Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/257
Sana04.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1747942
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   257
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy psixologiya

Xarakter
- ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka 
va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik 
xulqatvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar 
yig`indisidir (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha 
shaxsning o`ziga xos bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter 
kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan ko`rish 
imkonini beradi.
Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonlari tug`ma bo`lishi mumkin, 
ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. U kishining hayot va faoliyat 
sharoitlariga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir.
Maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xususiyatlarini bartaraf 
qilish, ijobiy xarakter xususiyatlarini shakllantirish mumkin. Munosabatlarning 
xarakterdagi o`rni xususida V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentini 
ajaratadi:
2

Xarakter. Xarakter
 
tuzilishi va 
 
xususiyatlari
.
 


103
 
Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun kasb etgan 
munosabatlar bo`lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va 
xarakterimiz namoyon bo`ladi.
Xarakterda o`zlashtirilayotgan hayotiy timsollar shaxsning xulq-atvori va 
faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar sifatida tarkib topishni ta’minlovchi 
psixologik vositalar inson «Men»ining tavsig`lovchi poydevori hisoblanadi.
Psixologiya tarixida xarakterni inson bosh suyagining shakliga, yuz 
tuzilishiga, qaddi qomatiga (tana tuzilishiga va boshqalarga) bog‘liq qilib 
qo‘yadigan va shu yo‘l bilan xarakter xususiyatlarining sirini ochish yo‘lini 
aniqlash, ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab inson xarakterini ochish 
nazariyalari ko‘p bo‘lgan. Masalan, tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan 
o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so‘ngra esa uning xarakterini ana shu 
hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil, deb qarash kerak, degan fikrlar ilgari 
surilgan edi. Masalan, buqaniki singari yo‘g‘on burun ishyoqmaslikni bildiradi va 
h.k. Agar odamlarni shaxslarga ko‘ra yoki toifalarga ajratib, ularni alohida 
xususiyatini ta’riflab berolmasak ularni qanday tasvirlashimiz mumkin bo‘ladi?  
Olma bilan olib boriladigan tajribani misol qiladigan bo‘lsak, uni bir 
qancha o‘xshash jihatlarini sanab o‘tishimiz mumkin; katta yoki kichikligi, qizil 
yoki sariqligi, shirin yoki nordonligi bularga misol.  
Bu narsani odamlar misolida oladigan bo‘lsak bir vaqtning o‘zida 
shaxslarning turli xislatlarini ko‘rinishi natijasiga psixologlar inson xarakterining 
turli xilligini aks etishi deb qaraydilar.
52
  

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling