I-bob. Muomala madaniyati jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida


Download 154.5 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1409270
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI


MAVZU: MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI
Kirish
Asosiy qism
I-BOB. MUOMALA MADANIYATI JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI SIFATIDA
1.1. Muomalaning ilmiy-tadqiqot obyekti
1.2. Muomala madaniyatining asosiy tushunchalari va tuzilishi
1-bob yuzasidan xulosa
II-BOB. MUOMALA MADANIYATI VА INSON FE’L-ATVORI
2.1. Axloqiy me’yorlar muomala madaniyatining asosi sifatida
2.2. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va inson fe’l-atvori
2-bob yuzasidan xulosa
Umumiy xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Mundarija

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin dastlabki o‘rtaga tashlangan eng dolzarb muammolardan biri ma’naviyat bo‘ldi. Hozir ham bu muammo jamiyatimizning diqqat markazida. Zero, ma’natiyatsizlik har qanday jamiyatni tanazzulga olib borishi shubhasizdir.
Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi»,-deb ko‘rsatiladi.
Darhaqiqat, insoniyat tarixini axloqiy, madaniy, estetik taraqqiyotdan ayri holda tasavvur etish mumkin emas.Tarixiy tadrijiylik kasb etgan axloqiy-madaniy taraqqiyot ma’lum bir davrlarda susaydi, ba’zan ortga ham chekindi, ba’zan esa turg'unlikni boshidan kechirdi. Lekin tarix sahnasida insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g'oyalari ustuvorligi bilan nom qozongan davrlarni olib qaraydigan bo‘lsak, ularda axloqiy, madaniy, estetik taraqqiyot mavjud bo‘lganligiga ishonch hosil qilish qiyin emas. Biroq aytish lozimki, mustabid tuzumlar va shaxslar keltirib chiqargan axloqiy tanazzullarning hammasi qisqa muddatli hamda o‘tkinchi hodisalar bo‘lib, ularning tarixiy ahamiyati muayyan muddatdan so‘ng yo‘qolib bordi.
Bugungi kunga kelib Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari yaratildi. Bu negizlar - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik singari tamoyillar asosida rivojlantirildi.
Aytish lozimki, ma’naviyat, avvalo, tildan boshlanadi. Til madaniyat bilan bevosita bog‘langan, til madaniyatini esa muomala madaniyatidan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Shu bois insonlararo muomala madaniyatini ma’naviy jarayonga daxldor hodisa desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki har qaysi inson muayyan kuch va qudratga ega bo‘ladi. Muomala ham ma’naviy kuch va ma’naviy qudrat mahsuli. Bundan anglanadiki, insonning tabiatida muomala qilishga moyillik azaldan mavjud bo‘lib, buni ro‘yobga chiqarish insonning o ‘ziga bog‘liq bo‘lgan. Biroq ayrim hollarda inson nazarida juda kichik va maydaday ko’ringan — shirinso‘zlik, xushmuomalalik, oliyjanoblik kabi fazilatlar kishilarning ma’naviy dunyosiga juda katta ijobiy ta'sir ko‘rsatishini his qilmaymiz. Ayni paytda, mahmadonalik, qo‘rslik, chaqim chilik, to'poslik, yolg‘onchilik kabi illatlar inson borlig'ini hunuklashtiruvchi qusurlar ekanligini chuqur anglamaymiz. Zero, insondan ma’naviyat chekinganda — tubanlashadi, tafakkurini mog‘or bosganda— yovuzlashadi, shaxsiy manfaatparastligi g'olib kelganda — xoinlik qiladi.
Kurs ishining maqsadi: muomala texnikasi, strategiyasi, muomilaning tarixiy ildizlari, milliy va umuminsoniy xususiyatlari, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari, shaxs kamolotida tutgan o‘rni oʻrganish.
Kurs ishining obyekti: Muomala texnikasi va strategiyasi mavzusidagi nazariy tahlillar, muomalaga kirisha oladigan har qanday shaxs.
Kurs ishining predmeti: insonlarning muomalasi va faoliyatining ruhiy va axloqiy tarafi hamda turli xil vazifada faoliyat yurituvchi insonlar guruhining o‘ziga xos ruhiy jarayonlari hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari:
1. Muomala strategiyasi va texnikasining ilmiy asoslarini oʻrganish;
2. Muomala tushunchasining shakllanish tarixi bilan tanishish hamda tarixiy ildizlarini oʻrganish;
3. Hozirgi davrda muomala madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni va roʻlini tahlil qilish;
4. Muomala jarayonida shaxsning axloqiy sifatlarini ochib berish va muomala jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatlarni ochib berish;
5. Shaxs fel-atvorining muomalaga taʼsirini koʻrib chiqish.
Kurs ishing nazariy va amaliy ahamiyati: Ijtimoiy psixologiya fanini nazariy bilimlar bilan boyitadi. Amaliy ahamiyati shundaki, muomala madaniyatini oʻrganishni maqsad qilgan har qanday shaxs ushbu qoʻllanmadan foydalanishi mumkin.
Kurs ishi tadqiqotining tuzilishi: Tadqiqot 2 bob,4 paragraf,xulosa, tavsiya, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling