I-bob. Muomala madaniyati jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida


II-BOB. MUOMALA MADANIYATI VА INSON FE’L-ATVORI


Download 154.5 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1409270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI

II-BOB. MUOMALA MADANIYATI VА INSON FE’L-ATVORI
2.1. Axloqiy me’yorlar muomala madaniyatining asosi sifatida
Inson hayotida axloqiy me’yorlaming ahamiyati katta. Faylasuf olim Abdulla Sher «Axloqshunoslik” kitobida muhim axloqiy meʼyorlarni ko‘rsatib, ular axloqiy tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli ekanligini, axloqiy me’yorlarni kundalik hayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillaming amalga oshish murvatlari ham deyish mumkinligi, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqishini ta’kidlaydi.
Muomala madaniyatida xushfe’llik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy me’yorlar muhim sanaladi. Biz shulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.
Xushfe’llik. Ushbu axloqiy xatti-harakat me’yoriylik nuqtai-nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvoffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalaiga o'tkazishga intilmaydi. Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o'ziga ham, o‘zgalarga ham ko'tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiliginii anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Xalq doimo shunday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
Xushfe’llik, shirinsuxanlik qay darajadadir ko‘proq ixtiyor bilan, kishining ma’lum bir insoniy tabiatga intilishi bilan bog’liq bo‘lsa, bosiqlik, kamtarlik, kamsuqumlik, aksincha, ko‘proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan, insonning o'z g‘azabini bosa bilishi, noroziligini bildirmasligi; so‘zlagisi, biror-bir gap bilan o‘zini ko'rsatgisi kelib qolganda, o‘sha istakni toʼxtata olishi kuchli irodani talab qiladi. Shu bois muomalada bosiq, kamtarin (yetti o'lchab bir kesish) tamoyili asosida ish ko‘rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham naʼmunaviylik maqomiga ega bo‘ladilar.
Xushmuomalalik. Muomalaning asosiy manbaini so‘z tashkil etishi barchamizga m a’Ium. Shuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson botindan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilamiz. Biroq tashqariga chiqqan so'z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz. Ya'ni, og'izdan chiqqan yaxshi-yomon so'z bevosita insonning ruhiyatiga o'rnashadi: yaxshi so'z bilan muomala qilinsa — yaxshilik topiladi, yomon so'z bilan muomala qilinsa — yomonlik.
Xushmuomalalik ijtimoiy ahamiyatiga ko'ra xushfe’llikka nisbatan keng qamrovliroqdir. U insonning ham xatti-harakati, ham muloqoti natijasida vujudga keladi. Xushmuomilalik o'z ichiga tavozelik, takalluf kabi sifatlami qamrab oladi.
ʼ Shuningdek, xushmuomalalik qat’iy tartibga asoslangan axloqiy me’yor hisoblanadi: u o'zgani ranjitmaslik, birovga yomon so'z aytmaslik, bahs-munozaraga kirishganda muxolifni hurmat qilish, qo'rslik va chapanilikdan xoli bo'lish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi.
Hayo-ibolilik. Hondamir, Vosifiy va boshqa allomalarning asarlaridan bilamizki, Navoiy g'oyat tabiati nozik, pok, xushxulq va o'ta nazokatli kishilarni yaxshi ko'rgan, o‘zi ham juda noziktabiat inson sifatida nom qozongan. Shu sababli u «Mahbub-ul qulub»dagi «tanbeh»larida hayo, beozorlik sifatlariga alohida urgʻ'u berib ta’riflaydi.
Vafo va xayoni uyg'unlikda ko'rgan shoir «vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo'q» deb taʼkidlaydi. Chunki ma’rifatli, komil insonlar xayoli va vafodor kishilardir. Vafosizning jabri qancha bo'lsa, hayosizning shallaqiligi, betga choparligi, beandishaligi ham shuncha ozor keltiradi; shoir buni o‘zi boshidan o‘tkazgan: «Zamon ahli bevofalig'din ko'ksumga tugunlar va davron xayoli behayolig'idin bag'rimda tikanlar... har qaysig'a raqam uray desam Ayyub sabri anga vafo etmas va qalam suray desam Nuh umrida tamomg'a yetmas».
Shoir alam bilan yozgan:
Yo marhamat ul xayli sitamkoraga bergil,
Yo sabru tahammul meni bechora bergil.
Muloyimlik. Muloyimlik barcha mutafakkirlar nazarida kishining maqbul sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik «hilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Bu fazilat achchig‘lanmaydigan, ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab gapiradigan kishilarga nisbatan ishlatiladi.
Beozorlik. Insonlaming tabiatidagi xusumat, adovat, g‘azab kabi illatlar bu kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olsalarda birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning zimmasiga yuklamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr bilan muomala qilmaydilar.
Umuman olganda, axloqiy meʼyorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘xtalib o‘tdik, xolos. Xulosa qilsak, agar axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyllaring bogʻliqligi yanada mustahkamroq- ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy meʼyorlar bir-biri bilan shu darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.
Muloqotning turi turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita “yuzma - yuz” bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, internet, faks va shunga o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona
bo‘lishi; sub’ekt - sub’ekt tipli (diologik, sheriklik) yoki sub’ekt - ob’ektli (monologik) bo‘lishi mumkin.
Biz ko‘z oldimizga birinchi darsni keltira olsak, o‘sha paytdagi hayajonni, quvonchni, ijodiylik hissini tuyamiz. Bolalar bilan bo‘lgan damlarimiz esda holsa, iz holsa, demak, bu muloqot uslubiga bog‘liq. Pedagog kommunikativ muloqotini mahsuldor bo‘lishi uchun u pedagogik ta’sir kuchining tizimlarini, uning har birqismini bilishi zarur. Dars jaraѐnida o‘qituvchi qaysi usulni qo‘llaѐtganini doimo eslab turishi kerak. Buning uchun pedagog ikkita muhim muammoni hisobga olishi: - o‘zining hatti-harakatini to‘g‘ri tashkillashtirishi; - kommunikativ ta’sir samaradorligini ta’minlashi zarur. Pedagogik faoliyat jaraѐnidagi muloqotning quyidagicha tavsiflash mumkin: 1)o‘quvchi-talaba va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi(muloqotning aniq usuli);
2) pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun xos bo‘lgan muloqot tizimi;
3) aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni echishda namoѐn bo‘ladigan muloqotning vaziyatli tizimi. Pedagog va ta’lim oluvchilarning ijtimoiy-psixologik ta’sir xususiyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin:
a) pedagogning kommunikativ imkoniyatlari ;
b) pedagog va
tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar tabiati;
v) pedagogningijodiyindividualligi;
g) o‘quvchi-talabalar jaoasining xususiyatlari.
SHuningdek, muloqotning rasmiy va norasmiy turlari mavjud. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlari bilan muloqoti, o‘qituvchining talaba bilan muloqoti va x.k. Norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarning fikr-o‘ylari, maqsadlari, emotsional munosabatlari bilan begilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, oiladagi suhbat va x.k. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular orasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a’zolari o‘rtasida
emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va x.k.). O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan
asosiy maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, “jozibasi”, betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil tiltopishish yoki tomonlarning aynan bir xil o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas.
Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol - ahvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta o‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. YA’ni, muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma - xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi. Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o‘rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi
mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. SHuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir- birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom- alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-ahvol so‘raydi. SHunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni xis qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, “mauglilar” biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko‘plabtadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, xissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning etishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, havotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish xislarini keltirib chiqaradi. SHunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan erda bir o‘rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. “Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura boshladim...”
SHunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda
emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqot texnikasi mehnat unumdorligi
va samaradorlikning muhim omillaridandir.

Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling