Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq funksiyasi va shakillarini rivojlanish xususiyati


Download 73.34 Kb.
bet13/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

2.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq funksiyasi va shakillarini rivojlanish xususiyati.
Bolalarda nutqning rivojlanishi: Bola bog‘cha yoshiga yetgach, so‘z boyligining ancha ortishi bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlata boshlaydi, so‘z zaxirasi juda tez ortadi.
Bu yoshda bolaning nutqi faqat miqdor jihatdangina ortib bor­may balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan: ilk yoshdagi bolalar ancha so‘z boyligiga ega bo‘lishlariga qaramay ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etadilar. Bundan tashqari, bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z ona tillarining grammatik tuzilishi­ni amaliy tarzda o‘zlashtira boshlaydilar.
So‘z boyliklari miqdor jihatidan bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida bir xil bo‘lmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z zaxirasining miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oilaning madaniyatiga, ma’naviyatiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa bola nutqining o‘sishi bilan mutlaqo shug‘ullanmaydilar. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z zaxirasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar ilk yoshdagi bolalarning nutqi asosan ular ayni shu chog‘da idrok qilib turgan narsalar va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bog‘cha yoshidagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan narsalardan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda xayoliy narsalar bi­lan ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bolalar katta kishilar aytib yoki o‘qib bergan ertaklarni izchil ravishda qayta aytib bera oladilar. Bu yoshda bolalar nutqni juda tez egallaydilar. Shuning uchun ular o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham faqat og‘zaki tarzda o‘zlashtiradilar.

26
Bolalarning o‘z ona tillari gram­matikasining ayrim tomonlarini o‘zlashtirishlari maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan batamom farq qiladi.






Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling