Boshqaruvda lider
asosan, guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqaradi.
U hech qachon yolg`iz bo`lmaydi, gurux a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi.
Chunki lider gurux a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari,
qiziqishlari va hokazolarini hammadan ham yaxshi biladi. Ular ichida eng
tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari ham alohida
o`rganilgan. Guruhda rahbarlik haqida fikr ketganda, avvalo, guruh haqida qisqacha
psixologik izoh berish lozim.
Boshqariluvchi ko’nikma va o’quvchining o’rganishi:
boshqariluvchi
ko’nikma javobiy ko’nikma singari insonlarda, o’quvchilarda yoki sinfxona
muhitida o’zining xususiyatlarini namoyon qila olishi hamda ushbu ko’nikmaga
tegishli bo’lgan jihatlarini ko’rsatishi haqida savol tug’iladi. Shu o’rinda javobi
oddiy bo’lishi mumkin. Boshqariluvchi ko’nikma o’quvchi o’rganishini to’laqonli
aks ettirmasa ham, jarayonning o’quvchi xulq-atvoridagi o’zgarishlariga to’g’ri
keluvchi natijalarini ko’ramiz (Alberto & Troutman, 2005).
108
Guruh
- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy
maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Guruhni alohida shaxslar tashkil
etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar
psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysunadi. Ayni shu
qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning
asosiy mezonidir. Shu guruhdagi rasmiy munosabatlarning boshqaruvchisi
rahbardir. Guruhda rahbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan
normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo`ladi. Bundan tashqari,
rahbar liderda yo`q bo`lgan rag`batlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z
xodimlariga tapsir o`tkazishi mumkin. Rahbar guruhda u yoki bu qarorlar va
ko`rsatmalarni o`z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko`plab rasmiy ko`rsatmalar,
rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo`ladi.
Guruhdagi o`zaro munosabatlar yuqoridan ‘astga yoki aksincha bo`lab, gurux
a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan buysunuvchilar o`rtasidagi
munosabatlarni o`z ichiga oladi. Bu borada
Do'stlaringiz bilan baham: |