I-bob. Muomala madaniyati jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida


Muomala madaniyatining asosiy tushunchalari va tuzilishi


Download 154.5 Kb.
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1409270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI

1.2. Muomala madaniyatining asosiy tushunchalari va tuzilishi
Muomala shaxslararo munosabatning shunday ko'rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta’sir o‘tkazadilar va ta’sirlanadilar. Shu boisdan muomala ijtimoiy kategoriya sifatida turmushning barcha sohalarida qo‘llanish mohiyatiga ko‘ra bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.
Dastlab «muomala» va «aloqa-kommunikatsiya» tushunchalarining o‘xshash tomonlarini aniqlab olish lozim. Aloqa-kommunikatsiya - yalpi aloqaning bir turi bo‘lib, yo‘naltirilgan aloqa deb yuritiladi. U mohiyatan ma’Ium bir hodisa haqidagi ma’lumotni boshqalarga uzatadi. Masalan, ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatuv uchun yo‘naltirilgan ma’lumotlarda muomala aloqa-kommunikatsiya vositasi vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, bunday holatda muomala, eng avvalo, subyekt-obyekt munosabati sifatida namoyon bo'ladi.
Muomala jarayoni ikki taraflama xarakterga ega: u o‘z mohiyatiga ko‘ra axborot yoki ma’lumotlarni shunchaki uzatish va qabul qilishga qaraganda keng qamrovli bo‘lib, ikki yoki undan ortiq insonlarning o‘zaro ta’sirining murakkab tizimi hisoblanadi. Shunga ko'ra muomala aktiv bir insonning boshqa inson(lar) bilan muomalaga kirishib, unda o‘zinikiga o'xshash xususiyatlarni topa olishi, ularga munosib javob qaytarishi, ular bilan o'zaro muloqotda optimal darajaga erishsagina o‘zining muomala jarayonidagi munosib o‘rniga ega boʻladi. Bunday holatda muomala, eng avvalo, subyekt-subyektga munosabati tarzida ko'zga tashlanadi.
Lekin shuni ta’kidlash lozimki, ko'pgina ilmiy-ommabop adabiyotlarda mualliflar «muomala» va «kommunikatsiya» tushunchalarini sinonim tarzida ishlatadilar. Aytish mumkinki, muomala jarayon sifatida tugal natijani obektiv ehtiyojlar, aniq manfaatlar, maqsadlar, tuzilmalar, vositalar, muomala texnikasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. U paydo bo'lgandan boshlab ilmiy tavsiflanadigan qator daraja va bosqichlardan o‘tib kelgan.
Eng Yangi davr ruhiy tahlil yo'nalishining namoyandalaridan Erix Fromm 5 ta muhim fundamental ehtiyojni ko'rsatadi: 1. «Insoniy aloqalar»dagi ehtiyoj — «biz» tuyg‘usidagi ehtiyoj. 2. « 0‘z-o‘zini tasdiqlash», o'zining manfaati uchun ahamiyatli bo'lgan ehtiyoj. 3. Ko'ngil bog'lash, iliq munosabatlar va muhabbat ehtiyoji. 4. «O'z-o'zini anglash» ehtiyoji. 5. E’tiqod obekti (biror-bir ilohiy mavjudot, ilohiy kishi, ilohiy narsalarga)ga ehtiyoj.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, muloqot jarayonlarida hamkorlaming o‘zaro muloqotida umumiy manfaatlar kuzatilmaydi, shu bilan birga, bu holat hamkorlikning uzilishiga ham olib kelmaydi. Bunday holat siyosiy, iqtisodiy soha vakillarining o‘zaro kuzatuvchi va ekspert sifatida ishtirok etgan uchrashuvlarda kuzatiladi.
Psixolog olim E.G'oziyev muomala tuzilmasi toʻg'risidagi tadqiqotlarida muomalaning quyidagilardan tarkib topganligini ko‘rsatadi:

Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling