Guruh talabasi xokimova maxsumaxonning
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Download 124.07 Kb.
|
Hokimova Maxsuma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining vazifalari
- Kurs ishining obyekti
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Tadqiqotlarni o’rganish va tahlil etish natijasida eshitishda nuqsoni bo’lgan o’quvchilarni mehnatga o’rgatish jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish muammosi tizimli yondashishni talab qiladigan o’ta murakkab, ko’p qirrali pedogogik-psixologik muammo degan xulosaga keldik. Muammoga doir ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganib, ularni ilmiy jihatdan tahlil etish asosida shu narsa ma’lum bo’ldiki, maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida eshitishda nuqsoni bo’lgan o’quvchilarni mehnatga o’rgatish jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish maxsus tadqiq etilmagan.
Kurs ishining maqsadi – eshitishda nuqsoni majvud bolalarni psixodiagnostika qilish hamda ularni korreksiya qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining predmeti – eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiyatining o’ziga xos jihatlarini o’rganish, diagnostika va korreksiya qilishdan iborat. Kurs ishining vazifalari quyidagicha belgilanadi: Eshitishda nuqsoni mavjud bolalarning ruhiy rivojlanishning umumiy va maxsus qonun-qoidalarini aniqlash; Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar bilish faoliyatini rivojlanish xususiyatlarini o’rganish; Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini psixologik korreksiya va diagnostika qilish; Eshitishda nuqsoni mavjud bolalarga pedagogik-psixologik ta’sir usullarini psixologik jihatdan asoslash; - Eshitishda kamchiligi mavjud bolalarni diagnostikasi va korreksiyasi jarayonidir. Kurs ishining obyekti – Farg’ona shahridagi 2-maxsus maktab internatining 6-9 sinf o`quvchilari tanlab olindi. Tadqiqotimizda jami 20 ta o`quvchi tanlab olindi. Kurs ishining metodologik asosini psixologiya fanining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmish, ong bilan faoliyat birligi tamoyili, L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi, P.K.Anoxinning funksional tizimlar nazariyasi tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Maxsus ta’lim konseptsiyasi», mazkur hujjatlarning asosiy g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish bo’yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatish prinsiplari, mavzuga doir falsafiy, ilmiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik manbalar, o’quvmetodik qo’llanmalar, maxsus pedagogikaga oid ilg’or tajribalar tashkil etadi. Download 124.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling