H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Kafolatli operatsiyalar. Banklar investitsiya kompaniyalar rolida chiqib, 
uchinchi shaxslar foydasiga qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yidia kafolatlar 
berishi mumkin. Bu qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bilan shug‘ulanuvchi 
investitsiya kompaniyaiari yoki emissiya konsorsiumlari (sindikatlari) ning 
tavakkalchiligini o‘ziga xos sug‘urtalashdir. Banklar qimmatli qog‘ozlarni 
joylashtirayotgan emissiya kompaniyalari (shu jumladan, boshqa banklarga) agar 
zayom yoki aksiyalar joylashtirmasa, ulami kelishilgan kurs bo‘yicha o‘zlari qabul 
qilishga kafolat beradilar. Bordi-yu, zayom yoki aksiyalar joylashtirilmasa, banklar 
o‘z tavakkalchiligi uchun haq va mukofot oladilar. 
133


Bevosita emissiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan kafolat operatsiyalari, 
bir bank yoki banklar tomonidan tuziladigan muvaqqat birlashmalar (konsorsium 
yoki sindikatlar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Bugun O‘zbekistonda bank kapitali bir qismini muayyan sug‘urta 
kompaniyasida joylashtirish amaliyoti mayjud. Bu banklarning tavakkalchiligini, 
shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardagi 
tavakkalchiligini kamaytiradi. 
Tijorat banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi maslahat xizmatlari. 
Rivojlangan mamlakatlarda bu xizmat turi qimmatli qog‘ozlar bilan amalga 
oshiriladigan boshqa operatsiyalar ichida katta o‘rinni egallaydi. Bu — bugungi 
kunda axborotning tutgan o‘rni va uning tijorat banklarida to‘plangantigi bilan 
bog‘liqdir. 
Bank maslahati xizmatini ko‘rsatish sarmoyani u yoki bu moiiya aktivlariga 
(aksiyalar, obligatsiyalar) joylashtirish foydaliligi, korxona likvid resurslarini 
oqilona boshqarish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bugun banklar 
mijozlarning ishonchini qozonish va bu bilan kelajak uchun ishlashga intilib, 
beg‘araz maslahat xizmatlarini ko‘rsatmoqda. 
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, shuni qayd etish mumkinki, 
hozirgi kunda O‘zbekiston tijorat bankiari, garchi bir tekis bo‘lmasa ham, qimmatli 
qog‘ozlar bozorida deyarii barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatmoqda: katta ulushlar 
emissiya va vositachilik xizmatlariga, kichik ulushlar-trast, depozitar, maslahat 
berish xizmatlariga to‘g‘ri keladi. Maslahat berish xizmatlariga tijorat banklarining 
e'tibori, ehtimol, tajriba ortishi, shunindek, ular o‘rtasida raqobat kuchayishi bilan 
ortib borsa kerak. 
Mamlakatning investitsion quvvati xususida gapirilar ekan, ko‘p jihatdan uni 
milliy iqtisodiyotning oshkora-ochiqlik darajasi belgilab berishini ta'kidlash joiz. 
Ushbu ochiqlik darajasi tegishli ko‘rsatkichlar asosida baholanadi. Ularga: yalpi 
ichki ishlab chiqarishdagi xizmatlarni hisobga olgan holda tashqi savdo (eksport-
import) salmog‘i; tovarlar va xizmatlar ichki iste'molida import ulushi; ichki 
investitsiyalarga nisbatan tashqi investitsiyalar salmog‘i kiradi. 
Agar investitsiya imkoniyati iqtisodiy o‘sishning eng muhim omili 
ekanligini nazarga oladigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning 
investitsiya sektorida tarkib topgan asosiy tamoyillarning tahlili muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Bundan tashqari ana shunday tahlil milliy iqtisodiyotimizga chet el 
134


kapitalining kirib kelishi miqyoslari va oqibatlari xususidagi hozir mamlakatimiz 
uchun dolzarb bo‘iib turgan savollarga javob olishga ham yordam beradi. 
Shunday qilib, investitsiyalarning barqaror ko‘paytirib borilaverishi, agar 
ulardan samarali foydalanadigan bo‘lsa, mamlakatda uzoq muddatli iqtisodiy 
o‘sish uchun zarur bo‘lgan zaminni yaratadi. 
Xulosa shuki, Respublikamiz so‘nggi yillarda o‘ziga chet el investitsiyalarini 
imkoni boricha ko‘proq jalb qilishga erishishi zarur. 
Buni jahon moliya bozorlaridagi g‘oyat keskin raqobat sharoitida uddalashga 
to‘g‘ri keladi. Ustiga-ustak bu nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga ham 
egadir. Bu sohadagi natija O‘zbekiston milliy iqtisodiyotinining iqtisodiy o‘sishini 
ta'minlash va uning peshqadam mamlakatlar rivojlanish darajasidan orqada 
qolishini qisqartirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Buni 
hisobga olib, xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, aksiyalashtirishni 
yanada rivojlantirish va tadbirkorlikni qoilab-quvvatlash dasturlariga tezkorlik 
bilan muayyan tuzatishlar kiritish maqsadga muvofiqdir. Chet ellik investortar 
uchun mavjud cheklashlarni oiib tashlash va yo‘qotish zarur. Aks holda 
O‘zbekiston jahon ishlab chiqarishining yangi hududiy tuzilmasi doirasidan chetda 
qolib ketishi mumkin. 
Hozirga kelib, O‘zbekiston hududida chet el kompaniyalari faoliyatining 
huquqiy asoslarini shakllantirish jarayoni asosan nihoyasiga yetkazildi. 
Investitsiyaviy faollik ko‘p jihatdan qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishiga 
bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar, bank tizimi bilan birgaiikda moliyaviy resurslar 
investitsiyalarga transformatsiya qilishning muhim mexanizmidir. Afsuski, ushbu 
bozor budjet taqchilligini qo‘shimcha pul emissiyasisiz qoplash uchun qimmatli 
qog‘ozlarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘proq davlat manfaatlariga xizmat 
ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Respublikada ushbu bozorni rivojlantirishga katta 
e'tibor berilmoqda. 
O‘z faoliyatini asosan iste'molchi (buyurtmachi) mablag‘lari hisobiga 
amalga oshiruvchi investitsiyaviy korxona va tashkilotlar ko‘pincha og‘ir 
moliyaviy ahvolga tushib qoladilar va yirik kreditorlik va debitorlik qarzdorligiga 
ega bo‘ladilar 
Albatta, investitsiyaviy faollikni oshirish — oson ish emas, buni birdanigina 
hal qilib bo‘lmaydi. Ammo bu borada mayjud bo‘lgan kamchiliklarni tuzatish va 
foydalanilmagan imkoniyatlarni jalb etish, shubhasiz xalq xo‘jaligining ushbu 
muhim sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga yordam berar edi. 
135


Ochiq bozor iqtisodiyotida tnilliy ichki ishlab chiqarishdagi jahon 
iqtisodiyotining rivojlanishi tarkibiy ustuvorliklariga mos kelmasligi nomonetar 
tarzdagi bilvosita inflyatsiyani vujudga keltiradi, bu hol miiliy iqtisodiyotning 
o‘sishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va amalda uni uzoq muddatli turg‘unlik 
(depressiya) holatiga duchor qiladi. Bunday hodisa fanda ,,aks ta'sir samarasi“ 
nomini olgan. 
Investisiya dasturlarini ta'minlash maqsadida kredit resurslarini jamlash 
muammosini hal qilish uchun davlat va bank tizimining hamkorligi zarur. Hozir 
davlat budjet siyosati hisobiga investitsiyani ko‘paytirmoqda, bank sektori esa, 
aytib o‘tkanimizdek, investitsion kreditlashdagi o‘z ishtirokini qisqartirmoqda. 
Bunga sabab shuki, banklarning uzoq muddatli kreditlashdan manfaatdorligi yo‘q. 
136



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling