Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Download 73.34 Kb.
bet9/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

Tilning asosiy funksiyalari:
1) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, bеrish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga kеladi;
2) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi;
3) til intеllеktual faoliyatning quroli sifatida xizmat qiladi (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yеchishni rеjalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam o‘zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’i nazar uni rеjalashtirib, buning yеchimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quro­li til hisoblanadi.Nutq faoliyati odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rеjalashtirish va amalga oshirish maqsa­dida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutqning o’sishi; Bolalar odatda, ikki yoshga o’tganida, o’rta hisobda o’n yeti- o’n sakkiz oylik bo’lganida faol nutqni egallay boshlaydi.
Bolalarning nutqi egallash vaqtichaga bo’lgan davrni va shu davrdagi o’sib borish vaqtini uning tili chiqmagan davri yoki til chiqmagan bosqich deb aytiladi. Bolaning o’sishidagi bu davr nutqni egallashga tayyorgarlik davri bo’ladi.
Tayyorgarlik davri: Bola nutqi o’sishining tayyorgarlik davrida uchta bosqich: chinqirish bosqichi (ingalash) , guvrash bosqichi , til chiqa boslash bosqich borligini ko’rish mumkin.


1.2 Maktabgacha tarbiya yoshi, o‘yin, yetakchi faoliyat, bilish jarayonlari, muloqot, asosiy psixologik yangiliklar, inqiroz umumiy tasnif.

Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil


18
faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Bunda bolada yetakchi faoliyatlardan biri o’yin faoliyati bo’lib bu jarayon haqida yuqorida qisqacha to’xtalib o’tgan edik.


O’yin faoliyatida bolaning psixik rivojlanishida o’yinchoqlarning ta’siri juda bo’lib bu borada ilmiy tadqiqotlar XX asriga kelib olib borildi . Bu yo‘nalishdagi birinchi tadqiqot ishlari nemis pedagogi Frebel8 tomonidan ilmiy ravishda o‘rganildi. Frebel o‘z tadqiqotlarida bolaning dunyoga kelgan birinchi kunlaridanoq bilish jarayon­larini rivojlantirish zarurligini, bolaning birinchi o‘yinchoqlari yumshoq o‘yinchoqlar bo‘lishi kerakligini aytadi. Bola qo‘lida ushlab tura oladigan yorqin, turli rangdagi yumshoq koptokchalar bolaning psixikasiga ijobiy ta’sirini aytib o‘tadi. Bolaning o‘z qo‘li bilan loydan yasalgan turli shakllari haqida: «Loydan narsalar yasab o‘ynash davomida ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tushu­nadilar… bu mashg‘ulotlar nafaqat bolaning fikrlash qobiliyatiga balki uning ruhiy dunyosiga ham ta’sir ko‘rsatadi…» deydi. XIX asrning oxiriga kelib rus pedagogi

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling