Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


-mavzu.Kognitiv qobiliyatlar psixodiagnostikasi


Download 1.05 Mb.
bet23/43
Sana03.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1744532
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
umumiy psixodiagnostika

7-mavzu.Kognitiv qobiliyatlar psixodiagnostikasi
Reja:
1 .Bilish jarayonlariga umumiy tavsif.
2.Diqqat va sensomotor reaktsiyalar psixodiagnostikasi.
3.Xotira va mnemik faoliyat diagnostikasi.
4. Intellekt diagnostikasi.
Tayaach tushunchalar: Diqqat, intellekt, divergent tafakkur, konvergent tafakkur, ijtimoiy intellekt, emotsional intellekt, intellekt testlari, intellektual koeffitsyent. Bilish jarayonlari yoki psixik jarayonlar yordamida shaxsning bilish faoliyati amalga oshiriladi. Psixik jarayonlar obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalar hamda ularning xususiyarlarini bilish imkonini beradi. Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat,
tafakkur, nutq va boshqalardir. Sezgilar o‘zlariga adekvat (mos) bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanmish bilish jarayonlaridir.
Qo‘zg‘atuvchi sezgi asosida ta’sir qilishi bilan darhol sezgi hosil boimaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlari uchun har xil fursatda kechadi. Masalan,
taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisekund, og‘riq sezgilari uchun esa 370 millisekundga to‘g‘ri keladi, maza-ta’m sezgisi esa til yuzasiga ta'sir etilgandan so‘ng 50 millisekundgacha vaqt oraligida hosil boiadi.Sezgilarni oichashni asosan ikki metodi psixologiya fanida hukm surib keladi. Ulardan biri bevosita metod deb atalib subyektiv
ravishda baholashga asoslanadi. Oichashning ikkinchi metodi esa alomatlami obyektiv ravishda baholashga asoslangan boUb sezgilaming bilvosita (bevosita) mavjudligiga qaratilgandir. Bevosita metod yoki qo‘zg‘atuvchining so‘z bilan baholash metodi quyidagicha tuzilishga egadir: sinaluvchiga teri, tovush, yorugiik ta’sir qila oladigan qo‘zg‘atuvchi havola qilinadi, dastavval qo‘zg‘atuvchi minimal intensivlikka (jadallikka) ega boiadi, so‘ng ularning kuchi orttirib boriladi. Mazkur tadbirlan keyin sinaluvchi “u qaysi bir sezgi qo‘zg‘atuvehisining dastlab sezganligiga” javob berishi so‘raladi. Teri sezgirligini oichash uchun maxsus asbob “esteziometr” qoilaniladi. Eshitish sezgirligini oichash audiometr yordamida amalga oshiriiib, tovushlarning turli darajalaridagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir shami har xil balandlikdan
tashlab ko‘rish orqali ham yuqoridagi maqsad amaiga oshiriladi. Ko‘rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko‘ziga yorugiikning turli tuman intensivlikda yuborish orqali (goho qorongilikda), quyidan yuqoriga yorugiik birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi.
Ta’m va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida oichanadi, goho kimyoviy usul ham qoilaniladi. Bevosita metodi obyektiv alomatlarga asoslanib ish yuritishni taqozo etadi. Sobiq sovet psixologlari, psixofiziologlari G.V.Gershuni, E.N.Sokolov, O.S.Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida ko‘p yillar mobaynida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Maiumki, sezgilar hech mahal sust bilish jarayoni boimagan binobarin, ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish jarayonlari o‘zgarib boradi, shuning uchun o‘z tabiati bilan reflektor jarayondir. Sezgilardagi reflektor o‘zgarishlar ularning obyektiv ravishda yuz berayotganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Masalan, sezgilami hosil qiliuvchi har qanday qo‘zg‘atuvchi reflektor jarayonlami ham vujudga keltirishga qodir: qon tomirlarining torayishi, teri galvanik refleks (teri elektr qarhshiligining kamayishi), miyaning elektr aktivligi
chastotasining o‘zgarishi (alfa, ritma, depressiyasi holati) qo‘zg‘atuvchiga qarab ko‘zning yo‘nalishi, bo‘yin muskullarining taranglashuvi va boshqalar. Mana bu narsalaming barchasi sezgilaming paydo boiishini obyektiv ko‘rsatkichi boiib hisoblanadi. Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchiga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir etilsa, ya’ni subyektga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir etilsa, u holda subyektda hech qanday sezgi hosil boimaydi, shuningdek, sanab o‘tilgan reflektorlarda ham o‘zgarish yuz bermaydi. Qon tomir yolci elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo‘zg'atuvchi ta’sirida ham aniq namoyon boiishi mumkin, aksincha sezish jarayoni esa amalga oshmaydi. Bu holatni elektroensefalografik reaksiyalar tasdiqlaydi. Tovush qo‘zg‘atuvchiga kelib chiqqan holda G.V.Gershuni inson subsensor diapazonga ega degan ilmiy g‘oyani o!g‘a suradi. Bu narsa anglashiniimagan fiziologik reaksiyalar, sezib bo;lmas qo‘zg‘atuvchiiarga asoslanadi. Diqqai - bu inson ongining biror obyektga yo‘naltirilishi va to‘piamshidir.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling