H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


-BOB. Davlat kreditining iqtisodiy funksiyalari va shakllari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

15-BOB. Davlat kreditining iqtisodiy funksiyalari va shakllari 
Pul — tovar munosabatlarinig taraqqiyoti sharoitida davlat o‘zining 
xarajatlarini qoplash uchun xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va aholining bo‘sh 
moliyaviy mablagiarini jalb qilishi mumkin. 
Ularga ega bo‘lish vositasi sifatida davlat krediti xizmati qilishi mumkin. 
Davlat krediti — davlat va ko‘p sonli jismoniy va huquqiy shaxslar o‘rtasidagi 
davlat qo‘lida budjet bilan bir qatorda qo‘shimcha pul fondini shakllantirish 
munosabatlarini anglatadi, Mamlakat ichidagi kredit operatsiyalarining amalga 
oshirilishi paytida davlat, odatda, mablag‘larni qarz (zayom) ga oluvchi hisoblansa, 
aholi, korxona va tashkilotlar kreditorlar hisoblanadi. Biroq, davlat kreditor sifatida 
ham chiqishi mumkin. Bu nafaqat davlatlararo munosabatlar sohasida, balki xazina 
ssudalarini ishlatish orqali mamlakat moliyaviy hayotining ichida bilinadi. 
Davlat krediti — bu kredit munosabatlarining bir shakli bo‘lib, kreditning 
quyidagi belgilariga ega: 
— kredit kelishuvining yuridik mustaqil sub'ektlari sifatidagi kreditor va 
qarz oluvchi (zayomchi) ning bo‘lishi; 
— aholi, korxonalar va tashkilotlarning bo‘sh pul mablag‘larini 
qaytarishlilik, muddatlilik va to‘lovlilik (ma'lum bir sharoitlarda resurslarni foizsiz 
zayom tarzda olish mumkin) tamoyillariga asoslangan holda jamlash; 
— davlat kredit operatsiyalarining mamlakat ichida va xalqaro 
munosabatlarda ishlatilishining imkoniyati mavjudligi. 
Davlat krediti orqali davlat umumdavlat xarajatlarini moliyalashtirish va 
o‘zining funksiyalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni 
jalb qiladi. Davlat krediti ishlatilishining asosiy sabablaridan biri, jamiyatning 
o‘sib boruvchi ehtiyojlari va ularni davlat budjeti daromadlari hisobiga qondirish 
o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra davlat budjeti
mamlakat milliy daromadining bir qismini qayta taqsimlaydi. Budjet daromad 
qismining hajmi milliy qonunchilik bilan iqtisodiyotning umumiy holatini va 
xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning to‘lovga qobilligini hisobga olgan holda 
o‘rnatilgan soliqqa tortish darajasi bilan chegaralangan. Budjet taqsimoti sohasiga 
ayrim paytlarda yetarlicha pul mablag‘lari, ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar 
ixtiyoridagi va fuqarolarning shaxsiy daromadlarining kattagina qismi kelib 
tushmaydi. Ayni paytda, budjetning xarajatlari yuki o‘sib boradi. Iqtisodiyotning 
tarkibiy tiklanishi va uning boshqarilishi, hukumatning ijtimoiy siyosati, mamlakat 
137


mudofaasi va xalqaro munosabatlarda qatnashish uchun katta xarajatlar talab 
etiladi. 
Iqtisodiy krizislar (bugungi kunda ularni rivojlanayotgan ko‘pchilik davlatlar 
boshlaridan kechirmoqdalar), xo‘jalik mexanizmidagi tub o‘zgarishlar, budjetning 
balansliligi buzilishi davrlarida davlat chuqur moliyaviy resurslarning taqchilligini 
boshidan kechiradi. Davlat krediti mazkur moliyaviy resurslarni topishning asosiy 
vositasiga aylanadi. Iqtisodiy o‘sish davrlarida, aksincha, davlat kreditiga ehtiyoj 
kamayadi va uning amal qilish sohasi torayadi. 
Davlat krediti mamlakat Yalpi Ichki Mahsuloti (YalM) va Milliy Daromadi 
(MD) bir qisminining qiymatini ikkilamchi taqsimoti munosabatlarini anglatadi. 
Uning amal qilish sohasiga qiymatning birlamchi taqsimoti bosqichida 
shakilantirilgan daromadlar va fondlarning bir qismi kiradi. Davlat krediti orqali 
iste'mol fondlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar qayta taqsimlanadi. Odatda, ular 
aholi, korxona va tashkilotlarning joriy iste'molga mo‘ljallanmagan vaqtincha 
bo‘sh pul mablag‘lari hisoblanadi. Biroq, ma'lum bir iqtisodiy va siyosiy 
vaziyatlarda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar ixtiyoriy ravishda iste'mollarini 
cheklaydilar va shu sababli davlat krediti sohasiga joriy ishlab chiqarish va ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirish uchun mablag‘lar kirib keladi (tarixdan ma'lumki, iste'molni 
cheklashlar davlatning bosimi orqali ham amalga oshirilgan - davlat zayomlariga 
obuna bo‘yicha egalik qilish bunga misol bo‘la oladi). 
Davlat krediti munosabatlari orqali qo‘shimcha moliyaviy resurslarni 
shakllantirish (qiymatning maxsus harakat shakli, ya'ni ssuda fondi sifatidagi) 
davlat krediti mohiyalining faqatgina bir tarafini ko‘rsatadi. Davlat krediti 
mohiyatining ikkinchi tomoni sifatida, davlat krediti orqali jalb qilingan resurslarni 
qaytarishlilik va to‘ lovlilik tamoyillari asosidagi munosabatlar namayon bo‘ldi. 
Davlat mablag‘larni qaytib kelishini va kreditorlarga foiz ko‘rinishida belgilangan 
daromad olishni o‘z kafolati ostiga oladi. Davlat kreditorlarga, ularga foiz bilan 
qaytadigan mablag‘larini yangi zayomlar chiqarish yoki soliqlar yig‘ish orqali 
to‘lash bilan qoplaydi. Mablag‘larni qaytarish va daromad to‘lash bo‘yicha 
munosabatlar ham qayta taqsimlanish xarakteriga ega. Davlat kredit munosabatlari 
va soliq munosabatlari bir-birining o‘rnini almashtirmaydi, balki ular mustaqil 
moliya instrumentlari hisoblanishadi. 
Davlat krediti — bu davlat tomonidan budjet xarajatlarini va boshqa 
hukumat dasturlarini moliyalashtirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish 
jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 
138


Kreditorlar bo‘lib, o‘zining organlari (Moliya Vazirligi, mahalliy boshqaruv 
organlari) orqali davlat qarz oluvchi (zayomchi) bo‘lib, jismoniy va huquqiy 
shaxslar, hisoblanadi. Qarz oluvchi (zayomchi) uchun mazkur kredit shakli pul 
mablag‘larni budjet taqchilligini qoplash uchun jalb qilish noinflyatsion usuli 
hisoblanib, u na qog‘oz pul emissiyasi (inflyatsion usul), na noinflyatsion usul 
bo‘lgan ochiq bozorlarda operatsiyalarga asoslangan pul-kredit muomalasi, va na 
moliya bozorlarini shakllantirish usullarini yurg‘izmasdan budjet taqchilligini 
qoplash usulidir. Inflyatsiyaning yuqori darajasi sharoitlarida aholidan olinadigan 
davlat zayomlari, vaqtincha aholining to‘lovga qobil talabini qisqartiradi. 
Muomaladan ortiqcha pul massasi chiqarib olinadi, ya'ni oldindan belgilangan 
davrlargacha pul muomalasidan mablag‘lar chiqarilishi ko‘zatiladi. Biroq, davlat 
qarzining juda ham kattalashib ketishi, o‘zi bilan davlat tomonidan zayomlar 
chiqarish va ular evaziga jalb qilingan mablag‘larni ishlatish yuzasidan olingan 
daromadlar majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarga nisbatan kam bo‘lishi mumkin. Bu 
esa davlatning moliyasiga juda ham yomon ta'sir qiladi. 
Bank kreditlashining uzoq tarixga ega amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, 
kafolat va kafillik kreditlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni 
minimallashtirishning eng maqbul yo‘lidir. Buni shunday tushunish mumkinki, 
qarzdor tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida boshqa 
shaxslarning o‘z mulki bilan garov sifatida qo‘yilgan kreditor oldidagi majburiyati 
tushuniladi. 
Bunday shart xalqaro miqiyosdagi davlat krediti amaliyotida ham 
qo‘llaniladi. Uchinchi shaxs uchun davlat kafolatini olgan (davlat yoki alohida 
korxona), umuman olganda yana bir, faqatgina to‘lovga qobil yordamchi qarzdorga 
ega bo‘ladi. 
Bunday sharoitda kafolatchi majburiyatlarining asosiy shartlari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
— kim uchun berilganligi haqidagi ko‘rsatma; 
— kafolatchining majburiyatlari chegarasi, ya'ni kafolat berilgan summa; 
— amal qilish muddati. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, 
davlat krediti orqali davlat budjeti taqchilligini qoplash, monetar usullarga nisbatan 
oqilona va samaradordir. 
Davlat krediti kredit munosabatlarining mustaqil shakli sifatida bank 
kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 
139



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling