Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Ko’nikmalar
- doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, 
ko’nikma va malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham o’quv 
faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko’nikmalar va malakalar shaxsning 
muvaffaqiyatli o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar 
vositasida mustahkamlanadi.
Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak, uning shakllanish yo’llari 
quyidagicha bo’lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
tushuntirish yo‘li bilan; ko‘rsatish bilan 
tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
59-rasm  
114
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.pp: 77,78.


216
Hayotda ko’nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular 
bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni engillashtiradi va 
o’qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda 
muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyatni 
klassifikatsiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng 
tarqalgan usuli - bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik 
turlari bo’yicha tabaqalashdir. 
 
Muloqot 
- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan 
birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan 
biri - inson bo’lish, odamlarga o’xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, 
o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib 
chiqadi. Shaxs o’z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi 
va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa 
faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O’yin 
- shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy 
ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi 
murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari 
bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar xatti-
harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi. 
O’qish
faoliyati ham 
shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, 
uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Talabalarda o’qishga bo’lgan qiziqishni o’yg’otish va shakllantirish 
ta’lim olishga bo’lgan motivatsiyani kuchaytirishi ehtimoldan holi 
emas.Ma’ruzalarning boshlang’ich qismi neg muhim masala hisoblanib, 
talabalarni ishontiruvchi va ushbu ma’ruzani eshitishlari kerakligini 
ifodalaydi.  
Ma’ruzaning boshidayoq siz:  
➢ 
o’zingizdagi ishtiyoq va qiziqishni ko’rsata bilishingiz lozim;  
➢ 
tashkiliy masalalarga e’tibor qaratib, ma’ruza xonasini nazorat 
qilishingiz kerak;  
➢ 
taqdimot jihozlaridan foydalanishni yaxshi bilishingiz darkor. 
Birinchi daqiqadanoq ma’ruzachi:  
60 - rasm   

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling