Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida
vujudga kelib, u o’zining 
psixologik alomatlari bilan xatti-harakatdan tafovutlanadi. Uning farqli 
alomatlari tavsifi yuzasidan maqsadga muvofiq mulohazalar yuritish ayni 
muddaodir.
1.
1.
 
Faoliyatning mazmuni to’la-to’kis uni yuzaga keltirgan tabiiy, 
biologik va ma’naviy ehtiyoj bilan shartlanmaganligi tufayli uning psixologik 
mexanizmi ham o’zgacha negizga qurilishi mumkin.
Mabodo ehtiyoj motiv (lotincha “motiv” turtki, harakatga keltiruvchi 
degan ma’noni anglatadi) sifatida faoliyatga ichki turtki berib, uni 
jadallashtirishga, faollashtirishga erishsa, u vaziyatda faoliyatning mazmuni
shakllari ijtimoiy shartsharoit, talablar, zaruriyat, tajriba kabilar bilan 
belgilanadi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, insonni mehnat qilishga 
undagan motiv moddiy ovqatga nisbatan ehtiyoj vujudga kelishi tufayli 
tug’ilishi hodisasi muayyan darajada uchrab turadi.
2.
2.
 
Faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixika narsa va 
hodisalarning xususiy obyektiv xossalarini aks ettirishi, qo’yilgan maqsadga 
erishish yo’l-yo’riqlarini aniqlab berishi joiz.
111
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.pp: 67.


208
3. 
Faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan 
harakatlarni ro’yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga 
muhtojligi yo’q faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalashi lozim. 
Shuning uchun faoliyat bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo’r berishsiz amalga 
oshishi amri mahol, chunki u har ikkala omil bilan uzviy aloqaga 
kirishganidagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi, xolos.
Psixologiya aql va ong ishtirokida amalga oshiriladigan harakatlarning 
quyidagi shakllarini o‘rganadi:
15-jadval  

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling