Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


Download 1.05 Mb.
bet21/43
Sana03.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1744532
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
umumiy psixodiagnostika

Standartlashtirish tnuammosi. Diagnostik metodika har qanday tadqiqotchilik metodlaridan standartlashtirilganligi bilan farq qiladi. A.Anastazinning ta’kidlashicha. standartlashtirish — testni o'tkazish protsedurasi va uni baholashning bir xilligi. Demak,
standartlashtirish ikki xil jihatdan qaralishi mumlcin:
1. Eksperiment o‘tkazish protsedurasiga nisbatan yagona talablami ishlab chiqish.
2.Diagnostik tekshiruv natijalarini baholashning yagona
talablarini aniqlash.
Eksperimentni o‘tkazish jarayoniga bir qator talabiar qo‘yiladi (ko‘rsatma barcha sinaluvchilarga bir xilda berish; bironta sinaluvchilarga ham hech qanday imtiyozlar bermaslik; qo‘shimcha ko‘rsatmalar, tushuntirishlar qilmaslik; agar ikkita guruhda
eksperiment o'tkazilayotgan boisa imkon darajada bir xil sharoitlar yaratish va kunning bir xil paytida o ‘tkazish; vaqt chegaralari barcha sinaluvchilar uchun bir xilda boiishi).
Tadqiqot natijalari aniqligini pasaytiruvchi omiliar
Tadqiqot o‘tkazilishi va xulosalar chiqarish rejalashtirilayotgan ko‘p sonli kishilar majmuyi sinaluvchilar bosh majmuyi deyiladi. Tanlanma - bu sinaluvchilar bosh majmyining bir qismi yoki boiagi. Tadqiqot populyatsiyada emas, tanlab olingan kishilar guruhida o'tkaziladi. Tekshiruv standartlashtirish tanlanmasida o‘tkazilib, uning natijalari asosida xulosalar bosh majmuiga nisbatan ham chiqariladi. Baholash ishonarli boiishi uchun tanlanma reprezentativ boiishi, ya’ni uning xususiyatlari bosh majmua
xususiyatlariga o‘xshash yoki yaqin boiishi kerak. Masalan, A.Anastazi, Veksler shkalasi standartlashtirilayotganda reprezentativ tanlanmani shakllantirishni misol keltiradi. Tanlanma 1700 kishidan iborat boiib, unda ayollar va erkaklar soni teng. 16 yoshdan 64 yoshgacha boigan sinaluvchilar 7ta yosh darajasiga ko‘ra taqsimlangan (bunda geografik hududlarga, qishloq va shaharga mansubligiga ko'ra, oq va qora tanliligiga ko‘ra, maiumotlilik darajasi va kasbiga ko‘ra AQSh oxirgi aholini qayd
etish maiumotlariga ko‘ra proportsional taqsimlanish hisobga olingan. Har bir yosh darajasi bo‘yicha tanlanmaga aqli zaiflar muassasalaridan bir ayol va bir erkak qo‘shilgan. Reprezentativlikni ta’minlash yoilaridan biri – populyatsiyani chegaralash hisoblanadi.Masalan, 15 yoshlilar emas, 15 yoshli maktab o‘quvchilari. Populyatsiyani chegaralash quyidagi belgilar asosida amalga oshirilishi mumkin: Yoshga – jinsga - ijtimoiy kelib chiqishiga
- kasbiga
- ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga
- salomatligiga ko‘ra.
Diagnostik metodikasini tuzuvchi qaysi populyatsiya uchun metodika moijallanganligini, ya’ni normativ ko‘rsatkichlar ishlab chiqilganligini e’lon qilishi kerak. Standartlashtirish tanlanmasiga sinaluvchilarni ajratib olish quyidagicha amalga oshiriladi:
- populyatsiyaga tavsif beriladi (yoshi, maiumotliligi, kasbi va h.).
-populyatsiya bir necha qismlarga ajratiladi.
-sinaluvchilar tasodifiy tarzda tanlab olinadi (masalan, alfavit
bo‘yicha, jadval bo‘yicha).
Demak, tanlanma - bosh majmuadan ajratib olingan tekshiruv o‘tkaziladigan sinaluvchilar. Tanlanma hajmi ishonchli ma’lumotlar olish uchun 200 nafardan kam boTmasligi kerak. Psixologik testlaming natijalarini talqin qilishda esa standartlashtirish
tanlanmasida aks etgan normalarga tayaniladi. Bunday normalar empirik yo‘i bilan belgilanadi. Reprezentativ guruh vakillarining ko‘rsatkichlari haqqoniyligini test bilan muvofiqlashtiriladi. Standartlashtirish vaqtidagi baholar taqsimoti haqiqiy sinaluvchining birlamchi bahosi (“quruq bailar”) taqsimotda qanday o iin olganligiga asoslanadi. Uning ko‘rsatkichlari guruhning o‘rtacha qiymatiga mos keladimi yoki yo‘qligi aniqlanadi. Individiumning standartlashtirish tanlanmasidagi holatini aniqlashda uning “quruq balF’ari nisbiy mezonlarga asoslanib ish ko‘radi. Ishlab chiqiladigan baholar ikki maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. Birinchidan, ular sinaluvchining normativ tanlanmadagi nisbiy holatini aniqlashga ko'maklashadi va ulardagi olingan qiymatlar boshqa sinaluvchilaming natijalari bilan o‘zaro taqqoslanadi. Ikkinchidan, ular individuumning har xil testlardan oigan natijalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirishni ta’minlaydi. Masalan, qiz bola lug'atli testdan 40 ball va arifmetik testdan 22 ball to‘pladi. Bu ikki natija har ikkala test bo‘yicha hech narsa bermaydi. Bu yerda sinaluvchi qaysi testni yaxshiroq bajargan degan savolga javob olib boimaydi. Ular o‘rtasidagi farqlami topish uchun har xil testlaming standart normasiga asoslaniladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling