To`xtaluvchan tip
- bu toifadagilar me’yorida hamsuhbat, pismiq, aql
o`rgatuvchi, kamgapdirlar. Ular nizoli holatlarda faol, tashabbuskor bo`lib, tanlagan
faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga intiladilar. Ular o`ziga nisbatan o`ta
talabchan bo`lib, ijtimoiy adolatga xayrihoh, shuning bilan birga arazchi, hamda
qasoskor bo`ladilar. Ba’zida haddan ziyod o`ziga bino qo`ygan, to`g`riso`z, rashkchi,
yaqinlariga va qo`l ostidagi xodimlarga nisbatan o`ta talabchan bo`lib qoladilar.
Sinchkov (pedant) tip
- mojarolarga kam aralashib, xizmat doirasida o`zini
qattiqqo`ldek tutib, atrofdagilarga ko`p talablar qo`yadi. Shuningdek yetakchilikni
bajonidil boshqa odamlarga beradi. Ba’zida oila a’zolariga tartib borasida o`ta
talabchan. Uning ijobiy xislatlari: sofdil, tartibli, jiddiy, sadoqatli. Salbiy tomonlari:
rasmiyatchi, pismiq, qiziqqon.
Tashvishli tip
- bu toifadagilar past kirishimli, o`ziga nisbatan ishonchsiz
bo`ladilar. Ular nizolarga kam aralashadilar va bu holatda qo`llab-quvvatlovchi va
tayanch axtaradilar. Ular do`stlikni qadrlaydilar, o`z-o`ziga tanqid ko`zi bilan
qaraydilar, o`ziga topshirilgan vazifalarni so`zsiz bajaradilar, o`zining himoyasizligi
oqibatida ko`p hollarda hazil-xuzul uchun nishon bo`ladilar.
Jo`shqin (hayajonli) tip
- bu toifadagilar tor doirada saralangan odamlar bilan
aloqa qilishni afzal ko`radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashib,
xafachiliklarini ichlarida saqlaydilar. Ijobiy xislatlari: samimiylik, rahm-shafqatlilik,
o`zgalarning yutug`idan quvonadigan hamda bo`ysunuvchan. Salbiy tomonlari -
yig`loqi, o`ta hissiyotli, izzattalab.
Namoyishkorona tip
- tez muomalaga kirishuvchanlik, yetakchilikka
intiluvchanlik, ko`ngilchanlik, boshqalarga tez ko`nikuvchanlik xususiyatilari
mazkur tipga xosdir. Ularda xokimiyatni egallash hissi ustuvor bo`lib, maqtovni juda
yoqtiradilar. Bunday kishilar o`ziga ishonchliligi va o`ziga tortuvchanliklari bilan
atrofdagilarning g`ashiga tegib, mojarolarni o`zlari keltirib chiqaradilar va bu holatda
faol tarzda o`zlarini himoya qiladilar. Ularning ijobiy tomonlari - sabr-qanoatlilik,
artistlik qila oladigan, boshqalarni o`ziga qarata oladigan, to`g`riso`zligidir. Salbiy
tomonlari esa - xudbinlik, shaxsiyatparastlik, maqtanchoqlik, dangasalikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |