Guruh talabasi xokimova maxsumaxonning


Download 124.07 Kb.
bet4/17
Sana23.01.2023
Hajmi124.07 Kb.
#1111544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Hokimova Maxsuma

Kurs ishining metodlari. Maxsus maktabda darslarini kuzatish va tahlil qilish; maxsus maktab o‘quvchilarining tibbiy-pedagogik va psixologik hujjatlarini o‘rganish va tahlil qilish; savol-javob, suhbat, so‘rovnoma, kuzatish, maxsus mashg’ulotlardan keng foydalanilanildi.
Shakllantiruvchi bosqichda psixologik mashqlar va o‘yinlar majmui (“Farqini top”, “Kuzda barglar qanday tushishini chizma va ranglar bilan bo‘yab qo‘y”, “Sonlarni ma’lum tartibda joylashtirish”, “Diqqat taqsimlanishi”, “Har bir qo‘l uchun o‘ziga xos ish”, mashqlari shuningdek, “Hamma narsani ilg‘ab ol”,
“To‘xtamasdan izla” o‘yinlari) qo‘llanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishimiz 2 bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi ___ betdan iborat.


I BOB. ESHITISHDA NUQSONI MAVJUD BOLALARNI PSIXOLOGIYADA O’RGANILGANLIK DARAJASI
1.1. Bolalarda eshitishning roli hamda uning buzilishi natijasida yuzaga keladigan ruhiy holatlar
O’quvchida eshitish nuqsoni yuzaga kelishga homiladorlikni noqulay davom etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim rol o'ynaydi. Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgilarini tug'ma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofini, ximik zaharlanish, tug'ish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz ta'sirotlarining akustik ta'siroti bo'lishi mumkin. Eshitish buzilish o'rat quloqni o'tkir shamollashi oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Eshitishning qat'iy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollashish) kasalliklari natijasida ham kuzatiladi. Bu kasallliklar chaqaloqlik chog'ida jiddiy xavf soladi. Eshitish pasayishiga ta'sir qiluvchi omillar orasida ototopsik preporatiplar asosan antibiologiklar muhim o'ringa egadir. Eshituv funksiyasi buzilishi asosan chaqaloqlik davrida ko'p uchraydi.
L.V.Neylan (1959) eshitish buzilishlari 70 %i 2-3 yoshlarda kuzatilishini e'tirof etib o'tadi. Bola hayotining keyingi yillarida eshitishni pasayishi kam kuzatiladi.
Eshitishni buzilishlari yuzaga kelishda kasbiy omillar ham katta ahamiyatga ega. Karlar oilasida eshituvchilar oilasiga qaraganda ko'p miqdorda kar bola tug'iladi. Shuningdek yaqin qarindoshlar nikohida va er-xotin yoshi o'rtasida katta farq ham eshitish buzilishlariga sabab bo'lishi mumkin.
Aroqxo'r ota-onalar, kensok kasalligi turli xromasomali kasalligi mavjud oilalar (uchuvchi va suvga sho’ng'uvchilar)da ham eshitishda nuqsoni mavjud bolalar tug'ilishi kuzatiladi.
Chet el va rus statistikasi ko'rsatishicha, eshitishda nuqsoni mavjud bolalar soni oshmoqda. Turli mamlakatlarda o'tkazilayotgan tadqiqotlarga ko'ra, yer yuzi aholisini 4-6 %i eshitishda nuqsonga ega bo'lib, jismoniy muloqotga ehtiyoj sezadi.
Bularda ikki tomonlama eshitish pasayiga ega bo'lib, so'zlashuv eshitishni 3 metrdan so'zlashuv eshitishni idrok etadi, 4 % esa bir tomonlama karlikka egadir.
Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiy rivojlanish xususiyatlarini to'g'ri tushunish uchun ularga o'z vaqtida tashxis qo'yish, ta'lim-tarbiyani muassasasini tanlash, bu jarayonni tashkil etishda bu bolalarning tasnifi muhim o'rin tutadi. ENB shaxslarning tasnif surdopedagog va doktorlarni doimo qiziqtirib kelgan. Bizning mamlakatimizda L.V.Neylan (1961) tomonidan taklif etilgan tasnif keng tarqalgan.
Agar eshitish buzilishi so'zlashuv eshitishga taaluqli chastotalar diopozomida (500 dan 1500 Gs) tarqalsa, uni idrok etishi amalga oshmaydi.
Agar eshitish buzilishi 100 dB dan ortsa, karlik yuzaga keladi, qisman eshitish buzilsa nuqson 15 dB dan 80 dB gacha darajada namoyon bo'ladi. Ushbu taklifga ko'ra zaif eshituvchilarning 3 guruhi tavsiflanadi. Eshitish qoldig'i saqlanganligi darajasiga ko'ra 4 guruhga tasniflanadi: (125 dan 2000 Gs, 125 dan 1000 Gs gacha, 125 dan 500 Gs gacha, 125 dan 250 Gs gacha).
Pedagogik tasnif ENB bolalar ta'limiga turli yondashuvlarni asoslashga ko'niktirilgan. Bizning mamlakatimiz R.M.Boskisning psixo-pedagogik tasnifi muhim o'ringa ega. Uning asosida L.S.Vigotskiyning ruhiy funksiyalar konpeksotsiyasi ta'limoti yotadi. ENB bolalar rivojlanishning o'ziga xosligi o'zida namoyon etuvchi yangi ko'rsatkichlarni ko'rsatdi.
Eshitishni yo'qotish darajasi eshitish buzilishini yuzaga kelish vaqti nutqni rivojlanish darajasi ko'rsatilgan ko'rsatkichlarga bog'liq holda quyidagi guruhlarni tasniflaydi:
I-kar bolalar. Bu guruhga kiruvchi bolalar eshitishni tabiiy idrok etolmaydilar uni mustaqil egallay olmaydi. Ular ko'ruv (labdan o'qish) va eshituv ko'ruv (Tovush kuchaytirish apparati yordamida) orqali maxsus ta'lim jarayonida so'zlashuv eshitishni idrok etadi.
II-kech kar bo'lgan bolalar (eshitish mavjud bolalar) - ularda eshitish buzilishi turli darajada tuzilgan, eshitish turli darajada saqlanganligi kuzatiladi. Lekin maxsus tashkil etilgan ta'limsiz mavjud nutq yo'qolib ketishi mumkin. Bu bolalar so'zlashuv, muloqot malakasiga ega bo'ladilar. Ular uchun so'zlashuv eshitishni ko'ruv va eshituv idrokining malakalari shakllantirish muhimdir. Tafakkurni rivojlantirish ma'lum darajada eshituvchi bolalar tafakkurini rivojlanishi bilan o'xshashdir. Bu o'xshashlik eshitish lug'at hamda atrof muhit, voqea-hodisalarini so'zda ifodalash darajasiga ko'ra bo'ladi.
III-zaif eshituvchi bolalar. Eshitish darajasiga ko'ra bu bolalar ma'lum darajada nutqni mustaqil egallashlari mumkin, lekin ularda talaffuz nuqsonlari uchraydi. Nutqni ko'ruv orqali idrok etish eshitish buzilish darajasiga ko'ra bo'ladi.
Psixo-pedagogik tasnif asosida ENB bolalarni tabaqali maxsus ta'limi amalga oshadi. Bolani u yoki bu o'quv muassasasiga yo'naltirishda bolani eshitish rivojlanishi va eshitish buzilishi darajasi hisobga olinishi lozim.
Chunonchi zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo'lgan bolalar, eshitish rivojlanish mavjud kar bolalar zaif eshituvchi bolalar maxsus maktabida ta'lim oladilar.
ENB shaxslar ruhiy xususiyatlar XIX asr o'rtalaridanoq pedagog va shifokor psixologlar e'tiborini o'ziga jalb etib kelgan. V.I.Fleri, F.A.Ostrogradskiy, I.M.Logovskiy, F.A.Rau kabi olimlarning pedagogik faoliyati va tadqiqotlari surdopsixologiyaning rivojiga katta hissa qo'shgan. Ularning ilmiy ishlarida ENB bolalarning ruhiy xususiyatlarini kuzatish va aniqlashga doir fikrlar beriladi. Xususan, V.I. Fleri kar bolalar harakat ko'nikmalar xususiyatlarini ta'riflab, noto'g'ri koordinatsiya, harakatlarning ishonchsizligi kuzatilishini ta'kidlaydi.
N.M. Logovskiy, kar bolalar eshitish idrokini faollashtirish va rivojlantirish mumkinligini e'tirof etadi. Ushbu olim karlikda ruhiy rivojlanish buzilishini kompensatsiyasida ko'ruv idrokining ahamiyatini alohida ta'kidlaydi.
XX asrning 20-yillariga kelib L.S.Vigotskiy boshchiligida maxsus psixologiyaning dolzarb muammolarini tizimli tadqiq etish jarayoni amalga oshirildi. Olim o'z ilmiy faoliyatida turli nuqsonlari mavjud kar, ko'r, aqli zaif bolalar hamda ularning ta'limi muammolarini o'rganadi. 1924-1926 yillarda bu muammoga bag'ishlangan dastlabki ilmiy ishlar chop etiladi.
L.S.Vigotskiy genetik tamoyillar tahlili asosida ENB bolalar ruhiyatining xususiyatlarini yoritib beradi. Kar bolaning rivojlanishi ijtimoiy sharoiti psixologik yangi holatlar kuzatilishini asoslashini e'tirof etadi. L.Vigotskiyning fikrmulohazalari maxsus pedagogikaning rivojiga katta hissa qo'shdi, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni tabaqalab o'qitish muammolariga o'zgacha qarash imkonini beradi. Uning nazariy ta'limoti kar bolalarni kompensator imkoniyatlarini tadqiq etuvchi eksperimental psixologik tadqiqotlarga stimus sharoitida ta'sir etgan.
L.S.Vigotskiy safdoshlari L.K. Zanpov va Sh.M.Solovev rivojlanishida nuqsoni mavjud xususan eshitishda nuqson bor bolalar idrokini xotirasi va eshitish rivojlanish xususiyatlarini o'rganuvchi psixologik tadqiqotlar o'tkazdilar, natijalarni
1940 yilda nashr etilgan. “Kar bola psixologiyasi bo'yicha ” monografiyasida jamlangan 1930-40 yilda kar bolalar bilish faoliyatini o'rganuvchi qator tadqiqotlar o'tkazildi, xususan K.I.Veresotskal kar bolalarni predmetlarni idrok etish,
L.V.Zonkov va D.R.Mayns ko'rgazmali materialni eslab qolish malakasini, M.M.Pudelman kar o'quvchilar tassavvurlarini, Z.S.Beyn ko'ruv idrokini konstantligini, N.I.Shir kar bolalarni ranglarni idrok etish xususiyatlari, M.E.Votsev kar o'quvchilarni yozma eshitish va o'qish malakalarini tadqiq etganlar. Bu yillarda olib borilgan tadqiqotlar qilish xarakterga ega edi, kar bolalar eshituvchi yoki aqli zaif bolalar bilan o'zaro qiyoslashib tekshirilar edi. Bunday yondashuv barcha kategoriyadagi bolalar bilan samarali ishlash imkonini beruvchi tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berar edi.
Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiyatini o'rganishda psixologiyaning asosiy va yordamchi metodlari qo'llaniladi. Asosiy metodlari turkumi kuzatish va psixologik eksperiment metodlarini qamrab oladi.
Yordamchi metodlar faoliyat natijalarini tahlil qilish, test metodi, anketa metodlarini o'zida namoyon qiladi. Psixologiyada kuzatish metodi hodisalarning keng doirasi munosabatiga ko'ra qo'llaniladi. ENB bolalar maxsus psixologiyasida bu metod katta ahamiyatga egallashini ta'kidlash joizdir. Kuzatish predmeti faoliyatning tashqi komponentlari - harakat, eshitish akt, pantomima va mimikaning o'ziga xosligi, vegetativ reaksiyalarni yuzaga kelishi bo'lishi mumkin. Bunda bolalar xulqiga kuzatuvchi mavjudligi salbiy ta'sir ko'rsatish, uni tabiiyligi buzilishi mumkin. Yuqorida ta'kidlangan holatni amalga oshmasligi uchun (kino, video syomka) registrasiyalovchi qayd etuvchi apparatni qo'llash yaxshi natija beradi.
Xulosa va umumlashmalar uchun zaruriy material olish uchun bolalarning turli faoliyatda o'yin, o'qish, uy vazifalarini bajarish, takrorlanuvchi, o'zgaruvchi sharoitlarda kuzatish maqsadga muvofiqdir. Bola eshitish rivojlanishining umumiy sharoitida kuzatilayotgan hodisalarning xususiy tomonlarini aniqlash imkoni yuzaga keladi.
Eshituvchi ona va kar bola muloqotini o'rganishda kuzatish metodini qo'llashga doir D planining yer va R kretchi yer kabi Amerika psixologlarining tadqiqotini keltirish mumkin. Ular 13 oy mobaynida turli sharoitda ona va bola o'zaro munosabatini video registratsiya yordamida kuzatganlar. Registratsiya turli holatlarda va kunlarda olib borilgan.
Olimlarni quyidagi ko'rsatkichlar bilan qiziqqanlar: kimning inisiativisi bo'yicha muloqotga kirishildi, eshitish muloqot doirasi va xususiyatlari, gap turi (so'rov, undov, buyruq, his-hayajon). Olimlar ba'zi sharoitlardagi muloqotda ona tashabbuskor bo'lgan (kitob o'qish, kesma alifbo bilan ishlash) holda amalga oshgan. Bola tashabbuskor bo'lgan holatlar ham (o'yinchoq o'ynash) kuzatilgan. Turli sharoitlarda muloqot miqdor va sifat jihatdan farqlangan holatlari namoyon bo'ldi.
Psixologik ekspert ham psixologiyada ahamiyatga moliklaridan biri sanaladi. Surdopsixologiyada psixologik eksprement metodi muhim o'rin tutadi. Bu metod tekshiruvchining ko'zda tutadi va inson xulqidagi o'zgarishlarni qayd etadi.
Bu jarayonni yengillashtirish uchun imo-ishora eshitishdan foydalanish yaxshi samara beradi. Shuningdek surdopsixologiyaning bu metodini qo'llashda ko'rgazmali namoyish etish, so'zlashuv metodlaridan birgalikda foydalanish kar bolani unga berilgan topshiriqni to'liq tushunishga sabab bo'ladi kar bola birinchi topshiriqni tushunib bajargach, ikkinchi topshiriqqa o'tish mumkin. Tadqiqotchi tadqiqotni o'tkazish jarayonida kar bolani xulqiga ta'sir o'tkaziladi. Kar bolalar bilan ishlashda bu imkoniyatni hisobga olish darkor tekshiriluvchilar guruhini tanlashga ham katta e'tibor berish darkor.
Oxirgi davrlarda surdopsixologiya ta'limiy eksperement ham ENB bolalarni o'rganishda ijobiy samara bermoqda. Bu metod yordamida tekshiriluvchining nafaqat bilimi, malakasi balki uni shakllanish holati ham o’rganiladi. Shuningdek, kombinatsiyalangan nuqsonlar (eshitish buzilishi, ruhiy rivojlanish orqada qolgan va aqli zaiflik) o'rganish va aniqlashda ham muhim samara beradi. Ta'limiy eksperiment maxsus psixologiyada keng o'rinda qo'llaniladi. T.V.Rozonova va L.I.Tigronova shu metodni qo'llagan holda ENB bolalar bilan sog'lom bolalarning ruhiy xususiyatlarini tekshirganlar. Yordamchi topshiriqlar vositasida faoliyat natijalari tahlili muhim o'rin tutadi. Ruhiy rivojlanish bosqichida bolalar faoliyati natijalari tahlili muhim o'rin tutadi.
Eshitish buzilishlari bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga keladi. Meningit, skormotika, otit, gripp kasalliklarini infeksion-yuqumli kasalliklar qatoriga kiritish mumkin. Eshitish buzilishlari ichki, o'rta, tashqi quloqlarni shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi shkastlangan bo'lsa, ko'p holatlarda karlik, agar o'rta quloq shikastlangan bo'lsa eshitish pasayishi kuzatiladi.

Download 124.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling