108
yaqinlariga bog`langan va ularga juda g`amxo`r. Ularda achinish hissi yuqori, yaxshi
didli, hissiyotlari yorqin va samimiy bo`ladi. Salbiy tomonlari - vahimachi, bir onlik
kayfiyatlarga yon bosuvchi.
Ekstraversiv tip
- o`ta kirishimli bo`lib, bunday odamlarning do`stlari va
tanishlari juda ko`p bo`ladi. Bunday odamlar ezmalik darajasigacha ko`p gapiradilar,
har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Bu toifadagilar
do`stlar
davrasida, ishda, oilada, ko`pincha yetakchilikda boshqalarga yon bosib,
boshqalarga bo`ysunishni va chetda turishni afzal ko`radilar. Ular o`zgalarni diqqat
bilan
eshitishga tayyorlik, so`rashgan narsani bajarish kabi ijobiy xislatlarga
egadirlar. Salbiy tomonlari: ta’sirga beriluvchan, engiltabiat, maishatga o`ch, ig`vo
va g`iybatlarni tarqatishda ishtirok etadilar.
Introversiv tipuning
boshqalardan
farqli tomoni shundaki, ular o`ta
iymanuvchan, haqiqiylikdan yiroqlashuvchan, o`z tuyg`ularini oshkor etishni
xohlamaslik, faylasuflik qilishga intilishlari bilan xarakterlidir.
Bunday odamlar
yolg`izlikni yoqtiradilar, atrofdagilar bilan kam nizoga borib,
qachonki ularning
shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan ixtilofga boradilar. Ularda
qat’iyatlilik
,
prinsipiallik kabi ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda qaysarlik,
fikrlashning torligi, o`z g`oyalarini o`ta qat’iyatlilik bilan
himoya qilish kabi salbiy
xislatlar mavjud. Ular har bir narsaga o`z nuqtai nazarlari bilan qaraydilar,
boshqalarning fikrlaridan o`z fikrlarini ustun qo`yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: