Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

  
Bunday faollik turlari 
-
 
muloqot, o’yin, o’qish 
va mehnat 
faoliyatlaridir.
 
 


217
➢ 
ma’ruza yakunida erishiladigan natijalarni va talabalar nimalarni 
o’rganishlarini aytib bera olishi kerak. Bu ma’lumot biroz qisqa 
ko’rinishda bo’lishi mumkin.  
➢ 
mavzuga oid muammoni tasvirlab berib, ushbu muamo yechimini 
topish bo’yicha mulohazalarni ifodalay olishi lozim;  
➢ 
mavzuga bo’lgan qiziqishni sababini tushuntirib, jo’shqinlik va 
ishiyoqni baxam ko’rishi kerak.Ayrim hollarda ushbu jihat talabalarni 
qiziqishlarini kelgusi tadqiqot yo’nalishlariga aylantirishi mumkin;  
➢ 
ma’ruzani joriy yangiliklar yoki faoliyat bilan bog’lashi darkor. Bu 
borada ma’ruzachi talabalarga mavzuga oid ma’lumot yoki misollar 
topib, olib kelishi bo’yicha topshiriqlar berishi mumkin.  
Talabalarni ma’ruza davomida qiziqishlarini rag’batlantirish bo’yicha:  
➢ 
maqsadni izohlovchi joriy va tegishli misollarni keltirish mumkin;  
➢ 
tegishli holatlarda talabalarning tajribalarini misol tarzda keltirib 
o’tish mumkin;  
➢ 
talabalarni qo’llab quvvatlovchi ritorik savollardan foydalanib 
turish kerak;  
➢ 
ma’ruzani o’zlashtirish davomida talabalarning ehtiyojlarini 
o’zgartiring. Yozib borish, tinglash hamda faol ishtirok etish farqlarini 
keltirib o’ting (bu masala yuzasidan quyida to’xtalib o’tiladi);  
➢ 
ma’ruza mavzusi bilan bog’liq bo’lgan ko’rgazmali materiallar 
yoki badiiy buyumlarni taqdim eting;  
➢ 
taqdim etilgan materiallarning joriy vaqtda muhim ahamiyat kasb 
detayotganligi bilan bog’liq bo’lgan web sahifalarni namoyish qiling.
115
  
Mehnat
qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, 
uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, 
jamiyat taraqqiyotiga xissa qo’shishdir.
Bir vaqtlar pedagogning malaka oshirish masalasi, ya’ni qanday 
materialdan foydalanish, uning hajmi o’qituvchining o’ziga havola edi. 
Hozirgi kunda ta’lim mutaxassislari turli attestatsiya va tekshiruvlardan o’tib 
turishadi. Ish jarayonini baholash va sifat nazorati, institut yoki alohida fan 
miqiyosida audit, ta’lim idoralariga a’zolik talablari kabi qattiq tekshiruvlar 
ta’lim sohasini shaffof saqlaydi. Oliy ta’lim tuzilishidagi o’zgarishlar, 
masalan, Quality Assurance Agency(mahsulot sifati kafolati agentligi)ning 
ta’limdagi roli, Oliy Ta’lim Akademiyasi (HEA).
116
  
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan 
amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal 
115
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.pp: 59,60.
116
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 485,486.


218
qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador 
bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish 
orqali uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga 
yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab 
jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat 
turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim 
bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.
 
Kasbni egallash jarayoni juda murakkab faoliyatni o‘z ichiga oladi. 
CHunki biror ishni o‘zlashtirishda dastlab ongni batamom ishga solish qiyin 
bo‘ladi. SHu bois ham masalan, tiquvchi o‘z shogirdiga ayrim-alohida ish 
turlarini, tikishning detallarini nisbatan uzoq vaqt o‘rgatadi. Sekin asta-sekin 
ishlar avtomatlashib, ayrim harakat turlari bo‘yicha malaka hosil qilingach
ayrim operatsiyalar birlashtirladigan bo‘ladi. SHu kabi har qanday kasbda har 
bir element, ish turi mukammal o‘zlashtirilgach, ular ongda muayyan tizim 
hosil qilingandan so‘ng, yaxlit bir ishlar, operatsiyalar tarzida malakaga 
aylanadi. Ayrim- alohida operatsiyalarning avtomatlashuviga malaka deb 
qarasak, ko‘nikma esa - hosil bo‘lgan malakaning shaxsdagi bilimlarga qat’iy 
bo‘ysunishi va anglanishi oqibatida muvaffaqiyatni ta’minlashidir. Ya’ni, 
ko‘nikmalar hamisha bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Amalda malaka va 
ko‘nikmalar quyidagi yo‘llar bilan shaxs xulqida mustahkamlanadi:
✓ 
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
✓ 
tushuntirish yo‘li bilan;
✓ 
ko‘rsatish va tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
Bundan tashqari, o‘quvchilardagi malaka va ko‘nikmalarning 
samaradorligini o‘rgangan olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy 
inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar ekan:
➢ 
20% eshitganini xotirada saqlab qoladi;
➢ 
30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;
➢ 
50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;
➢ 
70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida 
o‘zlashtiradi; 
 
100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi 
orqali o‘zlashtiradi.
Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan 
foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan 
foydalanilmasa, takrorlab turilmasa hotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz 
aytmagan ”Takrorlash-bilimning onasidir” deb.
San’at, gumanitar va ijtimoiy fanlarini o’qitishda, ehtimol, talabalarni 
baholanishidan ko’ra munozarali masala bo’lmasa kerak, hech qaysi soha, 
ehtimol, o’tgan 10 yil davomida amaliyotda bu qadar ko’p innovatsiyani 
ko’rmagan (ba’zi universitetlarda imtihon orqali baholanish nisbatida 
qat’iylik bilan talaba plagiati tufayli yozilayotgan qoldirilgan vaqtida 
innovatsiyalar). Hozirgi vaqtda baholanishning juda ko’p shakllari mavjud 


219
bo’lib, ular ijodiy yoki amaliydan tasviriy va dizayn ishigacha, mulohazali 
esselar va tezislar, ijtimoiy fan uslubidagi so’rovlar va ma’lumotlar sharhi, 
ijro va og’zaki taqdimotlar guruh yoki alohidda, onlayn baholash va shu kabi 
uslubda olinadi. Baholashning bu kabi shakllari imtihon, kurs ishi, ma’nodor 
va umumlashtirilgan turli usullarga ham aylantirishi mumkin.
111
  
Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan 
foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim faol bilim zahirasi yoki 
sust bilim zahirasiga aylanadi.
Olingan axborot filtrdan o‘tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat 
yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash, 
foydalanish, takrorlash tufayli faol bilim zahirasiga aylanadi. Lekin 
keyinchalik bu bilimlardan foydalanilmasa yoki takrorlab turilmasa, passiv 
bilim zahirasiga aylanadi va borabora yoddan ko‘tariladi. Bilimni takrorlash 
tufayli yoddan ko‘tarilishini oldini olish mumkin. Bulardan shunday xulosa 
chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o‘quv materialini o‘zlashtirishi, 
yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko‘rish 
orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida sinab ko‘rish orqali 
etkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo‘li amaliy va 
seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir.
Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u 
yoki bu 
uslubni tanlash:
o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga;
o‘tilayotgan mashg‘ulotning mavzusiga;
seminar darsida qo‘yilgan maqsadga;
tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga 
bog‘liq.
Shunday qilib, har qanday faoliyatni o‘rganishdan maqsad - uning 
samaradorligini oshirishdir.
111
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 317. 
Aynan amaliy mashg‘ulotlar hamda seminar darsida o‘quvchi yoki 
talabalar ma’ruza, kitob, jurnal va xokazolar orqali olgan axborotlari
bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab 
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


220
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni 
o‘zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini 
tutish ko‘nikmalarini hosil qiladi, o‘zi uchun qiziqarli, manfaatli kasb va hunar 
tanlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni 
bilishiga, anglashi va yashashiga asoslanadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling