Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Ijtimoiy normalar ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
Ijtimoiy normalar ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sanksiya – normalarning shaxs xulqida namoyon bo‘lishini nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirishning mexanizmi bo‘lib, ularning mavjudligi konkret vaziyatlarda shaxs xulqining maromida, to‘g‘ri bo‘lishini kafolatlaydi. Masalan, professorning maroqli ma’ruzasini buzishga harakat qilgan talabani o‘sha professorning o‘zi ham tartibga chaqirishi mumkin, qolaversa, vijdonli va ilmga chanqoq talabalar ham ma’noli nigohlari, qiliqlar 118 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton , Educational Psychology © 2009 , Second Edition . 68-b. 223 yoki ochiq so‘z vositasida tartibga chaqirishi ijtimoiy sanksiyaning amaldagi xolatini bildiradi. Yoki tanlagan kasbi bo‘yicha malakasi to‘g‘risida diplomi bo‘lishiga qaramay, ishlashni xohlamagan yigitga ota-onasidan tashqari, do‘stlari, tanishlari tanbeh berishlari, fikrini o‘zgartirishlari ham bunga misoldir. Tanbehni, shu kabi sanksiyani mensimagan, itoat etmagan insonni birov qattiq tahqirlamasligi, qonuniy jazo bermaligi mumkin, lekin jamoatchilik, yaqinlar nazaridan qolish ham biz uchun kuchli ma’naviy jazo bo‘lib, iymonli insonning vijdoni qiynaladi. Ijtimoiy nazorat – sanksiyalarning amaldagi ifodasi bo‘lib, bunda turli vaziyatlar taqozosi bilan sodir bo‘lgan xulqning tashqaridan o‘ziga xos tahlili va bahosi ro‘y beradi. Ijtimoiy nazoratda ko‘pincha ko‘pchilikning ozchilikka, kattaning kichikka, rahbarning xodimlarga ta’siri shaklida o‘zaro munosabatlar sodir bo‘ladi. Ayrim qarorlar qabul qilish jarayonlarida bir shaxsning, davlat arbobining ko‘pchilikka ta’siri bo‘lishi mumkin, bu masalaning mohiyatiga bog‘liqdir. Alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarish mobaynida xulqida namoyon etadi. Shu ma’noda, psixologiyada rol – shaxsning aniq hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini ifodalaydi. Inson o‘z hayoida juda ko‘p va murakkab rollarni bajaradi, bu uning qanday vaziyatlarda faoliyat ko‘rsatayotganiga bog‘liq. Ba’zan u bir vaqtda bir nechta rollarni ham bajarishi mumkin. Masalan, guruh sardori oddiy talaba hamdir. Maktab o‘qituvchisi sinfda ham o‘qituvchi, ham murabbiy, ham shu sinfda ta’lim olayotgan o‘z farzandi uchun ona hamdir. Oilada bir “qaynona” – kelin uchun qaynona, o‘g‘li uchun – ona, turmush o‘rtog‘i uchun – rafiqa, nabirasi uchun esa momo rollarini bir vaqtda o‘ynay oladi. Bu ma’noda shaxsning ijtimoiy xulq-atvori rollar vositasida ham muvofiqlashtiriladi. Rollararo nizolar yoki qarama-qarshiliklar shaxsni ba’zan mushkul ahvolga solib qo‘yishi ham mumkin. Hayotda shaxs bajaradigan rollarning ko‘pligi, ular o‘rtasidagi ayrim xollardagi qarama-qarshiliklar uning jamiyatdagi statusi – mavqeini turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Eng muhim va qadrli mavqe – bu halol mehnati tufayli elu yurt o‘rtasida orttirilgan mavqe, martabadir. Har safar talabalarimnikiga qilgan tashrifimdan keyin Mishel bilan har galgidek “o’rganishni isbotlash” psixologik darslarimga qaytardik. Shu asnoda Mishel quvonarli holda qatnashardi, biroq u yana shisha idish va likopcha haqidagi topshiriqdan o’tolmasdi. Suv qanday holda quyilsa, u bir xil miqdorda qolishini izohlasam, o’g’lim qisqagina ma’qullagandek bo’lardi, lekin oxiriga kelib u o’zini gapida turib olardi. U takroriy urinishlar tufayli, odatiy bilimga qarshi chiqayotgandek edi. Ammo u 6 yoshga to’lganida barcha narsa o’zgardi. Men o’g’limga ilmiy psixologik darslarga tashrif buyurish vaqti kelganini aytganimda u bajon u-dil rozi bo’lardi va u ” Mendan shisha idish va likopdagi suv haqida so’raysimi “ deb so’rardi. Albatta ha dedim, negaki yana shu topshiriqni berishni rejalashtirayotgan edim. “Bu zo’r- 224 ku” u javob qaytarib, “chunki men, xatto suvni quyganizdan keyinham miqdor bir xil turishini bilardim. Biroq shunga ishonishimni xohlaysimi? Talabalariz uchunmi?” 119 Dunyoda minglab kasblar borki, ularga nisbatan shakllanadigan munosabat, kasbning tanlanishi shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va to‘g‘ri hayot tarzini shakllantirishi muammosi o‘zaro chambarchas bo‘lib, ushbu masalaning ijobiy xal qilinishi jamiyatning ma’naviy hamda iqtisodiy rivojiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Professional yo‘nalganlik ijtimoiy psixologik xodisa bo‘lib, uni ta’minlovchi omillarni bilish kasbga to‘g‘ri yo‘naltirishning asosi hisoblanadi. Alohida ta’kidlash joizki, kasbga yo‘nalganlik jamiyatda ro‘y beradi, odamlarning bu jarayonga ta’siri kuchli bo‘ladi, lekin aslida har bir shaxs hayot tarzi va faoliyati nuqtai nazaridan olganda, uni oldindan belgilab, qat’iy tartibga solish unchalik oson emas. Sodda qilib aytganda, kasb tanlash har bir insonning shaxsiy ishi va unga bevosita ta’sir ko‘rsatib, bu ishni loyihalashtirish ancha mushkul. Shunday bo‘lsada, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni psixologiya o‘rganadi. Oila. Oilaviy an’analar, ota-onalarning mehnat faoliyati borasidagi farzandlariga namoyon eta oladigan ibratlari, mehnatkashliklari, o‘z kasbi va professional faoliyatga munosabatlari, uni e’zozlashlari, xattoki, yaqin qarindoshlarning nima bilan va qay darajada shug‘ullanishlari kabilar yosh avlod ongida kasb haqida tasavvurlar hosil qilish bilan birgalikda, istiqbolda nima bilan shug‘ullanish, kasblar variatsiyasi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Shu bois ilk yoshlikdanoq, boladan “Katta bo‘lganingda kim bo‘lasan?” deb so‘ralsa, u albatta, otasi yoki onasi kasbini, yoki bo‘lmasa, u uchun aziz bo‘lgan boshqa insonlar (bobosi, tog‘a yoki amakisi, xola yoki ammasi kabilar) shug‘ullanadigan kasbning nomini aytadi. 119 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 74-b. 62 - rasm Shaxsni kasbga yo‘naltirishda ijtimoiylashuv institutlarining rolining ahamiyati qanday ? 225 63-rasm Ota va onaning oilada o‘z kasblarini qanchalik e’zozlashlari yoki og‘riniib ishga borishlari bog‘liq ravishda bolada professional yo‘nalganlik ijobiy yoki salbiy obrazlar bilan hamohang bo‘ladi. Oxirgi yillarda oilaviy shajara masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu ham oilaning yoshlarda aniq iqtidor va qiziqishga ko‘ra kasb tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling