Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika
Download 1.05 Mb.
|
umumiy psixodiagnostika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raven testi (Progressiv matritsalar)
Axborot mazmtmi
Natija yoki mahsuSAyzenk bo‘yicha Intellekt models •Intellektual jarayonlar (tafakkur,xotira,idrok). ≫Test materiali (verbal,fazoviy) . “Intellektual jarayonlar sifati (tezligi va kuchi). Ijtimoiy va emotsional Intellekt Ijtimoiy intellekt termini 1920 yilda E.Tomdayk tomonidan taklif etilgan. U intellektning 3 ta tomonini ajratib lco'rsatadi: S Abstrakt (mavhum) intellekt - filer, g‘oyalar mohiyatini tushunish va ulami boshqarish. ≫^Mexanik intellekt - konkret obyektlarga nisbatan fikrlar. •f Ijtimoiy intellekt — insonlarga nisbatan fikrlar, g‘oyalar va ularni boshqarish. E.Tomdayk bo‘yicha: Ijtimoiy intellekt - insoniy munosabatlarda oqilona harakat qila olish qobiliyati, ijtimoiy muammolar bilish, inson shaxsi va uning holatini tushunish. Emotsional intellekt - hissiyotlami (o‘zi va boshqalaming) tushunish va ulami boshqarish qobiliyati. Emotsional intellekt tushunchasi psixologiyaga 1983 yil X.Gardner tomonidan kiritilgan. Intellekt psixodiagnostikasi Intellekt testlari - umumiy qobiliyatlami aniqlash testlari (lotincha “intellektus” tushunish,bilish ma’nosini anglatadi. Intellektual koeffitsiyent (IQ) -intellektual taraqqiyot darajasining miqdoriy ko‘rsatkichi boiib, intellekt testlari orqali aniqlanadi. Intellektual koeffitsiyent tushunchasi V.Shtem tomonidan kiritilgan (1912yil). Bine-Simon testi 3 ta seriyada: 1- seriya 1905 yil, 2-seriya 1908 yil va 3-seriyasi 1911 yilda nashr ettirilgan. Topshiriqlar yosh bo‘yicha guruhlashtirilgan (3 yoshdan 13 yoshgacha). Har bir yosh uchun raos tarzda topshiriqlar tanlab olingan. Agar tekshirilgan 80-90% bolalar yecha olsalar, topshiriqlar shu yoshga mos deb qaralgan. Bunda 6 yoshgacha boigan bolalarga 4 tadan topshiriq, 6 yoshdan oshgan bolalarga 6 tadan topshiriq berilgan. Aqiiy yosh intellekt ko‘rsatkichi boiib, xronologik yoshdan farq qilishi mumkin. Aqliy yosh test topshiriqlarining bajarilishiga qarab aniqlanadi. Bolaning xronologik yoshiga mos topshiriqlar taklif etiladi. Agar bola bu topshiriqlarning barchasini bajara olsa, o'zidan katta guruh uchun moijallangan topshiriqlar beriladi. Agar bola 7 yoshlilar uchun moijallangan barcha vazifalami bajarsa va 8 yoshlilarnikidan 2 ta vazifani bajarsa, uning natijalariquyidagicha hisoblanadi: 12 oy : 6(8 yoshlilar uchun vazifalar soni) = 2 oy (bitta vazifa bahosi ); 2 oy x 2 = 4 oy. Shunday qilib, bolaning aqliy yoshi - 7 yoshu 4 oy. Aqliy yosh bilan xronologik yoshning mos kelmasligi yoki iqtidorlilik, yoki aqlan qoloqlik sifatida qaralgan, ya’ni agar aqliy yosh xronologik yoshdan past boisa - aqliy qoloqlik, aqliy yosh xronologik yoshdan yuqori boisa - iqtidorliiik hisoblangan. m — aqiiy y csh^ Hi- >Ko‘z, burun,og‘izni ko‘rsatish. > 6 bo‘g‘ indan iborat so‘zni takrorlash. > Berilgan ikkita sonni takrorlash. > Rasrndagi predmetlami aytish. >Familiyasini aytish. Bine-Simon test! Raven testi (Progressiv matritsalar) noverbal intellekt testi boiib, testning 1-redaksiyasi 1936 yilda L.Penroue va Dj.Raven tomonidan bolalar diagnostikasi uchun ishlab chiqilgan. Testning kattalar uchun varianti 1960 yilda yaratilgan. Metodika geshtaltpsixologiya nazariyasi asosiga qurilgan. Har bir topshiriq o‘zaro bir-biri bilan bogiiq elementlardan tashkil topgan yaxlit, bir butun tuzilma sifatida qaraladi. Sinaluvchi dastawal keng miqyosda matritsani baholaydi. So‘ngra tasvimi alohida elemenrlarga ajratadi (difierensiatsiya qiladi ). Yakuniy bosqichda ajratib olingan elementlar yaxlit obrazga birlashtiriladi. Shu tariqa tasvirdagi etishmayotgan qism ajratib olinadi. Testning 3 ta shakli rnavjud.- Birinchi shakli (oxirgi redaksiyasi 1996 yilda) standart oqqora progressiv matritsalar boiib, 8 yoshdan 65 yoshgacha boigan sinaluvchilarda qoilash uchun moijallangan. Ushbu shakl 60 ta matritsadan iborat boiib, 5 ta seriyaga ajratilgan (A,B,D,E,F). 1- seriyada matritsada tasvirlangan rasmni tuzilmaviy tarkibiy qismlarga boiish, differensiatsiya qilish talab etiladi. Keyingi seriyalarda topshiriqlar ancha murakkab boiib, analogiya bo‘yicha fikrlash, o‘mini o‘zgartirish, figuradagi murakkab o‘zgarishlar tamoyillarini tushuna olish, aqliy harakatlar taqozo etiladi. - Ikkinchi shakli (oxirgi redaksiyasi 1960 yil) rangli progressiv matritsalar. 5 yoshdan 11 yoshgacha, shuningdek, qarilik davri (60- 89 yosh) hamda aqlan qoloq katta yoshli sinaluvchilami diagnostika qilishda foydalaniladi. Ushbu shakl 36 ta matritsadan tuzilgan boiib, 3 ta seriyaga boiingan. Topshiriqlarda tasvirdagi etishmayotgan qismni toidirish vazifasi qo‘yiladi, - Uchinchi shakli (oxirgi redaksyasi 1994 yilda) yuqori murakkablikdagi progressiv matritsalar boiib, intellektual taraqqiyot darajasi yuqori boigan katta yoshdagilar va o‘smirlami diagnostika qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan.“Maktab aqliy taraqqiyot testi”. “Maktab aqliy taraqqiyottesti” o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti diagnostikasi uchun, maktabdagi taiim jarayonida aqliy rivojlanishni nazorat qilish uchun moijallangan. Metodika M.K.Akimova, Raven testi (Progressiv matritsalar) E.M.Borisova, K.M.Gurevich, V.T.Kozlova, G.P.Loginova, V.G.Zarxin toraonidan taklif qilingan. “Malctab aquy taraqqiyot testi” psixologik maslahat, ta’lim nazorati, o'quvchi aqiiy taraqqiyotini tuzaiish bo‘yica umumiy va individual tavsiyalar ishlab chiqish sohalarida qoilanilishi mumkin. “Maktab aqliy taraqqiyot testi” 6ta subtestdan tuzilgan boiib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat: ■ Umumiy bilimdonlik; ■ Analogiya; ■ Tasniflash; ■ Umumlashtirish; “ Sonlar qatori. Test bir-biriga o‘xshash 2 ta shakl - A va B shakllariga ega. Testni to‘g‘ri o‘tkazish uchun ko‘rsatmaga qat’iy amai qilish, sekundomer yordamida subtestlar bajarilish vaqtini nazorat qilish, topshiriqlami bajarishda sinaluvchilarga ko‘mak bermaslik juda muhimdir. Butun test bo‘yicha sinaluvchilarga umumiy ko‘rsatma tadqiqotchi tomonidan og‘zaki ko‘rinishda beriladi. Subtestlami bajarish uchun sinaluvchiga muayyan vaqt belgilab beriladi. Quyidagi jadvalda topshiriqlar va ularga ajratilgan vaqt ko‘rsatilgan. t/r Subtestlar nomi Subtestdagi topshiriqlar soni Bajarilish vaqti (m) 1. Umumiy bilimdonlik -1 20 8 2. Umumiy bilimdonlik -2 20 4 3. 0 ‘xshashlik 25 10 4. Tasniflash 20 7 5. Umumlashtirish 19 8 6. Sonlar qatori 15 7 Ko'rsatma: “Siz tirli topshiriqlar to‘plamini bajarishingiz lozim. Har bir topshiriq taklif qilinishidan oldin, ular yaxshilab tushuntiriladi hamda ulami yechish yoMlari misollar bilan keltiriladi. Har bir topshiriqlar to'plamini bajarish uchun muayyan vaqt belgilangan. Topshiriqni ko‘rsatma asosida boshlaysiz va tugatasiz. Har bir topshiriqni qat’iy tartib boyicha yechishingiz, bunda tez va xatosiz ishlashga harakat qilishingiz zarur”. Sinaluvchilarga ko‘rsatma o‘qib eshittirilganidan so‘ng tadqiqotchi javob varaqasini tarqatib chiqadi. So‘ngra o‘quvchining familiya, ismi-sharifi, tadqiqot o‘tkazilish vaqti, o‘quvchi o‘qiydigan maktab va sinf haqidagi ma’lumotlarni toidirish bo‘yicha ko'rsatma beriladi. Tadqiqot natijaiari barcha subtestlar bo'yicha to‘plangan bailar yig‘indisi asosida hisoblanadi. D.Veksler iisteSIckini oichash tesii. Amerikalik psixodiagnost D.Veksler tomonidan ishlab chiqilgan intellektni aniqlash testi 3 turdagi yosh guruhlari uchun moijailangan: ♦ Kattalar uchun - 16 yoshdan boshlab. ♦ Bolalar uchun - 6 yoshdan 16 yoshgacha. ♦ Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun - 3 yoshdan 6 yoshgacha. D.Veksler metodikasi verbal va noverbal shkalalardan iborat subtestlardan iborat. Kattalar va bolalarga moijailangan testlarda 11ta subtest mavjud boiib, ulardan 6 tasi verbal, 5 tasi noverbal topshiriqlar hisoblanadi. Natijalar, ya’ni intellektual koeffitsiyent verbal va noverbal topshiriqlar bo‘yicha alohida hamda umuman test bo‘yicha hisoblanadi. Norma - IQ 85 dan 115 gacha oraliqdagi ko'rsatkich. “Tushunchalar tahlili ” organayzeri Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi.________ 1-guruh
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling