Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologika yo’nalishi 55-18 guruh talabasi abdulakimova hulkar


Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot va nutqida nuqsoni bor bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish


Download 73.34 Kb.
bet17/19
Sana09.04.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1347207
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
hulkar kurs ishi

2.2 Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot va nutqida nuqsoni bor bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish.
Shu qatorda maktabgacham tarbiya yoshidagi bolalrda ijtimoiy tuzumning o’zgarishi yani bog’chada o’z tegdoshlari bilan o’zaro munosabatda bo’lishi ular bilan muloqatga kirishish chog’ida ham bolalaning o’z lug’atida yangi so’zlarning
31
paydo bo’lishi va munosabatning yaxshilanishi kabi xolatlar namoyon bo’la boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga kola, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin:

  • birinchi davr — bu 3—4 yosh oraliglda bolib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bogliqdir;

  • ikkinchi davr — bu 4—5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish;

  • uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.

Maktabgacha yosh davridagi bolalarning kattalar bilan muloqoti ularda nutqning rivojlanishi hisobiga chuqurlashadi. М.I.Lisina15 maktabgacha yoshdagi bolani kattalar bilan muloqotining vaziyatdan tashqari xarakterini ta’kidlab, uning 2 shaklini ko'rsatgan1. Bola 3—4 yoshga to‘lganida hamkorlik o‘rniga muloqotning bilish shakli shakllanadi. Vaziyatdan tashqari bilish muloqoti shakllanadi. Muloqotning bu shaklida yetakchi motiv — bilishdir. Bunda kattalar bilan hamkorlik qilib tevarak-atrof bilan tanishadi, kattalar bilan ≪nazariy hamkorlik≫ jarayoni amalga oshadi. Bola hayvonlar, narsalar, planetalar, nimadan yasalganligi
haqida juda ko‘p ≪Nima uchun?≫ degan savollar beradi. Kattalar bola tomonidan bilim manbayi sifatida idrok qilinadi, savollariga va o'ziga jiddiy munosabatda bo'lishni, hurmatni talab qiladi. Bu ehtiyojning muhimligi shundaki, bu yoshdagi bolalarga xos bo'lgan tez xafa bo'luvchanlikda namoyon bo'ladi. Bola 6—7 yoshga to'lganda muloqotning oliy shakli — vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqotga o'tiladi. Bunda bola kattalarga oila haqida, qayerda ishlashi, nima ish qilishi haqida savollar
bera boshlaydi. Endi kattalar bola uchun ijtimoiy bilish manbayi sifatida namoyon bo'ladi. Bolaning kattalar bilan muloqoti hamdardlik, o'zaro bir-birini tushunish, qarashlarning umumiyligiga intilish kabilar bilan chuqurlashadi. Uch yoshda bolada tengdoshlari bilan muloqotda emotsiyalar, ifodali qarashlardan foydalanadi. 3—4 yoshli bola uchun tengdoshi birgalikdagi amaliy faoliyatning ishtirokchisiga
aylanadi, uning individual xarakterologik xislatlarini sherigi payqamaydi. 4 yoshda tengdoshi muloqot sherigiga aylanadi. 4—5 yoshda sherigini o'zi bilan teng mavjudot sifatida ko'rib o'zini u bilan taqqoslaydi. 5—7 yoshga kelib tengdoshi bolaning ko'z o'ngida individuallikka aylanadi, u bola uchun muhim suhbatdoshga aylanadi, muloqotning ko'pchilik ko'rsatkichlari bo'yicha kattalardan o'zib ketadi. Bola o'zini va tengdoshini bir butun shaxs sifatida idrok qiladi, unga shaxsiy munosabat bildiradi. S.A.Axundjanova16 tomonidan ≪Maktabgacha yoshdagi bolaning turli muloqot vaziyatlarida nutqi funksiyalari va shakllari xususiyatlari≫ mavzuidagi tadqiqotida aniqlanishicha, bu yoshdavrida nutq shakllarining rivojlanishida sujetli-rolli o‘yinlar jarayonida muloqot bilan birgalikda tengdoshlari bilan mahsuldor faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi1. Bunday faoliyat turlari maqsadga yo‘nalganligi, ma’lum darajada ixtiyoriylikni talab qiladi. Bajarilayotgan harakatlarning mazmunini va harakat predmeti tavsifini nutqda mos aks ettirish uni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblanadi. E.Z.Usmanova rahbarligida B.B.Nurullayeva tomonidan ≪Maktabgacha yoshdagi bolalarni tafakkurini modellashtirish faoliyatining tengqurlar bilan muloqotda rivojlanishi≫ mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilgan. B.B.Nurullayevaning tadqiqotida aniqlanishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning modellashtiruvchi faoliyati bu yosh davri uchun xos bo‘lgan faoliyat bo‘lib, unda bolalarning intellektual imkoniyatlari to‘liq namoyon boladi. Bu yosh davrida tengdoshlari bilan muloqot tafakkurning modellashtiruvchi faoliyatini o‘zlashtirishning asosiy shartidir. Modellashtirish vazifalarini birgalikda hal qilish tashqi predmetli faoliyatning ichki rejaga o‘tishiga imkon tug‘diradi. Bola tengdoshini modellashtirishga o‘rgatib, ushbu faoliyatni egallashning sifat jihatidan yangi darajasiga o‘tadi, diadada o‘zaro ta’sir qilish sheriklarning o‘zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi davrga kelib yurtimizda psixologiya fani bilan bir qatorda korreksion pedagogika ham rivojlanib bormoqda .
So'nggi 40 yil mobaynida fiziologlar (P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn) hamda psixologlar (A.R.Luriya, A.N.Leontyev, E.o‘oziyev, D.N.Uznadze, AQSHda Dj.Miller17 va boshqalar) olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma’lum bo'lishicha, nutq faoliyatining fiziologik asosini bunday tushunish uni butunlay ochib berib, talqin qilish uchun yetarii emas. P.K.Anoxin tadqiqotlaridan olingan ma’lumotlar nuqtai nazaridan qaraganda, nutq faoliyatining fiziologik asosini ixtisoslashgan flinksional sistema yoki, aniqroq aytganda, bir necha funksional sistemalardan iborat murakkab uyushma tashkil etadi, bu funksional sistemalardan ayrimlari nutq uchun ixtisoslashgan sistema bo'lsa, boshqalari o‘zga faoliyatlari uchun ham xizmat qilaveradi. Funksional sistemalarning bunday uyushmalari ko‘p tomonlama va ko‘p darajalidir. Nutq jarayonini ta’minlashda “stimulreaksiya” tipidagi juda sodda fiziologik mexanizmlar ham, nutq faoliyatining yuksak shakllari, masalan, ichdan programmalashtirib, nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning har xil darajasidagi maxsus mexanizmlari ham qatnashadi. Ma’lumki nutq har xil darajadagi sistemalar bilan awalo eshituv analizatorinmg funksiyasi bilan mahkam bog'langan. Bola so'zlami, o'ziga qaratilgan nutqm eshitadigan bo'lgani uchun ham, garchi ularning ma’nosini tushunmasa-da, unda eslab qoiish qobiliyati - asta-sekin rivojlanib borib,keyinchalik ayrim so'zlami oson takrorlay oladigan va hatto oddiy jumlalami tuza oladigan bo'lib qoladi. Modomiki, shunday ekan, nutq funksiyasining rivojianishida eshituv analizatorining ahamiyati katta. I.P.PavIov.

Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos –soz, padeo - tarbiyalash, o'rgatish degan ma’noni anglatadi) - pedagogik fanlardan biri bolib, nutq kamchiliklari va ulaming sabablarini o'rganish, shuningdek, bularning


oldini olish, boriarini bartaraf etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish masalalari bilan shug'ullanadi. Logoped o'z oldiga qo'ygan maqsad - vazifani hal etishda тилшунослик, lingvistik
fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish ko'radi. Logopediya maxsus pedagogika - korreksion pedagogika fanining bir sohasidir. Logoped ham boshqa fan o'qituvchilari kabikabita’lim ва tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qo'llay olishi kerak. Ma’lumki, nutq murakkab funksional sistemani уз ichiga oluvchi jarayondir.Bu sistemaning har bir tarkibiy кисми qismi qismlari bilan mahkam bog'langan. R.YE.Levina va shogirdlari L.S.Vigotskiyning18 nutq va tafakkur haqidagi ma’lumotiga asoslanib turib, nutqni uch tarkibiy qismga bo'lib; fonetiko-фонематик, leksik va grammatik nutqqa ajratib o'rganishni tavsiya etadi. Ana shu uchchala qism kishining yaxlit nutq sistemasini tashkil. Nutqida kamchiligi bo'lmagan va kamchiligi bo'lgan bolalarda nutq sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetikofonematik qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq ma’romi, sur’ati, rovonligidan, shuningdek idrok qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik qismlari tilning lug'at boyligi va grammatik qurilishini o'z ichiga oladi. Nutq sistemasida leksik qism yetakchi o'rinni egallaydi. Bola nutqida so'zlar soni kam, ya’ni nutqning leksik qismi rivojlanmagan bo'lsa, fonetiko-fonematik, grammatik qismlarida ham, ma’lum kamchiliklar yuzaga keladi, butun nutq sistemasida yetishmovchiliklar kuzatiladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan tovushlarni noto'g'ri talaffuz etish tufayli so'zlar leksikaning o'zgarishi, nutqning grammatik tuzumiga ta’sir etadi. Sistemalilik prinsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish yo'llari, usullami to'g'ri belgilashga yordam beradi. Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish
yo'Iini, uning rivojlanishini tahlil qilishni ko'zda tutadi. Bunda kamchilikning kelib chiqish sababalarini rivojlanish jarayonida qanday o'zgarishlar natijasi ekanligini ko'rsatish - asosiy vazifadir. Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy ta’sir ko'rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og'ir ruhiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Masalan, ayrim so'zlaming noto'g'ri talaffliz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qo'yishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala qilishida qiynab qo'yadi, u gapirganda o'z fikrini to'la anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining og'ir turiari (alaliya, rinolaliya, tutilib gapirsh va
boshqalar) maktab dasturini o'zlashtirishga, keyinchalik, kasb tanlashga, ba’zan, umuman o'qishga to'sqinlik qiladi, bilish faoliyati rivojlanishini susaytiradi, ba’zilarida intellektual yetishmovchiliklar joizaga kelishiga sabab bo'ladi. Shu nuqtai nazarda, nutqdagi kamchiliklami boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog'langan holda o'rganish prinsipiga amal qilish nihoyatda zarur. o'tkazishi natijasida paydo bo'ladi. Logopedik ishning samarodorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, turlarini to'g'ri aniqlashga bog'liqdir. Bu o'rinda ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplami ahamiyati katta. Nutq kamchiliklarini o'rganish, aniqlash, ulami bartaraf etishda logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi. Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos xususiyatlarni hisobga olish, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirish, ta’limning o'quvchilarga xos bo'lishi, ta’lim va tarbiyaning biriigi prinsipiga amal qilish, onglilik, aktivlik va mustaqillik kabi prinsiplarning ahamiyati ayniqsa katta. Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. O.V.Pravdina19 o‘zining ≪Logopediya≫ kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha harakterlagan:
1. Nutq nuqsoni o’z – o’zidan barham topmaydi, baiki vaqt o‘tgan sari yanada mustahkamlanib, zo'rayib boradi.
2. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi.
3. Nutqiy nuqsonlari bo'lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj boiadi.
4. Og'ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy rivojianishiga ham salbiy ta’sir ko'rsatadi.

37
XULOSA


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning nutq funksiyasi va shakillanish xususiyatlari va rivojlanishi doirasidagi kurs ishimning asosiysi xulosaviy o’rni shundakiy . Shaxsning ijtimoiy hayotda shaxslaraor munosabatida shaxsning nutqi , so’z boyligi, shaxslararo o’zaro samiymi munosabatda bo’lishi . Shaxsning nutqiga talfuzining to’g’riligiga , ravonligiga katta e’tibor beriladi . Nutqdagi kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish uning shakillanish jarayonida to’g’ri rivojlanib borishiga katta e’tibor bermoqlik lozim va kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etib bormoqlik lozim. Mashhur Rus psixologi I.Pavlov aytganidek “ Ammo so’zlar , voqelikning odamga xos bo’lgan ikkinchi , maxsus signal sistemasini tashkil etadi”
So’z bevosita narsa va hodisalardan olingan signallarning o’rnini bosadi , shuning uchun ham, Pavlov uni (so’zni) siginallarning siginali deb atadi. Voqelikning odamga xos bo’lgan ikkinchi maxsus siginali nutq deb bejizga ta’riflamagan edi I.Pavlov . Uning nazariyasi insoning sotsium hayotdagi o’rni va shu jamyatning rivojlanishiga o’z xisasini qo’shishda uninig tarbiyasi , madaniyati o’zaro insonlar bilan munosabati katta hisoblanadi . Bu jarayonda ham insoning nutqi , so’z boyligi katta ahamyat kasb etib qoladi . Buning uchun biz ota – onalar ,pedagoglar , psixologlar bolalarning dastlabkiy rivojlanish bosqichdan boshlab unga to’g’ri yo’nalish , tarbiya , ta’lim , madaniy va ma’rifiy yordam beribbormoqligimiz lozim.
Xalqimizda bir naqil bor kasalni istimasini yashirgandan ko’ra uni oldini olmoqlik darkoor deb bejizga aytilmagan . Nutqdagi nuqsonlar bartaraf etish uchun maxsus psixologiya va pedagogikaning tarkibiga kiruvchi logopediya yo’nalishi mavjud bo’lib bu yonalishda nutqning ravon vas sof chiqishida yordam beruvchi metodik tavsiyalar , takliflar mavjud . Yurt boshimiz tomonidan yaratilgan keng imkoniyatlarning samarasi o’laroq hozirda respublikamizda maxsus pedagogika va psixologiya kurslari ularga ta’lim beruvchi profesir ustozlar mavjudligi ham . Bu soxaning yanada rivojlanayotganidan dalolat berib turmoqda .
Shunday qilib, asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutq bola psixikasining taraqqiyotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘chada va oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan
38
ta’lim-tarbiya va xususan, bog‘chada ona tilidan o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nut­qini normal o‘stirish mumkin. Bola bog‘cha yoshining oxir­gi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma turlaridan er­kin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining bundan keyingi taraqqiyoti maktabda, o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.Bunda bolaning nutqini rivojlantirishda bog’chadagi tarbiyaching nutq qobiliyati alohida o’rin egallaydi. Keyingi jarayonda bolaning nutqi maktab pedagoglari tomonidan tur hil mashg’ulotlar orqaliy o’stirilib boriladi.Eng asosiy va katta rolni tarbiyachining nutq o’stirish jarayonidagi nutq estetikasi bajaradi. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmun­dorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi kerak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bun­day tarbiyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqi­shi va uning o‘zida ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bola­larga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda o‘zingiz ham qatnashgandek bo‘ling…». Lekin hamma tarbiyachilar ham obrazga kirib hikoya yoki ertakni aytib bera ol­maydilar. Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq biroz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab olishi qiyinroq kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma nutqdan iboratdir.Bundan ko’rinib turibdikiy bolaning nutqini rivojlantirishda turli hil ertak , hikoyalardan unumliy foydalanmoqlik kerak. Ota – onalar ham o’z farzandlarga uylarida ko’proq ertak va hikoyalar o’qib bermoqligi shart va lozim . Bolalarning xayolida so’zlar orqaliy o’sha ertak , hikoyadagi qaxramonlarni gavdalantirmoqlik lozim . Bunda bolaning tafakkur , tasavuri ham rivojlaninb boradi . Yana bir eslatmani aytib o’tsam bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonida ularga to’g’ri so’lashni to’g’ri gapirishni o’rgatib borish lozim .
39
Bizing ustozimiz dot.set. M Xolnazarova aytganlaridek har bir buyum , narsa , hodisalarni bolalarga to’g’ri tushuntirish bilan birgalikda ularning talafusz qilishini ham nazorat qilib bormoqlik lozim . Xulosam shundan iboratkiy har bir pedagog , tarbiyachi , ota – onalar bolalarning nutqini rivojlantirishda katta rolni ijro etadilar va befarq bo’lmagan xolda qatnashishlari lozim . Nutqni rivojlantirish jarayoni uchun profesirlar tomonidna turli hil metodlar ishlab chiqilgan .



Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling