Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Download 73.34 Kb.
bet15/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

Tarbiyachining nutqi nutq talablariga rioya qilingan hol­da bo‘lishi kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmun­dorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi kerak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bun­day tarbiyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqi­shi va uning o‘zida ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bola­larga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda o‘zingiz ham qatnashgandek bo‘ling…». Lekin hamma tarbiyachilar ham obrazga kirib hikoya yoki ertakni aytib bera ol­maydilar. Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq biroz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab olishi qiyinroq kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma nutqdan iboratdir.
28
Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emot­sional ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqi­ni yaxshi o‘zlashtiradilar.
Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz ishonch hosil qiladi. Tarbiyachi o‘z fikrlarini haqchanligiga, bola­larni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib tura­di. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz ravish­da bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar xarakterga ega bo‘lib bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi.
Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, fikrlash jarayonining tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga, topqirligiga, kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir. O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrining obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy bo‘ladi. Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u ham ravshan, ham tushunarli bo‘ladi. Murakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon eti­ladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi.
Ammo fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. Nutqning juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, hodisalarni ko‘p keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bayon etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va umumlashtirishlar aniq bo‘lsa, tarbiyachining bayoni tushu­narli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. Tarbiyachi nutqining sodda bo‘lishini unior mazmunga aylantirib yubormasligi kerak. U yetarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning murakkablashib ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish kerak.
Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining yo­qimliligi (uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash ustida ishlash har bir pedagog uchun juda muhimdir. Tarbiya­chining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ovozini goh
29
baland, goh past qilib gapirish im­koniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyachining baland ovozi bolalarni asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiya­chi sinfdagi shovqinni ham eshita olmaydi. Juda past ovoz bi­lan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi eshitilmaydi. Eng yax­shi pedagoglarning tajribasi mavzuni o‘tishda bolalarning bilim darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining mazmuniga, tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan vazifaga, ishning boshqa sha­roitlariga qarab nutqning biror shaklidan maqsadga muvofiq foy­dalanish lozimligini ko‘rsatadi Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bilan chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida o‘ylashga, uni emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir.

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling