Guruh talabasi axmadaliyeva durdona ning


I.4. Optik aylanish dispersiyasi - organik moddalarni tadqiq


Download 0.58 Mb.
bet6/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1403159
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A.D. Kurs ishi

I.4. Optik aylanish dispersiyasi - organik moddalarni tadqiq
qilish usuli sifatida.
Optik aylanish, odatda, faqat bir to‘lqin uzunligida (5893A) o‘lchanadi va bunga sabab shuki, natriy bug‘ili lampalar monoxrom nurning qulay manbai hisoblanadi. Boshqa to‘lqin uzunliklarida o‘lchashlar olib borish maxsus uskunalar talab qiladi. Hozirgi vaqtda bunday uskunalar bilan juda oz laboratoriyalar jihozlangan holos, lekin, tez orada bu holat o‘zgaradi, chunki optik aylanishni to‘lqin uzunligi funksiyasi sifatida o‘lchash organik birikmalar konfiguratsiyalari, konformatsiyalari, strukturalariga nisbatan katta axborot bermoqda.
Organik molekulalar va elektromagnit nurlanishlar o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga oluvchi IQ-, UB-, YaMR-spektroskopiya singari optik aylanish dispersiyasi egri chiziqlari strukturadagi kichik o‘zgarishlarga nisbatan juda sezgirligi ko‘p hollarda kuzatiladi.
Sis-va trans-10-metildekalon-2 larda aylanish dispersiyasi egri chiziqlari bunga misol bo‘la oladi.

Ikkala birikma uchun dam 2700-4000 A diapozonga qaraganda 5893 A to‘lqin uzunligida juda kichik aylanish kattaligi kuzatiladi. Agar aylanish kichik to‘lqin uzunligi sohasiga maksimum orqali o‘tib, belgisini o‘zgartirsa (bu yerda trans-holatda kuzatilmoqda), unda birikma Kotton musbat effektigi namoyon qiladi deyiladi.
Sis-izomer holatidagi aksincha yo‘nalish Kotton manfiy effekti deb ataladi.
Тrans-izomerlarning optik aylanishining tez o‘zgarish markazi 3000A da yotibdi, bu birikmaning UB-spektrida karbonil gruppaning yutilishi maksimumiga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, UB-nurlanish ta’sirida qo‘zg‘olgan karbonil gruppa qo‘zg‘olishi va qutblangan nurning kuchli aylanish dispersiyasi bog‘liq.

III. XULOSA


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Stereokimyo-molekulalarning geometrik asoslari haqidagi ta’limot bo‘lib, atom va molekulalarning fazoviy holatlarini hamda uni kimyoviy reaksiyalar davomida o‘zgarishini o‘rganadi. Butlerovning kimyoviy tuzilish haqidagi ta’limoti molekulalarning fazoviy konfiguratsiyalarini tushunishga yo‘l ochdi. Bir xil struktura formulasiga ega, lekin funksional gruppalari fazoviy holatlari turlicha bo‘lgan birikmalar-stereoizomerlar deb ataladi. Stereoizomeriyaning ikki asosiy tipi mavjud: geometrik (sis-, trans-) va optik. Hozirgi vaqtda alkenlarning sis-trans nomenklaturasi asosan alkenlarni qo’sh bog’i ostida alfa va betta o’rin almashganlar uchun qo’llaniladi. Uchta yoki to’rtta har xil o’rin oluvchilar bo’lganda konfigurasion izomerlar sis-trans nomlanish sistemasi adashmovchilikka olib keladi. IYuPAK nomenklaturasi geometrik izomerlar uchun boshqa nomlanish sistemasini taklif etadi. Bunda R, S sistemasi bo’yicha qo’sh bog’ atrofidagi o’rin oluvchilarni aniqlashga asoslangan. (Kan-Ingold-Prelog sistemasi). Agar R, S sistema bo’yicha katta bo’lgan ikkita guruhlar qo’sh bog’ning bir tomonida joylashsa bu diastereomer Z- xarfi bilan belgilanadi. Agarda bu katta guruhlar qo’sh bog’ning ikkala tomonlarida joylashsa bu diastereomer E- harfi bilan belgilanadi. Molekulada mavjud bo‘lgan asimmetirik markaz bilan birga yana bir asimmetirik markaz hosil bo‘lib, diastereomerlarning turli miqdorini hosil qilsa asimmetirik induksiya deb ataladi. Stereospetsifiklik birinchi asimmetrik markazning yangi hosil bo‘layotgan markazga qanchalik masofada yaqinligiga bog‘liq: ular bir-biridan qancha uzoqda bo‘lsa, stereokimyoviy nazorat shuncha kam namoyon bo‘ladi. Boshqa omil birinchi asimmetrik markazdagi asimmetriklik darajasi bo‘lib hisoblanadi. Yaqqol namoyon bo‘luvchi stereokimyoviy nazorat ehtimolligi kamligiga, bu markazdagi gruppalarning elektron va fazoviy jihatdan yuqori darajada o‘xshashligi sabab bo‘ladi. Hatto, asimmetrik markazlar bir-biriga juda yaqin turgan holatda ham, asimmetrik induksiya oddiy molekulalar uchun kamdan-kam 100% ga yetadi. Biokimyoviy jarayonlarda, asimmetrik sintez yuqori darajada samaradorlikka ega bo‘ladi.


III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Axmedov Q.N., Yildoshev Sh.Y. Organik kimyo usullari. T.: "Universitet". 1998, 2003-y 1 va 2-qism.


2. Axmedov Q.N., Abdushukurov A.K., Tojimuhamedov X.S., Yildoshev A.M. Organik kimyo umumiy kursidan ma'ruzalar matni. T.: "Universitet". 2000 y. 122 b.
3. Sobirov Z. Organik kimyo. T.: Aloqachi. 2005 y. 396 b.
4. Асқаров И.Р. Органик бирикмалар номенклатураси ва изомерияси. Тошкент. 1995.
5. Асқаров И.Р., Ғофуров К., Рустамов А. Кимёдан тест. Тошкент. 1996.
6. www. Arxiv. Uz
7. www. Ziyonet. Uz


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling