Guruh talabasi  ahmadova durdonaxon


Estetikaning asosiy kategoriyalari


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana31.01.2024
Hajmi5.03 Kb.
#1818685
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3 FALSAFA

4.Estetikaning asosiy kategoriyalari.  
Go‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida. «Go‘zallik»ning tugal 
ilmiy ta’rifi
haqida 
biror–
bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon
bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, 
ilgari
surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson
va uning
ruhiy–jismoniy, 
axloqiy–
estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y
berayotgan 
ijtimoiy–ma’naviy, 
siyosiy–
iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan
tarkib topgan asosiy obektlaridir. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qara
shlar
va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi–yu, ammo ularning
aksariyatida «Nima go‘zal?» degan javobni ko‘ramiz. SHuning uchun ham odatda, go‘zal
lik ikki
omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida
yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda y
uzaga
keladigan go‘zallik. Birinchisida
aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida
makon va


zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.   
Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘‘jizaviylik singari tushunchalar
orqali izohlanadi. 
Go‘zallikning xususiyatlariesa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiro
ylilik
tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan
narsa– 
hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati biz
ning
manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmas
a u har
qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi.
SHu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador», «ma
ftunkor»,
«latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’k
idlash
joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez–
tez tilga olinadigan «chiroylilik»
tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud.

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling