko’pincha dala tajribasida bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ko’p omil o’rganiladi. Misol uchun, o’g’itlar (birinchi omil), tuproqqa ishlov berish (ikkinchi omil) va sug’orishning (uchinchi omil) ta’siri. Bunday hollarda omillarning hamma kombinasiyasi (tuplamini) o’z ichiga olgan ko’p omilli (faktorial va ortokonal) tajribalar sxemalari eng to’g’ri bo’ladi. Ikkita darajada sinaladigan (bor yoki yo’q) ikki omilli tajriba sxemasi eng oddiy hisoblanadi. Bunday faktorial tajriba (2x2 yoki 22) 4 variantga ega bo’ladi. Misol uchun, ikkita o’g’it turini (azotli va fosforli) o’rganishda faktorial tajriba sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin: 2.N. 3.R. 4.NP. Agar bu tajribaga uchinchi omil kiritilsa (misol uchun, kaliy) va uning gradasiyasi ikkita bo’lsa, unda 8 variantli (2x2x2 yoki 23) faktorial sxema yuzaga keladi: 2.N. 4.K. 5.NP. 6.NK. 7.PK. 9.NPK. Bu sxema Jorj-Vill yoki Mitcherxlixning to’liq sakkizli faktorial yoki ortogonal tajriba sxemasidir. Bu sxema maksimal darajada ma’lumotlar olishga imkon beradi. Tajriba uchastkasiga bu variantlarni joylashtirib bo’lmasa, uning o’rniga Vagner sxemasi olinadi. 1.0. 2.NP. 3.NK. 4.PK. 5.NPK. Ko’p omilli tajribaning to’liq faktorial sxemasiga (23) quyidagi misol bo’lish mumkin. O’rganilayotgan omillariga (ekish me’yori, muddati, o’g’it dozasi, shakli, o’g’it qo’llash muddati va usuli, tuproqqa ishlov berish va shu kabilar) (23) quyidagi misol bo’lishi mumkin. Tuproqqa odatdagicha ishlov berish + o’g’itsiz + gerbisidsiz. Tuproqqa odatdagicha ishlov berish +o’g’itlar+gerbisidlar Tuproqqa odatdagicha ishlov berish +o’g’itsiz + gerbisidlar Tuproqqa odatdagicha ishlov berish + o’g’itlar+gerbisidlar Tuproqqa yangicha ishlov berish + o’g’itsiz + gerbisidsiz. Tuproqqa yangicha ishlov berish +o’g’itlar+gerbisidlar Tuproqqa yangicha ishlov berish +o’g’itsiz + gerbisidlar bilan Tuproqqa yangicha ishlov berish + o’g’itlar+gerbisidlar bilan Bu prinsip bo’yicha boshqa ko’p omilli tajribalarning sxemalari tuzilishi mumkin. Bunday sxemalardan foydalanish omillarning o’zaro ta’sirini tushunishda almashtirib bo’lmaydigan holdir. Omillarning o’zaro ta’siri ijobiy (omillar birgalikda qo’llanganda olingan qo’shimcha hosil alohida qo’llangan har bir omil hisobiga olingan qo’shimcha hosillar yig’indisidan katta bo’lsa), salbiy (omillarning birgalikdagi ta’siri hisobiga olingan qo’shimcha hosil ularni alohida qo’llashda olingan qo’shimcha hosillar yig’indisidan kichik), yoki bo’lmasligi (har bir omilning alohida ta’siri yig’indisi ularnshg birgalikdagi ta’siriga teng) mumkin. Dala tajribasi natijalari namoyondali (reprezentativli) bo’lishi kerak. Bunga tajriba elementlarini to’g’ri amalga oshirish bilan erishiladi. Variantlar soni – tajriba varianti bu o’rganilayotgan agrotadbir, o’g’it, nav va shu kabilar. Misol uchun, azotli o’g’itlar normasi, shakli, qo’llash muddati va usullarini o’rganishda quyidagi variantlar bo’ladi
Har qanday tajribada nazorat varianti bo’lishi kerak (nazorat yoki standart), chunki u bilan tajriba variantlari solishtiriladi. Misol uchun: 1.0,2 NR, 3. NK, 4. RK, 5. NRK. Ushbu misolda oxirgi variant ham nazorat varianti bo’lishi mumkin. Yangi navlarni o’rganishda (misol uning oziqlanishini) standart-qilib rayonlashtirilgan nav olinadi. Tajribada 5-6 tadan 10-12 tagacha variant bo’lishi va undan ko’p bo’lmasligi kerak. Faqat shundagina ularni bitta nazorat varianti bilan solishtirish mumkin. Agar variantlar soni undan ko’p bo’lsa, tajriba aniq bo’lishi va ishonchli natijalar olish uchun nazorat variantlarini ko’paytirish kerak, ya’ni tajriba varianti mumkin qadar nazorat variantiga yaqin turishi kerak. Umumiy g’oya bo’yicha birlashtirilgan nazorat va tajriba variantlar to’plami tajriba sxemasi deyiladi. MUSTAQIL ISh UChUN SAVOLLAR: Bir omilli tajriba nima va uning sxemasi qanday tuziladi? Ko’p omilli tajriba sxemalari. Vagner sxemasi qanday bo’ladi? MA’RUZA № 8 MAVZU: VEGETASION IZLANISh USULLARI
Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling