Guliston davlat universiteti sattarov karim qarshievich tuxtamisheva gulnoza qarshibaevna


Tahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlash


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/50
Sana05.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1167202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
download-edfiles-16861

Tahlil uchun namunalar tanlash va material tayyorlash. Namuna dastlabki 
to`plamdan bir yo`la olingan oz miqdordagi donga aytiladi. Dastavval don 
to`plamini sinchkovlik bilan ko`zdan kechiriladi va uning bir turligi aniqlanadi, 
chunki namunaga olinadigan nusxa miqdori uning bir turligi va hajm darajasiga 
bog`liqdir. 
Namuna materiali olish uchun turli sistemadagi (konus, tsilindr va qopli) 
shuplar va maxsus namuna olgichlar qo`llaniladi. Konusli vagon shupi 1-rasm 
shuplarning asosiy turi hisoblanib, idishga joylanmagan to`plamlardan namuna 
materiali olishda foydalaniladi. Ushbu shup konus shaklidagi stakandan, qopqoq 
va shtangadan tashkil topgan. Stakan hajmi 150-180 ml. Shtanganing quyi tarafi 
qopqoqqa mahkamlangan, yuqori tarafi vintli rezbaga ega bo`lib, unga tirsak 
yoki qo`shimcha shtanga buralgan bo`ladi.
1-rasm. Don shuplari va cho`mich. 1-vagon konus shuplari; 2-qop shupi; 3- silindr shup; 4-cho`mich 
Don namunasini aniqlashda foydalaniladigan zamonaviy shuplar 
Namuna materiali olish uchun konusli shupni yopiq holatda don uyumiga 
tushuriladi. Shtangani ko`tarishda shup qopqog`i ochiladi va stakan donga 



to`ldiriladi. So`ngra shup olinadi va stakandagi don brezent yoki qop matosiga 
to`kiladi. 
Qop shupi qoplarga joylangan donlardan namuna qismi olishda 
foydalaniladi (2-rasm). Shupni ichki qismining uzunligi 20-30 sm, tutqichi 10 
sm atrofida. Don chiqish darchasi diametri 1-2 sm. Shup yog`och g`ilofda 
saqlanadi. 
Tsilindrli shupda 2 latun quvurchalar bir-biriga o`rnatilgan. Ichki quvurcha 
kameralarga bo`lingan. Ichki, shuningdek tashqi quvurchalar ichki quvurchadagi 
kamera miqdoriga to`g`ri kela-digan bir taraflama darchalardan iborat. Ichki 
quvurcha yog`och tirsak bilan tugaydi. Uning yordamida quvurcha aylantirib 
turiladi. Namuna materiali olishda shup yopiq holatida don xirmoniga tu-
shiriladi. So`ngra tirsak yordami-da ichki quvurchaning teshiklari tashqi 
quvurcha darchalari bilan to`g`ri kelgunicha aylantiriladi. Shup don bilan 
to`lganidan so`ng tirsak qarshi tomonga buriladi va darchalar berkiladi. Keyin 
shup olinadi va undagi don oldindan tayyorlab qo`yilgan qop matosi yoki 
brezentga to`kiladi. Tsilindr shu-pining qulayligi shundaki, uni qo`llash paytida 
bir vaqtning o`zida xirmonning bir necha qatlamida namuna qismlarini olish 
mumkin, ammo bu kameralarni berkitishda donlarni kesilish hollari yuz beradi, 
bu esa o`z yo`lida namunada uringan donlar foizning ko`payishiga sabab 
bo`ladi. 
Konus shuplari yordamida namuna qismi olishda quyidagi qoidalarga rioya 
qilish zarur: namuna qismi avval yuqori qatlamdan, so`ng o`rtagi va eng keyingi 
navbatda quyidagi qatlamdan olinadi. 
Avtomshinadan donning namuna qismi kuzovning to`rt nuqtasidan olinadi, 
buning ustiga olinish nuqtalari kuzov chekkasidan 0,5 metr uzoqlikda bo`lishi 
shart. Namuna qismlarini yoxud yuqori qatlam va kuzov sathiga yaqin erdan, 
yoxud xirmonning butun chuqurligidan (shupning tuzilishiga qarab) olinadi. 
Namuna qismlarining umumiy og`irligi 1 kg dan kam bo`lmasligi kerak. 
Namuna qismlarini erkin olish imkonini beradigan vagon-larda don ortiladi, 
ikki o`qli vagonlardan ularni shup bilan 5 nuqtasidan: 4 burchagidan (50-75 sm 


10 
masofada) va vagonning o`rtasidan (A chizma) olinadi. Xar bir nuqtada qismlari 
xirmonning uch qatlamida: yuqori qatlamida 10 smgacha chuqurlikda, o`rtagi 
qatlamda xirmonning taxminan yarmiga yakin chuqurlikda va vagon sathidan 
olinadi. To`rt o`qli vagonlarda namuna qismlari don xirmoni usti-dan 11 nuqtada, 
ya`ni vagonning yon devorlaridan (4 nuqtadan) va 3 nuqtada vagon o`rtasidan, 
shuningdek, uch qatlamda olinadi (B chizma.) 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling