Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Bilish jarayonlarining rivojlanishi


Download 73.34 Kb.
bet12/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

Bilish jarayonlarining rivojlanishi Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal
kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli halqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. Bog‘cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega boladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1) suratning mazmunini (sujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
2) suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;
3) tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak.
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz boladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Olyin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar. Respublikamizda B.R.Qodirov12 rahbarligida D.B.Hakimova tomonidan ≪5—7 yoshli bolalar bilish jarayonlarini rivojlanishining yosh va jins xususiyatlari≫ mavzusida tadqiqot olib borilgan1. D.B.Hakimovaning natijalariga kola, 5 yoshda psixologik belgilar kuchli namoyon boladi, bir xil psixik belgilar o‘g‘il bolalar va qizlarda turli yosh davrlarida, turli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi.
Atoqli rus psixologi L.S.Vigotskiy13 bu yoshdagi inqrozni 7 yosh inqirozi deb atagan va bola xulq-atvori hamda xarakteridagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib o‘tgan'. Bolaning xulq-atvorida bolalarcha bevositalik yo‘qoladi. Inqirozning belgilari sifatida jarohatlaydigan kechinmalardan himoya qilish funksiyasini bajaradigan qiyshanglash, qiliq qilish, masxarabozlik qilishda namoyon boladi. Maktabgacha yosh davrida bola o‘zini jismoniy alohida mustaqil individ sifatida anglashdan, o‘z hissiyotlari va kechinmalarini anglashgacha bolgan yolni bosib oladi. Bu hissiyotlar aniq faoliyat turi bilan bogliq. Bola o‘z hissiyotlari va kechinmalarini umumlashtirish asosida o‘z-o‘ziga munosabatda bola boshlaydi. Shu bilan birga uyda quyidagi xulq-atvorni namoyon etadi:
— bolaga gapirilgandan so‘ng javob reaksiyasi orasida tanaffusning paydo bolishi (≪o‘zini eshitmaganday tutishi≫, ≪yuz marta qaytarish kerak≫); — ota-ona tomonidan buyurilgan ishni bajarishda vaqtni cho‘zish;
— quloq solmaslik — odatiy ishlarni va burchlarini bajarishdan bosh tortish sifatida;
— ≪kichkina boladay≫ ko‘rinmaslik uchun o‘zining tashqi ko‘rinishi va kiyimiga qattiq e’tibor berish. Qaysarlik, talabchanlik, injiqlik, berilgan va’dani qayta-qayta eslatish, tanqidni ko‘tara olmaslik, maqtovni kutish kabi xulq-atvor shakllari ham kuzatiladi.
Inqirozning ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
— kattalar bilan muloqotga qiziqish, unga yangi mavzularni kiritish (siyosat, boshqa mamlakatlar va planetalardagi hayot, maktab haqida, axloqiy tamoyillar haqida);
— shaxsiy qaroriga ko‘ra o‘ziga ajratilgan majburiyatlarni bajarishda va sevimli mashg‘ulot (xobbi) bilan shug‘ullanishda mustaqillik. 7 yosh inqirozini yengishda bolaga ko‘rsatiladigan yordamning asosiy shakllari — bu talablari sababini asoslashga urinish; mustaqil faoliyatning yangi shakllarini amalga oshirishga harakat qilish, berilgan topshiriqni bajarish zarurligini eslatish, bu topshiriqni bolaning bajara olishiga ishonch bildirish.
Diffisil bolalar emotsional sohasi xususiyatlari esa L.V.Nazirova_14'>L.V.Nazirova14 ishlarida ko‘rinadi. Uning fikricha, kattalar tomonidan qollaniladigan nohaq jazolash, hujum, ayblov diffisil bolada salbiy affektiv kechinmalarni vujudga keltiradi1. Bu holatning doimiy takrorlanishi aqliy faoliyat jarayonidagi buzilishni determinatsiyalovchi emotsional zo‘riqish va xavotirlilikni keltirib chiqaradi. Yuqori xavotirlanish nerv tizimi ishini susaytirib, fikrlash faoliyati samaradorligining pasayishiga sabab boladi. Undan tashqari L.V.Nazirova diffisil bolalarda xavotirlanishning yuqori ko‘rsatkichlari, salbiy hissiy kechinmalar, himoyasizlik, o‘z-o‘ziga ishonchsizlik, adovat hislari mavjud bolishini ta’kidlaydi. Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat boladi. Bu davr nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar obrazi bolaning xatti-harakatlarini ma’lum tomonga yollaydi, bu esa bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik tuzilmalarning paydo bolishida asos hisoblanadi.


II Bob. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq funksiyasi va shakillarini rivojlanish xususiyati va nuqsonlarni bartaraf etish , bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish.

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling