Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

3.
 
Shaxs 

 
ijtimoiy 
munosabatlarning ob’ekti 
hamda sub’ekti sifatida.
 


221
➢ 
ijtimoiy institutlar – ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy 
o‘quv yurtlari va undan yuqori pog‘onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi 
maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir;
➢ 
muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri. Bu 
o‘rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan 
muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi.
Demokratik jamiyatda ijtimoiylashuvning ma’nosi odamning o‘z “Men”ini 
to‘la ifoda eta olishi, o‘z iqtidori, salohiyati va imkoniyatlarini o‘z kamoli va 
odamlar manfaatiga bo‘ysundira olishi bilan ifodalanadi. Totalitar tuzum esa 
aksincha, odamlarda mazoxizm (tobelikka ko‘nikish, ahloqan past ketishliklar), 
sadizm
(o‘zgalar ustidan cheksiz hukmron bo‘lishga intilish, odamlarni qo‘rqitish, ular 
ustidan zo‘ravonlikni namoyon etish), destruksiya (o‘z nochorligidan qutulish 
uchun butun dunyoga zarar keladigan harakatlarlardan jirkanmaslik), 
konformizm (o‘z “Men”idan voz kechib bo‘lsa ham o‘zgalar hukmiga itoat 
etishga o‘rganib qolish) kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
O’g’lim Mishel endi gapira boshlaganda va har narsaga qiziquvchan 
bo’lganida, men “bolalarning qanday o’rganishini” talabalarimga isbotlash 
uchun Mishelni ilmiy psixologiya darsiga olib kelishga qaror qildim. 
Topshiriqlarimning birida men uzun shisha idishdan keng likopchaga suv 
quydim. Men unga shishadagi suv miqdori bilan likopchadagi suv miqdori bir 
xil bo’lishini aytdim. U menga biroz g’alati boqdi, lekin nazarimda u dastlabki 
miqdor bir xil turganiga qarshi chiqolmagan edi.  
Biroq, darsning oxirigacha u o’zining fikrida turdi: qachonki likopchaga 
quyilgan suv shisha idishga quyilayotganiga taqqoslanar ekan, bu yerda oz suv 
bo’ladi dedi u.“ O’rganish” uchun ko’plab isbotlash!
117
61-rasm

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling