Guruh talabasi xokimova maxsumaxonning


Download 124.07 Kb.
bet8/17
Sana23.01.2023
Hajmi124.07 Kb.
#1111544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Hokimova Maxsuma

Tekshiruvchilar

Xotirada rasmdagi ob’yektni xarakterli qirralari saqlangan

Xotirada rasmdagi obyektni xarakterli qirrasi qisman saqlangan

Xotirada rasmdagi obyektni xarakterli



Eshitishda nuqsonli o’quvchilar

24,9

58,5

16,6

Sog’lom bolalar

76,2

28,8

-


Tekshiruvchilar

Xotirada rasmdagi ob’yektni xarakterli qirralari saqlangan

Xotirada rasmdagi ob’yektni xarakterli qirrasi qisman saqlangan

Xotirada rasmdagi obyektni xarakterli



Eshitishda nuqsonli o’quvchilar

24,7

42,0

33,3

Sog’lom bolalar

41,9

49,1

9,0

2-rasm
Ko'rinib turibdiki, 2-rasmni tasvirlashda sog'lom bolalar xotirada rasmdagi obyektni xarakterli qirralari tasvirlash oshib borgan. Oldin idrok etgan botinka, uy rasmlari o'zini notabiiyligini yo'qotib, tabiiy holatga qaytgan holda tasvirlangan. Bu haqda tasavvurni almashtirish bilan asoslanadi. Tasavvurning almashtirilishi ma'lum vaqt davomida predmet haqidagi tasavvur individual xususiyatlarni yo'qotib, obyektni topish.
Tasavvur - yuqori ongli jarayon bo'lib, taassurotni yangilanishi va mavjud obrazlar asosida yangilarini yaratishni ko'zda tutadi. Tasavvur shaxs ehtiyojlari asosida motivlanadi. Inson o'z tasavvurida yorqin obrazlar yordamida o'z ehtiyojini qondiradi. Bu holatlarda tasavvur haqiqat aksini tezlashgan holda namoyon qiladi. Faoliyat so'ngida bu jarayon natijalarini tugallangan holda fikriy tasavvur qilishimiz mumkin. Tasavvur yordamida yaqin, uzoq kelajak hodisalarni oldindan tahlil qilish imkoni tug'iladi.
Predmet, hodisa, shaxslarni idrok etish jarayonida insonda ayni shu paytda analizatorlarga ta'sir etuvchi obrazlar, dunyosi yuzaga keladi. Bu obrazlarni idrok obrazlari deb nomlanadi. Idrok obrazlari izsiz yo'qolmaydi, insonlar uni jonlantirish, faollashtirish xususiyatiga egadir. Idrok etish natijasida yuzaga kelgan obrazlar xotirada saqlanib qolishi tasavvur yoki xotira obrazlari deb nomlanadi. Tasavvur obrazlari murakkab tuzilishiga ega bo'ladi. Biz odamlar faoliyatini tavsiflash, yozuvchi rassom, konstruktor, kompozitorlarning ijodiy namunalarini tahlil qilish natijasi bo'lishi mumkin. Tasavvur va tafakkurning o'xshash va farqli jihatlari mavjud. Tafakkur ham tasavvur ham murakkab bilish faoliyati bo'lib, inson uning yordamida haqiqatni anglash va kelajakdagi faoliyatini oldindan tavsiflash imkoniga ega bo'ladi. Ular o'rtasidagi farq, tasavvurida hayot haqiqatining anglashni tezlashgan holda idrok etish obrazlar yordamida amalga oshadi. Tafakkurda bu jarayon tushunchalar yordamida amalga oshadi.
Agar inson murakkab masalani hal etmoqchi bo'lsa, mavjud ma'lumotlar noaniq bo'lsa, masala yechish jarayoni tafakkurining masala ma'lumotlari to'liqsiz berilsa, bu sharoitdan chiqish uchun inson tasavvur obrazlariga suyanadi. Nutqning rivojlanish darajasiga ko'ra, tushunchali tafakkur va tasavvur ma'lum o'zgarishga uchraydi. Ular nutq sari konkret obrazli komponentlardan ozod bo'lib, mavhum tafakkur elementlariga ega bo'ladi. Tasavvurni tafakkur bilan yaqinlashuvi birinchisini ikkinchisi tomonidan to'liq jamlanib olinishi yuzaga keladi. Tasavvur uchun yorqin konkret obrazlarning mavjudligi xarakterlidir. Tasavvurda tushunchalar mavjudligi shaxsni konkret sharoitlar tor, noqulayligidan ozod qiladi, haqiqatdan chetga chiqish mavjud tasavvur va tassurotlarni ijodiy yangilanishi, yangi obraz, obyektlarni yaratish imkonini beradi. Psixologik tadqiqotlar tushunchali tafakkur eshitishni rivojlanish darajasiga bog'liqligini tadqiq etishga qaratilgan.

2.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o’quvchilarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar tahlili


Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish o‘quvchilarda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, maqsadga muvofiq mos xulosalar chiqarish, zarur tavsiya va takliflar berish imkonini beradi. Pedagogik amaliyotda muammo holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish holatini eksperimental o‘rganish o‘zida mujassamlashtirgan tadqiqotni o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish jarayoninida S.I.Fomichev metodikasidan foydalandik.1 Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda quyidagi metodlardan foydalanildi:

  • Belgilangan vazifalarga muvofiq ravishda tadqiqot mavzusiga doir ilmiy va metodik adabiyotlar yuzasidan ma’lumotlarni o‘rganish;

-Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish holatini o‘rganish.
Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini eksperimental yo‘nalishda tadqiq etish rejalashtirildi. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot 3-sinf o‘quvchilarining mehnat malakalari va mazkur ish faoliyatlarida muloqotga kirishish malakasini tekshirdik. Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarni bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutdi:

  • Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • Maxsus maktabda mehnat darslarining potensial imkoniyatlarini belgilash;

  • Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda konstruktorlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • Mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish jarayonida predmet-amaliy faoliyat xususiyatlarini aniqlash;

Tatqiqot jarayonida mehnat darslarida mazkur kategoriyadagi bolalarda bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish jarayonini kuzatish, individual-psixologik pedagogik eksperiment, metodlaridan foydalandik. Ta’kidlovchi eksperiment sakkizta topshiriq majmuasidan iborat bo‘lib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda mehnat darslaridagi faoliyat uchun zaruriy lug‘at boyligini aniqlash, material namunalarini shakli bo‘yicha farqlash, o‘lchov asboblaridan foydalanish, grafik namunaga ko‘ra konstruktorlash bilim, ko‘nikma, malakalarni aniqlashga qaratilgan.
Ta’kidlovchi eksperiment jarayonida o‘quvchilarning mehnat materiallari, mehnat qurollari, detallar, mehnat faoliyati ketma-ketligi bo‘yicha barcha nutqiy murojaatlari bayonnomaga qayd qilindi. Topshiriqlar majmuasi xarakteri va maqsadiga ko‘ra farqlandi:
1-Topshiriq: Mehnat faoliyati predmetlari haqidagi bilimlarni aniqlashga qaratilgan.
2-Topshiriq: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligining holatini aniqlashga qaratilgan.
3-Topshiriq: Mehnat quroli haqidagi tasavvurlarni aniqlashga qaratilgan.
4-Topshiriq: Shakl va hajmni idrok etish va nomlash xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
5-Topshiriq: Nutqiy ko‘rsatma bo‘yicha topshiriqni bajarish malakasini aniqlashga qaratilgan.
6-Topshiriq: Mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish malakasini aniqlashga qaratilgan.
7-Topshiriq: “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida yig‘ish malakasini aniqlashga qaratilgan.
8-Topshiriq: “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida qo‘shimcha shart bilan yig‘ish malakasini aniqlashga qaratilgan.

Download 124.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling