Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya
hodisaning qonuniyati
deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o’zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo’naltirish imkonini vujudga keltiradi. Borliqdagi jonli mavjudotlarning o’ziga xos tarzda, muayyan yo’nalishda, ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Amerika, Lotin Amerika va Afrika davlatlarida agar o’smir bola gapirib turgan bo’lsa, kichiklar uni hurmat qilib eshitishlari va gapini bo’lmasligi kerak (TorresGuzman, 1998). Sinfxonada o’qituvchi o’quvchilarning ko’zlari unga yo’naltirilmagan (hammagni ko’zlaring menda bo’lsin yoki doskada bo’lsin degablaridek) bo’lsa yoki e’tibor berilmayotgan bo’lsa, o’qituvchi bu holatni o’qiga bo’lgan hurmatsizlik deb qabul qiladi. ➢ Ijtimoiy masofa farq ma’daniy tarzda turlicha bo’ladi.Ba’zi joylarda suhbat bo’layotgan paytda bir-biriga yaqin turish oddiy ma’daniyatdek qaraladi;boshqalarida bo’lsa, bir biridan uzoqda turish oddiy hol ko’rinadi (Beaulieu, 2004). Agar o’quvchi va o’quvchi turli xil ijtimoiy masofa tanlasa muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan o’quvchi yaqin masofani afzal ko’rsa o’qituvchi buning teskarisini xohlasa bu shilqimlikka o’xshab ko’rinadi, yoki bo’lmasam o’qituvchi yaqin masofani xohlab o’quvchi xohlamasa bu ortiqch rasmiylik yoki ikkilanishdek tuyiladi. ➢ Kutish vaqti madaniy ravishda turlicha bo’ladi.Kutish vaqti bir insonning savoli va ikkinchisining javobi o’rtasidagi oraliq hisoblanadi. Ba’zi ma’daniyatda kutish vaqti nisbatan uzoq uch yoki to’rt sekund bo’ladi (Tharp & Gallimore, 1989). Boshqa birlarida bo’lsa, inson gapini tugatib olishidan oldin unga javob berib bezovta qilish (manfiy) oddiy hol sanaladi. Sinfxonada, kutish vaqti nisbiy olganda bir sekundni tashkil qiladi; undan keyin o’qituvchi boshqa o’quvchiga yuzlanib boshqa savol beradi.Agar oquvchi bir sekunddan uzoq o’tib javob bersa u ikkilanganga o’xshab tuyuladi. Agar o’quvchi manfiy kutish vaqtiga moyil bo’lsa, u biroz qo’pol va hovliqma bo’lib ko’rinadi. 112 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 77. 210 ➢ Angliya madaniyati, savollar odatda biror ma’lumot olish uchun beriladi va savol so’rayotgan insonda haqiqattan ham so’ralgan ma’lumot yo’q bo’ladi. (Rogoff, 2003). Ko’plab sinfxonalarda, o’qituvchi odatda o’quvchilardan savol so’raydi va javobini o’qituvchi allaqachon bilgan bo’ladi, u shunchaki o’quvchi javobni biladimi yoki yo’q shuni tekshiradi (Macbeth, 2003). Savol: “2 + 2 nechchi bo’ladi?” misol bo’ladi.Agar o’quvchi bu tekshirilish maqsadni bilmasa chalg’ib ketishi yoki o’qituvchi chindan ham e’tiborsiz deb o’ylashi turgan gap. Bundanda yomonio’qituvchi xuddi o’quvchining bilmasligini boshqalarga oshkora qilib uni sharmanda qilayotganga o’xshaydi. 113 Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan tub darajada ham mohiyat, ham shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda qondirilishida o’z ifodasini topadi. Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi. Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan yashash muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi. Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar) yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish obyektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudotlarning ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, shartsiz reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi. 56-rasm Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullarini tashkil etadi. 113 David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 81-83b. 211 Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi. Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi. Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi, unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va bog’liq ekanligi inson faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi. 57-rasm 212 Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad bilan boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini mukammal tarzda ochib bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan. Yuqorida zikr etilgan tashqi va ichki faoliyatdan tashqari psixologiyada tarkib nuqtai nazaridan Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling