I-bob. Muomala madaniyati jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida


Download 154.5 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1409270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI

Noverbal muloqot vositalariga - optiko-kinetik (imo-ishora, mimika, pantomimo), paralingvistik (ovoz, uning diapazoni, ovoz toni), ekstralingvistik (to'xtab tin olish, yo'tal, yig'i, kulgi, nutq maromi), proksemika (muloqotning makon va zamonda joylashuvi), vizual muloqot (ko‘z bilan aloqa qilish), hidlarni bilish kabi vositalar kiradi. Bu vositalar muloqotda katta yordamchi kuch bo'Iib nafaqat verbal taʼsirni kuchaytirish yoki kam aytirish mumkin, balki muloqotning barcha noverbal muloqot jarayonida ishtirok etayotganning istak-xohishi sifatidagi muhim jihatlarni ko‘rsatishga yordam beradi.
Har qanday ijtimoiy faoliyat kabi muloqot ham oʼzining muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo'lib, ular fikrlar va tuyg‘ular olamiga kirib borish asosida yuzaga keladi. Bu ko'rsatkichlar ularni yuzaga keltiradigan asosiy sohalaridan mustaqil tarzda guruhlashtiriladi. Bular: a) individual-shaxsiy; b) sotsial-psixologik; v) predmetli-amaliy. Muloqotdan ta’sirlanish jarayonida yuqoridagi ko'rsatkichlar bir-biri bilan bevosita bog'Ianadi.
Yuqoridagilarni xulosa qilgan holda, quyidagi muomala turlarining xossalarini ko’rsatib o‘tish maqsadga muvofiq:
1. Zamon va makondagi muloqot kontakt va distant muomalaga bo'linadi Kontakt muloqotda hamkor-suhbatdosh yonimizda bo‘ladi va u bilan bevosita va bilvosita muloqot o‘rnatishimiz, imo-ishoralar va turli xil harakatlar orqali bir-birimizga murojaat qilishimiz mumkin. Masalan, yonimizdagi do'stimizni imlab chaqiramiz, rozi yoki noroziligimiz ifodasini labimizni burib, boshimizni qimirlatib bildiramiz va h.k.
2. Biror-bir muloqotni bilvosita amalga oshirish. Bevosita muloqot bu — odatdagi suhbat, so’zlashuv, doklad va h.k. Bilvosita muloqot- (|ot turlariga telefonda gaplashish, xat orqali murojaat qilish, axborottni radiodan, televideniedan hamda kitob orqali uzatish kabilar kiradi. Aynan bilvosita muloqot rivoji hayotda juda ko‘p o‘zgarish va yangiliklarni taqazo qiladi.
3. «Men» - gapiruvchi va «Sen» - tinglovchi ko'rinishidagi dialog monolog muloqot. Dialog «men» va «sen» rollarining almashinuvini ilodalaydi. Dialog muloqotdagi savol-javobning qisqaligi, aniqligi va tuzilishiga ko‘ra oddiyligi bilan tavsiflanadi. Fikrimizga Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi “ Chin o‘rtoq» boʻlimidan olingan Muhammad Rajabbek bilan Anvar o'rtasidagi mana bu dialog misol bo'ladi:
"Anvar uch haftagacha xatmi Qur’on kechalari Muhammad Kajabbek uyiga kelib turar edi. Oxirgi xatmi Qurʼon kechasi Muhammad Rajabbek Anvardan ahvol so'radi:
-Domlangiz salomatmi?
-Shukur.
-O'qishingiz yaxshimi?
-Birmuncha.
-Domlaning uyida turasizmi?
-Taqsir.
-Siqilmaysizmi?
-Yo‘q.
-llm i hisob o‘qiganingiz bormi?
-Yo‘q, taqsir.
-Domlangiz ilmu hisobni bilurmikin?
-Bilmaslar deb o ‘ylayman.
-Agar men bir domla tayin qilsam, hisob o ‘qiysizmi?
-Ustozim ruxsat bersalar, albatta, o ‘qiyman.
-Xo'p...bo‘lmasa erta kechga domlangiz shu erga kelib, menga uchrashsin!
-Xo‘p, taqsir!”
4. Shaxslararo ommaviy muloqot. «1-1» va «1- bir nechta»ning muloqotlari shaxslararo muloqotga, «1-ко‘р» muloqoti esa ommaviy muloqotga olib keladi. Ommaviy muloqotning matbuot, radio, televideniya kabi vositalari turli janrlardagi matnlar hamda reklama roliklarida «suhbat» tomoshabinlar bilan «sen» orqali kechadi. Masalan, reklamalardagi «chanqog‘ingga ishon”, “sening ishonchli hamkoring’', “qo‘shiq kodini yozib ol” kabi murojaatlar shular jumlasidandir. Ommaviy muloqot bu - ochiq chiqish, ma’ruza, doklad, davlat rahbarining murojaatnomasi, tashqi ishlar vazirliginning bayonoti va hokazolardan iborat. Ommaviy muloqot matnini tuzishda leksik va grammatik qoidalarga jiddiy e’tibor qilish zarur.
Xususiy-rasmiy muloqot. Xususiydan farqli o‘laroq, rasmiy muloqot matni ko'pginastreotip xususiyatlarga ega.Masalan, ikki tomonlama kelishuv va bitimlar, diplomatik hujjatlar va bayonnomalar, shartnoma va boshqa shu kabi rasmiy qog‘ozlar matni rasmiy muloqot turiga misol bo‘ladi. Bunda so‘zlashuv-nutqining loyihasi va leksikasi asosiy o‘rin tutadi.
Biz yuqorida muomalaning axloqiy, siyosiy, psixologik xususiyatlarini ko‘rib oʻtdik va bu borada qisman mulohaza yuritishga harakat qildik. Binobarin, muomalaning mohiyati, ko'rinishlari, tuzilishi va o‘zaro ta’sir o'tkazish omillariga doir fikrlarimizni keyingi boblarda atroflicha tahlil qilishga harakat qilamiz.
1-bob yuzasidan xulosa
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, «Muomala madaniyati» fanining asosiy kategoriyasi shaxs va uning ruhiyati bilan belgilanadi. Busiz inson resurslarini boshqarishning zamonaviy usullariga ega bo‘lolmaymiz. Aynan shaxs psixologiyasini bilish tadbirkor, ishbilarmon rahbar uchun o’zining hamkori to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni beradi. Boshqacha aytganda, bu bilimlar kishilar bilan insoniy munosabatlarning qanchalik darajada ta’sirchan bo‘lishini aniqlaydi. Lekin shaxsning holati va xususiyati shaxslararo munosabatlar jarayonidagi «Men-Sen», «Меn-Biz», «Biz-Ular» formulasi asosida yuzaga keladi. Agar faylasuflar taʼbiriga ko‘ra, muomala inson rivojining muhim zaminlardan biri hisoblansa, menejmentning zamonaviy nazariyotchilari fikri bo‘yicha muomalaning yuqori darajasi — kelishuvni omadli yakunlanishining hal etuvchi sharoitdir. Biroq bunday muomalani ta’minlash uchun rahbar muomalaning psixologik mashg‘ulotlarga tayanadigan texnologiyalaridan foydalana olishi lozim. Shuni nazarda tutish kerakki, muomala jarayonida hamkorlar o‘rtasida munozarali holatlar ham yuzaga kelishi mumkin: o‘rinsiz gap, qo‘pol muomala zaruriy ma’lumotdan bebahra qiladi. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun muomalani yo'lga qo‘yishning ayrim texnologiyalaridan foydalanishni o'rganish zarur. Psixologiyaga doir fanlar (muloqot psixologiyasi, muomala psixologiyasi, shaxs psixologiyasi kabi fanlar) muomalaning turli shakllarini ta’minlash bo‘yicha aniq tavsiyalarga egadir.


Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling