Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

NAZORAT SAVOLLARI 
1.Birinchi deffektlik natijasida donning holati?
2.Ikkinchi deffektlik natijasida donning holati?
3. Uchunchi deffektlik natijasida donning holati? 
4.To`rtinchi deffektlik natijasida donning holati?
 
10-LABORATORIYA ISHI
MAVZU:DON MASSASINING TABIIY QIYALIK VA ISHQALANISH 
BURCHAGINI ANIQLASH 
Ishdan maqsad:
 
Don massasining tabiiy qiyaligini aniqlashning ba`zi bir 
usullari bilan tanishish. Don massasining sochiluvchanligiga xar xil omillarning 
ta`sirini o`rganish. 
Asosiy tushuncha
Don massasi turli komponentlarning yig`indisidan, shuningdek asosiy 
ekinlarning donlaridan, aralashmalardan, mikroorganizmlardan, donlar orsidagi 
havodan, xashoratlar va kanalardan tashkil topgan. 


61 
Don massasi o`zida turli komponentlar (don, aralashmalar) ni saqlaydi, bu 
esa donning oquvchanligiga ta`sir ko`rsatmaydi. Oquvchanlik tufayli don 
massasi noriyalarda, transportyorlarda va boshqa mashinalarda oson harakat 
qiladi. Shuningdek, donlarni bunkerlarga, siloslarga joylashtirishda va o`zi 
oqizar quvurlar yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati as qotadi. 
Don massasining oquvchanligini e`tiborga olgan xolda quvurlarning 
minimal qiyalik burchagi hamda elevatorlarda, un yorma va omixta em ishlab 
chiqarish zavodlarida bunker va siloslarning xaqiqiy xajmlari aniqlanadi. 
Saqlash jarayonida don massasining oquvchanligi kamayadi. 
Oquvchanlik ko`rsatkichi donning ishqalanish va tabiiy qiyalik 
burchaklari bilan baholanadi. Tabiiy qiyalik burchagi deb don massasining 
gorizontal tekislikka tushib xosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil 
qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. 
Ishqalanish burchagi deb, don massasining qiya yuza bo`ylab xarakatiga 
kela boshlangan eng kichik burchagiga aytiladi. 
Don massasining oquvchanlik darajasiga don massasidagi qattiq 
jismlarning granulametrik tarkib tabiati ta`sir ko`rsatadi. Bular don va 
aralashmalar 
yuzasining 
xolati, 
tavsifi, 
shakli, 
o`lchami, 
namligi, 
aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek sirpanuvchi yuzadan 
materialdan va shaklidan iborat. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling