Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Fonema va fonologiya atamalarini izohlang.
2.Fonologiya sathining taraqqiyotida qaysi olimlar qanday nazariyalarni yaratganlar?
3.Fonema va tovush munosabati haqida nima bilasiz?
4.Fonologik ziddiyatlar deganda nima tushuniladi va ularning qanday turlari bor?
5.Fonema va tovush munosabatida invariant - variant dialektikasi qanday aks etadi?
6.Fonema variantlari ma’no farqlash xususiyatiga egami?
7.Barcha tillarda unli va undosh fonemalar soni bir xilmi?
8.Grafema nima? Uning fonema bilan munosobati.
9.Quyidagi jumlani izohlang :
Har qanday tovush fonema varianti , har qanday harf grafema variantidir.
10. Rus tilshunosi N.S. Trubeskoyning fonologiya sohasidagi nazariyasi qanday ahamiyatga molik ?
11. Nutq tovushlarining ijtimoiy qiymatga ega ekanligini isbotlashga harakat qiling.
12. Tovushning harf va fonemadan qanday farqi bor?
13. Transkripsiya nima? Bu so`z qaysi sohalarning o`ziga xos atamasi
hisoblanadi?
14. Transkripsiyani nima uchun o`rganamiz?
15. Transkripsiya tamoyillarini orfografiya prinsiplaridan qanday farqi bor?
16. Transkripsion belgilar qanday tuziladi? Diakritik belgi nima? Misollar asosida tushuntiring.
17. Fonetik transkripsiyaning fonologik transkripsiyadan qanday farqi bor?
18. Grafematik transkripsiya nima?
19. Xalqaro fonetik alifbodan nima maqsadda foydaniladi?
20.Quyidagi kichik matnni transkripsiyada yozing:
Fikrni chiroyli va ravon ifodalay olish, tushunarli qilib so`zlash va aniq, lo`nda javob berish jamiyat a’zolari uchun eng zarur va yaxshi xislatdir.
Adabiyotlar:
1.Axmanova O.S. Fonologiya. Moskva, 1954.
2.Trubetskoy N.S. Osnovo’ fonologii . Moskva , 1960 .
3.Baskakov A., Sodiqov A., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. Toshkent, 1979 .
4. Azizov O. Tilshunoslikka kirish., T., “O’qituvchi”, 1996.
Reshetov V., Shoabdurahmonov Sh. O’zbek dialektologiyasi. T., “O’qituvchi”, 1978.
Sodiqov A. va b. Tilshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1981.
Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. T., “O’qituvchi”, 1980.
O’z SE. 11-son. T., 1978. 282-283 – b.
Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. B., “Buxoro universiteti”, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |