Gullar bayrami
II-BOB GULLAR SHAHRI NAMANGAN MAVZUSIDA VAZALAR TO’PLAMI
Download 149 Kb.
|
Namangan gullar shahri
II-BOB GULLAR SHAHRI NAMANGAN MAVZUSIDA VAZALAR TO’PLAMI
2.1 Kulolchilik san’ati texnikasi va texnologiyasi Ma’lumki, san’at juda Qadim zamonlarda mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan. Yaratuvchanlik va bunyodkorlik faoliyati jarayonida insonning tafakkuri kamol topadi. Go’zallik hissi orta boshlaydi., voqealikdagi qulaylik, foydalilik, go’zallik tushunchalarini anglaydi. Uzoq o’tmishdagi ajdodlarimiz yaratgan tosh qurollar, ularning nafaqat moddiy ehtiyojlarini qondirgan, balki, kundalik hayoti mazmunini boyitishga xizmat ham qilgan. Tosh qurollarsiz biror bir eng sodda naqsh yoki qoyalarga tushurilgan tasvirlarning vujudga kelishi mumkin emas edi. San’at mehnat bilan uyg’un tarzda rivojlangan, bevosita mehnat jarayonlari bilan chirmashib ketgan.jamiyatning rivojlanishi, ijtimoiy taraqqiyotidagi katta o’zgarishlar san’atning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilab bergan. San’at tarixiy jarayonlarda ma’lum vaqt g’oyaviy qurol sifatida hukmron tabaqalarning targ’ib etuvchi o’ziga xos kuchiga aylangan, lekin shunga qaramay u hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi. (olijanoblik, insonparvarlik), ularda tenglik, ozodlik, birdamlik (birodarlik), kelajakga ishonib, intilib yashashga hatto bu yo’lda uchraydigan to’siqlarga qarshi kurashga da’vat etuvchi safarbar, da’vatkor kuch vazifasini ham bajardi. Madaniyat so’zi ko’plab ishlatiladigan so’zlar tartibiga kiradi. U haqiqatan barcha tillarda uchraydi. Ammo yozilishi jihatidan ko’p joylarda bir hil bo’lsa-da, (kul’tura) so’zning ishlatilishiga qarab u turli tushunchalarni beradi. Madaniyat, yani «kul’tura» so’zining ma’nosi ustida olimlar o’rtasida juda ko’p tortishuvlar bo’lgan. Hozirgi kungacha unga berilgan yagona ta’rif yo’q. (200 dan ortiq turli ta’riflar berilgan). Ko’plab olimlar madaniyat tushunchasi inson mehnati tomonidan yaratilgan barcha narsalarni: mehnat vositalari, har xil kashfiyotlar va yangiliklar, diniy, ahloqiy va siyosiy qarashlar, odamlar o’rtasidagi munosabatlar yoki aloqa vositalari, san’at asarlari va ... o’z ichiga oladi deb hisoblaydi. Ammo madaniyat nafaqat qadriyatlar tizimi bo’lmay, balki jamiyat a’zolari va alohida olingan shaxslar (tarixiy jarayonlar) bunyodkorlik va yaratuvchanlik faoliyatini qamraydi. Jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o’zgarishlar, odamning yashash, turmush tarzidagi o’zgarishlar uning o’ziga, tabiatga va atrofdagi boshqa kishilarga bo’lgan munosabatlarga ham ta’sir etadi. Mana shunday o’zgarishlar madaniyatning turli tarixiy bosqichlardagi rivojlanish darajasi va xarakterini belgilab beradi. Madaniyat tarixida turli yo’nalishlar-fan, texnika, ta’lim, maishiy turmush, ijtimoiy qarashlar, adabiyot va hokazolarni kompleks tarzda o’rganishadi: madaniyat 2 ga bo’linadi: Moddiy madaniyat; Ma’naviy madaniyat. Madaniyat lotincha «kul’tura» so’zidan olingan bo’lib, u tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, yaratish kabi ma’nolarni anglatadi. Madaniyat –bu jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir tarixiy bosqichdagi darajasidir. Kishilar hayoti va faoliyatini tashkil etish shaklida ifodalangan, insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar hamda insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar faqat o’tmish kishilaridan qolgan boyliklar bo’lib qolmay, balki o’zida inson aql-zakovati, hayoti to’g’risidagi fikr va o’ylarini aks ettiruvchi ko’zgu hamdir. «San’at tarixi va madaniyat» kursi orqali san’at va madaniyat tarixi, ularning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o’tmish odamlarining his-tuyg’u va hayot tajribalarini o’rganish, g’oyaviy –estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so’zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondashishga yordam beradi. Badiiy kulolchilik sharqning eng qadimiy va navqiron san'atidir. Uning tarixi, jaqon madaniyatidagi оrni va aqamiyati. Neolit va epolit davridagi kulolchilik san'atining rivojlanishi. A. Temur davrida san'at-madaniyatning ravnaq topishi. Kulolchilik qora loydan mо'jizakor go’zallik yaratgan SHarqning eng qadimiy va navqiron san'atidir. Bu qora loy sahovat va qalollik eqtiyojini o’z zimmasiga olgan farovonlik, tоkinlik, rizq-ro’zi, go’zallikni eng oliy kоrinishi san'atining zaminidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha halqlar shuqullanadi. Ular o’ziga hos tomonlari bilan bir-biridan farq qiladi. O’zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an'analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o’ziga hos uslubga ega. Sopol buyumlar sodda bоlsada, uning kоrinishi qismlarining aniqligi, mutanosibligi, saqlanishi, naqshlarning badiiy joylashishi, shakl va mazmunning birligi, uyqunligi o’zbek kulollarini jaqonga tanitib kelmoqda. Kulolchilik qora loydan mo’’jizakor go’zallik yaratgan Sharqning eng qadimiy hamda navqiron san’atidir. Bu qora loy, saxovat, halollik, ezgulik timsolidir. Tuproq insonlarning barcha ehtiyojitni o’z zimmasiga olgan farovonlik, to’kinlik, rizq-ro’z, go’zallikning eng oliy ko’rinishi san’atining zaminidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug’ullanadi. Ular o’ziga xos tomonlari bilan bir- biridan farq qiladi. Kulolchilik buyumlari sopol va keramika deb atalmish chinni, fayans hamda mayolikalardan tayyorlanadi. Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda miloddan avvalgi 4 ming yillikda boshlangan. Chinnidan buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar milodiy asr boshlarida bilib olishgan. Mayolika so’zi Ispaniyadagi Mayorka oroli va fayans so’zi Italiyadagi Faens shahri nomlaridan olingan[1]. Xitoyning eng qadimgi san’at namunalari bizgacha kulolchilik buyumlari orqali etib kelgan. Qo’lda, dastgohsiz yasalgan turli xum, ko’za, tovoq, vazalar rangdor naqshlar bilan bezab chiqilgan. Bu kulolchilik buyumlarining yuzasi spiralsimon, to’lqinsimon , to’rsimon chiziqlar bilan bezalgan, soddalashtirilgan odam, hayvon va qushlar rasmi ham ishlangan.[2] Arxaika davri amaliy-deqorativ san’at hamda hunarmandchilikning haqiqiy gullagan davridir. Ayniqsa, ko’za va boshqa kulolchilik buyumlariga surat ishlash san’ati sohasida bu davr san’atkorlari juda katta yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Grek ko’zalari shakl va hajm jihatidan rang-barang bo’lib, turli maqsadlarda ishlatilgan va shunga qarab turlicha nomlangan. Ko’za yuzasiga ishlangan suratlar tematikasi, asosan, mifologiyadan olingan syujet yoki hayotiy voqealarga bag’ishlangan. Arxaika davrining ko’zaga surat solish san’ati dastlabqora figurali vazalarda namoyon bo’ldi. ____________________________ ↑ Абдуллаев Н. История искусств.-Ташкент: Ўқитувчи, 1986.- С.39 ↑ Дмитриева Н.А., Акимова Л.И. Античное искусство. – М.:Детская литература, 1988. – С.25 Bunday vazalarga qoralak bilan turli tasvirlar ishlaganlar. Ayniqsa, qora figurali vazalar ishlash san’ati VI asrning II—III choragida rivojlanib, bu sohada attikali kulollar va rassomlar nom chiqarishgan. Shunday mashhur ustalardan biri, rassom Klitiy bo’lgan. U jahonga mashhur bo’lgan «Fransua vazasi»ni bezagan. Vaza yuzasiga 200 dan ortiq odam tasviri tushirilgan. Qora figurali uslubda ishlangan mashhur rassomlardan yana biri miloddan avvalgi VI asrning II choragida yashab ijod etgan Eksekiy bo’lgan. Uning yaratgan kompozitsiyalari goh sokin hikoyanavislik bilan, goh o’ta harakatda tasvirlanganligi bilan xarakterlanadi. Gomer davrida hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog’liq bo’lgan vazaga gul solish san’ati ravnaq topgan. Dastlabki ishlangan kulolchilik buyumlari - vazalarda qadimgi grek amaliy- deqorativ san’atining o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’ladi[3]. Miloddan avvalgi 540—530 yillarda qizil figurali vazalar ishlash keng tarqaldi. Bu vazaga gul solish san’atida realistik tendentsiyalarning ortib borishi sabab bo’ldi. Qizil figurali ko’zalarda tasvirlangan obrazlar, tasvirlar ko’zaning tabiiy rangi — pishirilgan loy rangida (qizg’ish, qizg’ish-jigar rang) qoldirilib, fon, qolgan bo’shliq esa qora lak bilan bo’yab chiqilgan. Bu uslub voqelikni real tasvirlashda katta imkoniyatlarga ega bo’lib, miloddan avvalgi VI asrning uchinchi choragidan IV asrgacha davom etdi.Qizil figurali vazalarga ishlangan suratlarda hayotiy voqealarni tasvirlashga keng o’rin berilgan. Klassika davrida amaliy san’at rivojlanishda davom etdi.Vazalar shaklining rang-barangligi ortdi. Ularning yuzasiga rasmlar solish bilan birga, turli bo’rtma tasvirlar ham tushira boshladilar.Rang berishda xam erkinlik sezila boshladi.Xromatik ranglar imkoniyatidan keng foydalanila boshlandi.Kumush, bronzadan turli idishlar ishlandi. ____________________________ ↑ Дмитриева Н.А., Акимова Л.И. Античное искусство. – М.:Детская литература, 1988. – С.156 Oltin suvi yuritilgan buyumlar hayotda keng qo’llanila boshlandi. So’nggi klassika shu yutuqlarga yakun yasadi, asta-sekin vazaga gul solish san’ati inqiroega yuz tuta boshladi. Undagi individual o’ziga xoslik, fazilatlar yo’qola bordi. San’at asta-sekin hunarmandlik darajasiga to’sha bordi. Bu so’zsiz, umumellin ijtimoiy-siyosiy, madaniy inqirozi natijasi edi. 2.2 Kulolchilikda sovg’a bob buyumlar ishlash usullarini ochib berish 2.3 Mavzu asosida vazalar ishlashning xalqqa afzallik tomonlari Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling