Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi


Download 73.34 Kb.
bet7/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi:
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida ularning nerv sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda katta rol o‘ynaydi. Bolalar nerv sistemalarining eng kuchli taraq­qiy etadigan davri 1 yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha og‘irligi 380–400 g kela­di. Bola bog‘cha yoshiga yetguncha uning miyasi g‘oyat tez rivojlanib, deyarli uch baravar ko‘payadi. Demak, bog‘cha yoshiga yet­gan bolalar miyasining og‘irligi 1100–1200 g ga yetadi.
Rus fiziologlari N.I. Krasnogorskiy va A.G. Ivanov-Smolenskiylar3 tomonidan ko‘plab o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, MTM yoshidagi bolalarning nerv sistemalari o‘z faoliyati jihati­dan hali qat’iy bir izga tushmagan, o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatining o‘zgaruvchanligi xususan ilk yoshda ravshan ko‘rinadi. Masalan, bu yoshdagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayoningdan ko‘pincha us­tunlik qiladi. Mana shuning uchun ham bu yoshda bolalar juda serharakat va o‘ta hayajonlanuvchan bo‘ladilar. MTM yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish jarayonining nisbatan ustun bo‘lishi tufayli muvaqqat bog‘lanishlar kattalarga qaraganda sekinlik bilan may­donga keladi. Shu sababli ularda muvaqqat bog‘lanishlarni yuza­ga keltirish takror-takror ta’sir etishni talab qiladi.
Biroq, shun­ga qaramay, hosil etilgan muvaqqat bog‘lanishlar juda yengillik bilan tormozlanib (o‘chib) qoladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida ularda paydo bo‘ladigan xilma-xil ehtiyoj va qiziqishlar juda katta ahamiyatga ega. Chunki, ehtiyoj va qiziqishlar bolalarni u yoki bu harakatga undovchi, ularni ishga soluvchi stimul (omil) hisoblanadi. Bog‘chagacha tarbiya ishidagi bolalar organik ehti­yojlardan tashqari ijtimoiy va intellektual ehtiyojlarning dastlab­ki kurtaklari yuzaga kela boshlaydi. Masalan, bog‘chagacha tar­biya yoshidagi bolalar hali yaxshi gapira olmasalar ham, haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladilar. Ular ko‘zlariga ko‘ringan har bir narsani qo‘llari bilan timirskilab ushlab ko‘rmagunlaricha tinib-tinchimaydilar. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda uchraydigan mana shunday qiziquvchanlik ularda intellektual ehtiyojlarning yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy intellektual va axloqiy ehtiyojlar yaqqol ko‘rina boshlaydi. Agar bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola uzoq vaqt davomida yolg‘iz o‘zi biron o‘yinchoq bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tira olsa, bog‘cha yoshidagi (xususan o‘rta va katta guruh bolalari) bola bunday yolg‘iz o‘ynashga toqat qi­la olmaydi. Ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va teng­doshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor oila doirasidagi munosabatlar bilan o‘z ehtiyojlarini qondira ol­may, kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Natijada bu yoshdagi bolalarning ijtimoiy munosabat va faoliyat doi­ralari tobora kengayib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar tabiatlariga xos bo‘lgan kuchli ehti­yojlardan yana biri har narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyojdir. Bolaning faoliyat doirasi kengaygan sari atrofidagi narsalarni bilishga qaratilgan ehtiyojlari ham orta boradi. Bunga sabab bolada turmush tajribasining ozligidir.
12
Har bir narsa bola uchun yangilik bo‘lib tuyiladi va, binobarin, bola uni har tomonlama bilib olishga intilaveradi. Shuning uchun ham ular juda ko‘p savollar beradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlari­da qiziqishning ham roli g‘oyat kattadir. Qiziqish, xuddi ehtiyoj kabi, bolani biron faoliyatga undovchi harakatga soluvchi omil­lardan biridir. Bog‘cha yoshidagi bolalar hamma narsalarga birdek qiziqavermaydilar. Ular ayrim narsalarga ko‘proq, boshqa bir narsalarga kamroq qiziqadilar. Lekin bolalarning qiziqishlari katta odamlardagi kabi bir narsaga nisbatan qat’iy hamda mus­tahkam bo‘lmay, bir narsadan ikkinchi bir narsaga tez-tez ko‘chib turadi, juda tarqoq va yuzaki bo‘ladi. Ular narsa va hodisalarning mohiyati yoki natijalariga emas, balki shu narsa va hodisalarning o‘zigagina qiziqadilar. Shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalarda O‘yinning bolalar psixik taraqqiyotidagi g‘oyat katta ahami­yatini nazarda tutib, mashhur pedagoglar va mutafakkir yozuvchilar o‘zlarining bu masalaga doir qimmatbaho fikrlarini yozib qoldirganlar. A.S. Makarenkoning4 fikricha, bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir. Katta odamlar uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin shunchalik ahamiyatga ega. «Yaxshi o‘yin faoliyati, – dey­di A.S. M akarenko, – yaxshi bajarilayotgan mehnatga o‘xshaydi. Mana shuning uchun bolalar o‘yin faoliyatida o‘zlarini qanday namoyon etsalar, katta bo‘lganlaridan so‘ng mehnat faoliyat­larida ham ko‘p jihatdan o‘zlarini shunday namoyon etadilar». A.S. Makarenkoning bu fikri bolalarning o‘yin faoliyatlari orqa­li ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqa­dar katta ekanligiga ahamiyat bilan qarashni taqozo etadi. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning shakliga, ya’ni ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan, ma’lum malaka, ko‘nikma hamda elementar tushun­chalarga ega bo‘lishi kerak. Bularga esa bola faqat o‘yin faoliyati tufayligina erishadi.
Chet el psixologlaridan J. Piaje va Koffkaning5 fikricha, bola­lar go‘yoki bir-biridan ajratilgan ikki xil dunyoda, ya’ni xayollar, afsonalar dunyosida va (real) voqeiy dunyoda yashaydilar. Bolalar o‘zlarining faoliyatlarida qanchalik xayolga berilib ketmasinlar, har doim voqeiy dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab turadilar. Buning haqiqatdan ham shunday ekanligini ularning o‘yin jarayonida o‘z xatti-harakatlariga «bunday bo‘ladi», «bun­day bo‘lmaydi» deb baho berib turishlaridan ko‘rish mumkin. Ular qanchalik o‘yinga berilmasinlar, voqeiy dunyoni hech qa­chon unutmaydilar va unga go‘yoki andaza tariqasida zimdan qarab turadilar.
Psixolog A.N. Leontyevning6 fikricha, bolalarning o‘yin faoli­yatlarida real voqelikdan chetga chiqib ketish darajasidagi af­sonaviylik yo‘q. Bolalar o‘yinlaridagi turli-tuman harakatlar va narsalar voqelikda haqiqatdan bor bo‘lgan real harakat hamda real narsalarning real obrazlaridir. Bola o‘zi yashab turgan real voqelik bilan bog‘liq bo‘lmagan xayoliy, afsonaviy o‘yinlar ya­ratishning hali uddasidan chiqa olmaydi. Chunki bola hali o‘zi bilmagan, ko‘rmagan, eshitmagan narsalarini o‘z o‘yin faoliyatida aks ettira olmaydi. U yoki bu o‘yinni o‘ynash uchun bolalar albatta elementar ravishda bo‘lsa ham hayotiy hodisalar ham­da mehnatning bir qancha turlari bilan tanish bo‘lishlari kerak. Demak, bolaning hayoti qanchalik mazmundor va yashash doirasi qanchalik keng bo‘lsa, uning o‘yinlari ham shunchalik xilma-xil bo‘ladi. Natijada bola zerikib, toliqib qolmaydi. Bola­lar hayotini mazmundor qilish ko‘p jihatdan tarbiyachilar ham­da ota-onalarga bog‘liq. Ota-onalar va tarbiyachilar bolalarni vaqti-vaqti bilan sayohatga olib chiqib turishlari maqsadga mu­vofiqdir.
Demak, bog‘cha yoshidagi bolalar o‘yinlari quyidagicha psixologik xususiyatlarga ega:
1) o‘yin mavzusining haddan tashqari sermazmunligi va boyligi;
2) bolalar o‘yin faoliyatlarida milliy tuyg‘uning aks etishi;
3) o‘yin jarayonida vatanparvarlik tuyg‘ularining namoyon bo‘lishidadir. O‘rta va katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘yinlari, o‘yinchoqlari, yasagan buyumlari milliy urf-odatlar, an’analarga asoslanganligi;
4) bolalar o‘yini jarayonida psixik jarayonlarining diqqati, sez­gi va idroki, xotirasi, tafakkur va nutqi, xayoli, his-tuyg‘u, irodasi, xarakteri va qobiliyatining namoyon bo‘lishidir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning turli-tuman o‘yin faoliyatlari sekin-astalik bilan ularni o‘qish faoliyatiga tayyorlaydi. Bola­larning o‘yin faoliyatlariga tarbiyachilar ta’lim elementlarini ki­ritadilar. Natijada bolalar o‘yin orqali juda ko‘p narsalarni bilib oladilar, ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlari orta boradi. De­mak, o‘yin faoliyati bolalarning har tomonlama rivojlanishlarida qudratli vositadir.
Kishilarning til vositasida o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayo­ni nutq deb ataladi. Nutq va tilni aynan bir narsa deb hisoblash yaramaydi. Nutq odam boshqa kishilar bilan munosabatda bo‘lish maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Har bir odam muoma­lani o‘zicha amalga oshiradi.Kishilar nutq yordamida o‘z zamondoshlariga muayyan vaqt­da nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar, balki insoniyat to‘plagan bilimlarining hamma boyligini avloddan av­lodga o‘tkazib beradilar ham. Bola nutqni egallab olgandan so‘ng o‘zi tugilgan jamiyat hayotida kishilar bilan munosabat­da bo‘ladi. Til milliy xarakterga ega ijtimoiy tarixiy hodisadir. Turli kishilarda jumla tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Agar bola biror sabablarga ko‘ra nutqni egallab olmasa, uning aqliy kamoloti juda past darajaga tushib qolgan bo‘lar edi. Yuqorida aytib o‘tilganidek tafakkur va nutq bir-biri bilan bog‘lanib ket­gan. Odam o‘ylayotganda odatda fikrlar jumlalar tarzida, ichki nutq deb ataluvchi nutq tarzida ifoda etiladi. Darhaqiqat, bir-ik­ki so‘zni ichingizda aytmasdan turib, biror narsa haqida so‘zlab ko‘ringchi, siz bunga erisha olmaysiz.
15



Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling