Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talablar


Download 73.34 Kb.
bet16/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talablar:
Tarbiyachi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:
1. Mashg‘ulotga puxta tayyorlanish; mavzuga taalluqli bevosi­ta voki boshqa muhim va qiziqarli materiallarni to‘plashi lozim. Ayniqsa endi ish boshlagan yosh tarbiyachining eshituvchilar oldidagi qo‘rqishi uning mashg‘ulotni o‘tkazishiga juda xalal beradi, nutq muvaffaqiyatsiz chiqadi. So‘zlash oldidan hayajonlanmaslik uchun, o‘zingga ishongan bo‘lishing kerak, bu esa mashg‘ulotga puxta tayyorlanishga bo‘g‘liq. Tarbiyachi mashg‘ulotga qancha­lik yaxshi tayyorlansa, u so‘zlashda shunchalik kam hayajonlana­di. Hech kimga oldindan ma’lum bo‘lmagan mehnat notiq ishonchining garovidir. Bu ishonch o‘sha soatda, nutq vaqtida, notiq nima bo‘lishini va yana nima aytishini o‘zi his qilgandagina pay­do bo‘ladi.
2. Ovozni o‘zgartirish – fikrga bog‘lab uni ko‘tarish va pasaytirish lozim. Bolalarning yoshiga mos ravishda erkalash ohanglari­dan foydalanish lozim. Uning ovozi va intonatsiyasi diqqatni o‘ziga tortadi. Ba’zan ovozni ancha «pastlatish» kerak, pauza qilib baland ovozdan past ovozga o‘tiladi.
3. Gapirayotganda qo‘l va gavdani harakatlantirish nutqni jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Haddan tashqari ko‘p harakatlar yoki u yoq-bu yoqqa yuraverish ham diqqatni chalg‘itadi.

30
Eshituvchilarning ayrim guruhiga tikilib gapirish ham foydali. Bu bilan eshituvchilar diqqati tortila­di va notiqda muhabbat paydo bo‘ladi. U yaqqol ko‘rinishi, «yuzi, tili bilan gapirishi», ya’ni mimikadan unumli foydalanishi kerak.


4. Nutq shakli oddiy, tushunarli bo‘lsin. Ko‘gazmali taqqoslash, o‘xshatish, ifodalilik ham yaxshi ta’sir etadi.
5. Eshituvchilar diqqatini bo‘shashtirmasdan, hatto uni os­hirish ham zarur.
6. Ortiqcha (sheva va «shunday qilib», «demak», «ana», «anaqa» va shu kabi) mazmunsiz so‘zlarni ishlatmaslik, qisqa ga­pirish karak.
7. Nutqni uzmay gapirish bu notiqning keraksiz ortiqcha gaplarga to‘xtalmasdan, nutqning yangi qismiga o‘tishidir.
8. Qisqa chekinishlar ham qilish mumkin, bunday chekinish­lar yengil, hatto komik xarakterda bo‘lishi va ayni vaqtda nutqning ana shu joyiga tegishli mazmun bilan bog‘lanishi lozim.
9. Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilan bog‘lash lozim.
Shunday qilib, tarbiyachi nutqining boyligi bolalar bilan mu­nosabatga kirishishni, ya’ni «bola tili»ni bilish hamda tarbiya­chining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Buning natijasida u bolalarda zarur his-tuyg‘u hosil qiladi va shu bilan birga ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, jonli fikr uyg‘otadi va emotsional o‘lchovda, ishonarli hamda tushunarli, yorqin gapirishni o‘zlashtirishiga yordam beradi.
D.B.Elkonin rahbarligida nutqning rivojlanishi va bog'cha davrida o'yinning etakchi faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqiqotlardan olingan natijalar bolalar uchun ta'lim va tarbiya dasturlarini tuzishda asos bolib xizmat qildi.

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling