Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Ta’lim 
maskanlari.
Kasb-hunar 
to‘g‘risidagi 
tasavvurlarni 
shakllantirishda uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlari katta rol o‘ynaydi. 
Maktabgacha ta’lim maskanlari - bolalar bog‘chasidan tortib, akademik litsey 
hamda kasb-hunar kollejlarida bolalar ongiga turli kasblar, ularning 
jamiyatdagi o‘rni borasida turli bilimlar beriladi, tasavvurlar hosil qilinadi. 
Maktabda turli fanlar 
va ularning predmetini 
yoritish jarayonida 
reglamentlashtirilmagan professional yo‘nalish amalga oshiriladi. Fan 
predmetini va uning jamiyatdagi ijtimoiy rolini anglagan sari o‘quvchilarda 
istiqbolda qanday kasbni egallagan ma’qul, degan savolga jaovb olib boradi. 
Bunda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan maktab amaliyotchi 
psixologining ham roli kattadir. U nafaqat u yoki bu kasb-hunar to‘g‘risida 
bolalarga tasavvurlar beradi, balki psixologiyaning maxsus metodlari 
yordamida ular professional qiziqishlari, layoqatlari, intilishlarini ham oldindan 
bilib, testlar vositasida bolalarga professional konsultatsiyalar ham berishi 
mumkin. Agar maktab psixologi oila bilan bu borada izchil va maqsadli ish 
olib borsa, bolani kasbga yo‘naltirish ishi yanada samarali bo‘ladi.
Oxirgi yillar davomida Buyuk Britaniya oliy o‘quv yurtlarida talabalar 
soni keskin darajada oshib ketdi. Bu o‘z navbatida ilmiy izlanish bosqichidagi 
talabalar qabul sonining oshishiga ham o‘z ta’sirini berdi. Buyuk Britaniya 
oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritadigan ko‘pchilik ilmiy xodimlar uchun
ilmiy izlanish bosqichidagi talabalarning ishlariga rahbarlik faoliyatini 
yuritish ilmiy amaliyotlarining asosini tashkil qiladi; haqiqatdan ham ko‘plar 
uchun bu mavqe’ning aniq talabi, ishning shart-sharoit taqozosi yoki ish 
tavsifnomasida  
“ilmiy izlanish bosqichidagi talabalarning ilmiy tekshirishlariga rahbarlik 
faoliyatini muvafaqqiyatli tugallandi” kabi jumlararni keltirib o‘tish sababli 
bo‘lishi mumkin. Bu bo‘limda ilmiy izlanish bosqichidagi talabalarining 
ishlariga rahbarlik faoliyati haqidagi muqaddima, ilmiy izlanish bosqichining 
turli ko‘rinishlari haqidagi ma’lumot bilan birgalikda Falsafa fanlari doktori 
(Ph.d) va Falsafa fanlari nomzodi (M.Phil)lariga e’tibor qaratib o‘tamiz. 
Doktorlik darajasidagi ilmiy ishlarga rahbarlik faoliyati hamda tezis talablari, 


226
masalan: Tibbiyot fanlari doktori (MD) va malakali doktarant (Ed.d) haqida 
yoritiladi.
120
  

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling